Navoiy kon Metallurgiya Kombinati Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur
Download 89.5 Kb.
|
KL-Инструкция В-11 по ОТ для лиц, пользующ. грузоподъем. маш., управ.с пола или со стацион.пульта и подвеши. груза на крюк такой машины
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan
- 1.Xavfsizlikning umumiy talablari
Navoiy kon Metallurgiya Kombinati Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur mashinaning ilgagiga yuk osish bilan mashg’ul bo’lgan shaxslar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha V-11-sonli YO’RIQNOMA “Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman” 1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi ____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil «____»_______________yil «____»______________yil Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va mazkur mashinaning ilgagiga yuk osish bilan mashg’ul bo’lgan shaxslar uchun mehnat muhofazasi bo’yicha V-11-sonli YO’RIQNOMA 1.Xavfsizlikning umumiy talablari 1.1.Ushbu yo’riqnoma, erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va bunday mashinaning ilgagiga yuk osish bilan mashg’ul bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan. 1.2.Erdan turib boshqariladigan yoki stastionar pult yordamida boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalaridan foydalanadigan va bunday mashinaning ilgagiga yuk osish ishlariga asosiy kasblar ro’yxatiga kiruvchi ishchilarga ruxsat etiladi (Qoidalar, 317-bet): -18 yoshdan kichik bo’lmaganlar; -kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lganlar; -ishning xavfsiz usullari va yo’llari bo’yicha ta’lim olganlar, imtihonlarni topshirgan va o’rnatilgan shakldagi guvohnomaga ega bo’lganlar; -kirish instruktajidan, shuningdek bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo’yicha instruktajdan o’tganlar; -NGMK bosh muhandisi tomonidan 04.03.1989-yilda tasdiqlangan dastur bo’yicha kurs ta’limidan o’tgan; -yuk ko’tarish mashinalarining tuzilishi, uning mexanizmlarini va xavfsizlik asboblarining vazifalarini bilishi; -ushbu yo’riqnomani va yuk ko’tarish mashinasini montaj qilish va ishlatish bo’yicha tayyorlovchi zavodning yo’riqnomasini bilishi; -yuk ko’tarish mashinalarining ishqalanish qismlarini moylashda qo’llaniladigan moylash materiallarini navlari va belgilanganligini bilish; -yuklarni po’lat arqon bilan arqonlash yoki yukni ildirishni xavfsiz usullarini bilish; -idishlar va yukni changallab olish moslamalarini, po’lat arqonlarni ishga yaroqligini aniqlashni bilish; -kran osti yo’llariga va ularning holatiga qo’yiladigan talablarni bilish; -elektr toki ta’siriga tushib qolgan va kuchlanish ostiga tushgan shaxslarni qutqarish usullari va ularga birinchi yordam ko’rsatish yo’llarini bilish; -yuk ko’tarish mashinalarining sozligi uchun javobgar shaxslarni va yuklarni ko’tarish kranlari bilan ko’tarish va siljitish (ko’chirish) xavfsizligi uchun javobgar shaxslarni bilishi kerak. 1.3.Poldan (erdan) turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarida ishlaydigan shaxs majbur: -ichki mehnat tartibi qoidalarini bajarishga; -mazkur yo’riqnomani talablarini bajarishga; -ish davomida tarmoq me’yorlari bo’yicha ko’zda tutilgan maxsus kiyim, maxsus poyafzal, himoya vositalaridan foydalanishga; -o’z kuchi bilan bartaraf etish imkoni bo’lmagan nosozliklar haqida ish rahbarini xabardor qilish; -ishlab chiqarishda ro’y bergan baxtsiz voqealarda jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rsatishi, iloji boricha bahtsiz hodisa ro’y bergan joy vaziyatni saqlab qolish va ro’y bergan hodisa haqida bevosita rahbarga xabar berish. 1.4.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarini boshqarish . bo’yicha instruktaj, ularga yukni bog’lash, yuk ko’tarish mashinasi ilgagiga yukni ildirish, ishchining asosiy kasbi bo’yicha ko’zda tutilgan instruktajdan o’tish va shuningdek ushbu yo’riqnomani talablari buzilgan holatlarda instruktaj o’z muddatida o’tkazish. 1.5.Erdan turib boshqariladigan yuk ko’tarish mashinalarida ishlovchi shaxslar uchun quyidagilar ta’qiqlanadi: - ish joyida begona shaxslarning bo’lishlariga yo’l qo’yish; - ish joyiga mast holda kelish va ish joyida spirtli ichimliklar ichish, chekish uchun ajratilmagan joylarda chekish. 1.6.Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan -O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni; -xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini; -“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart. 1.7.Mazkur yo’riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarirsh tartibini buzish deb hisoblanadi. Aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka jalb etiladilar. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling