Mundarija I
Download 359.14 Kb.
|
EKOLOGIK EKSPERTIZA MUNOSABATLARI QATNASHCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Kirish. Mavzu dolzarbligi
MUNDARIJA
I. Kirish. Mavzu dolzarbligi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio- de-Janeyroda 1992 yilda о‘tkazilgan atrof- muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan Konferensiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash muhitining zarur sifatini ta’minlab bо‘lmasligi tо‘g‘risidagi xulosalarga keldi. О‘zaro bog‘liq bо‘lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar О‘zbekiston Respublikasiga ham tо‘liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlarning alohida rol о‘ynashi tо‘g‘risidagi g‘oya birinchi marta kun tartibiga qо‘yildi va tо‘la qо‘llab quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga О‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bо‘lib, regional va global miqyosda atrof muhitni sog‘lomlashtirishga salmoqli xissa qо‘shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat bilan О‘zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan taxlil qilish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim malakat xalq xо‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. Amalga oshirilgan eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: atrof muhitni muhofaza qilishni amalga oshirishning kо‘p bosqichli tuzilmalar barpo etiladi; atrof muhitni muhofaza qilishning xuquqiy asosi yaratildi va u muttasil takomillashtirib berilmoqda; 2005 yilgacha davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bо‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda; atrof muhitni muhofaza qilish milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va xarakat rejasi ishlab chiqilgan; respublikada atrof muhit gigienasi bо‘yicha milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydonisezilarli kо‘paytirilgan. Download 359.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling