Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni


Download 0.61 Mb.
bet1/13
Sana08.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1248263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari

«Mehnat iqtisodiyoti» fanining innovatsion rivojlanish sharoitlaridagi vazifalari

O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning iqtisodiy g‘oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, islom iqtisodiy g‘oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi «Kur’oni Karim»da, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam (570-632) Xadislarida, mashhur «Muhtasar» deb nomlangan kitobda va boshqa ko‘plab tarixiy kitoblarda o‘z ifodasini topgan.

  • O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining tarqalishi, uning iqtisodiy g‘oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, islom iqtisodiy g‘oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi «Kur’oni Karim»da, Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam (570-632) Xadislarida, mashhur «Muhtasar» deb nomlangan kitobda va boshqa ko‘plab tarixiy kitoblarda o‘z ifodasini topgan.
  • «Kur’oni Karim»da iqtisodiyotga oid juda ko‘p ko‘rsatmalar bilan bir qatorda mehnat qilish va mehnat orqali hayot kechirishga da’vat qilingan. Mehnat har bir musulmon uchun ham bu dunyo, ham u dunyoda halovat ko‘rishning manbai deb tushuntiriladi.

Inson jamiki boyliklari, hayot quvonchlarini mehnat, faqat mehnat orqali yaratadi. «Islom iqtisodiyoti» mafkurachilari ham mehnat va mehnatkashlikni ulug‘laydilar, uning ildizlarini islom ko‘rsatmalari bilan bog‘laydilar. Mehnatni musulmon odamning muqaddas vazifasi, ijtimoiy taraqqiyotning so‘zsiz sharti deb biladilar. Masalan, Muhammad ash-Sharani «Islomda ijtimoiy kafolat» degan kitobida shunday yozadi: «Mehnat – muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Inson mehnati uning aqli va tanasining faoliyatidir. Ko‘pincha inson mehnatdan zavq-shavq oladi. Mehnat ijtimoiy zulmga qarshi yo‘ldir».
Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari uning «Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirish qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, mehnat va uni tashkil etish masalalariga keng o‘rin berilgan.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling