O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana09.02.2017
Hajmi24 Kb.
#50
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

Yamayka  tizimlari  izchillik  bilan  shakllantiriladi.
Asosiy  farq  potensial  oltin  tarkibga  ega  valutalarning  bilvosita 
a lo q a s in in g   idrok  e tilis h id a d ir.  Bretton-Vuds  tizimi  y an a  o ltin 
zaxiralarining  nom inal  rolini  h am   hisobga  oladi  va  xalqaro  hisob- 
kitoblarda  oltinga  ekvivalent  rolini  bag‘ishlaydi,  Yamayka  tizimi  esa 
oltin  metallga  nisbatan  har  qanday bog‘lanishni  mutlaqo  inkor  qiladi. 
Pullar b o ‘yicha o ‘zaro  m unosabatlarning yangi  tizimi  quyidagilar bilan 
tavsiflanadi:
1)  o ‘zlashtirish b o ‘yicha maxsus  huquqlarning  ( 0 ‘M H) jahon  pullari 
va ja h o n   hisobga  olish  birligi  sifatida  e ’lon  qilinishi;
2)  0 ‘M H   kursini  hisob-kitob  qilish  tizimida  AQSH  dollarining 
katta  rol  o'ynashi;
3)  oltin  o ‘zining  pullik  rolini  butunlay  yo'qotadi,  lekin  davlatning 
zaxirasi  va boshqa  m am lakatlarning valuta  birliklarini  sotib  olish  usuli 
sifatida  qoladi.
Q hqa  xulosalar
Pul  - -   bu  shunday  maxsus  tovarki,  u  h am m a  boshqa  tovarlar 
u c h u n   ekvivalent vazifasini  bajaradi.  Pul  um um iy  tovarlarni  ayirbosh- 
lashda  asosiy  vazifani  bajaradi.
Tijorat  banklar  to m o n id a n   o ‘z  mijozlariga  beradigan  kreditlar 
iqtisodiyotda  yangi  pulni  yaratishga,  ya’ni  naqd  pul  hajmini  ko'payi- 
shiga  olib  kelmaydi.  Lekin  tijorat  banklarida  o ‘z  majburiy  zaxiralari 
orqali  mamlakatdagi  m u om alada  mavjud  b o ‘lgan  naqd  pul  hajmini 
o'zgarishga ta ’sir eta oladi.  Pul massasini  o ‘lchov  ko‘rsatkichlari  b o ‘lib, 
pul  agregatlari  hisoblanadi.

H a r bir  mamlakatdagi  pul  agregatlari  soni  h a m d a   ularning  tarkibi 
mamlakatdagi  kredit  tizimiga  va  uning  moliya  bozorini  rivojlanishi 
bilan  belgilanadi.
Nazorat  va  muhokama  uchun  savollar
1.  Pu!  nima?
2.  Pul funksiyalari  va  ularga  tavsif  bering.
3.  Pul  multiplikatori  qanday  hisoblanadi?
4.  Pul  massasi  va  uning  tuzilishini  aytib  bering.
5.  Pul  tizimlari,  turlari  va  ularning  elementlari  qanday  bo'ladi?
6.  Pulning  nominal  nazariyasi  nima?
7. 
Jam g‘arma  nima?
8.  Barter  nima?
9.  Pul  nazariyasi  nimadan  iboral?
10.  Pul  agregatlari  va  ularning  tuzilishini  aytib  bering.

I I   bob.  K RED IT  NAZARIYASÏ
1.1.  Kredit  zarurligi  va  uning  mohiyati
Jam iyat  faoiiyatining  o ‘ta  m u h im  jihati  —  bu  ishlab  chiqarishdir. 
Ishlab  chiqarish jarayonida  iqtisodiy  resurslar  ishlatiladi,  mabsulotlar 
va  xizm atlardan  iborat  hayotiy  n e ’m atlar  yaratiladi.
Ishlab  chiqarish  jarayonining  uzluksizligini  m oddiy  va  m ehnat 
omillari  t a ’minlaydi.  Ishlab  chiqarish  bu  omillar  bilan  har  doim   ham  
bir  tekisda  t a ’m inlana  olmaydi.
Kxedit  tovar-pul  m unosabatlari  mavjud  sharoitdagi  takror  ishlab 
chiqarish  kredit  munosabatlari  vujudga  kelishining  tabiiy  asosi  hisob- 
lanadi.
Ishlab  chiqarish  fondlarining doiraviy aylanishidagi  va  fondlarning 
bir  m arta   aylanishidagi  qiym atning  harakati  qisqa  m uddatli  kredit 
m unosabatlari  paydo  b o ‘lishining  iqtisodiy  asosidir.
M a ’lu m k i,  pul  m ablag‘lariga  k o ‘p  hollarda  kreditlarga  olingan 
m ablag‘lar,  korxonalarning  hisob  varaqasidagi  m ablag'lar  va  naqd 
pullar,  aylanm a  mablag‘lar  va  moliyaviy  m ablag'lar  kiradi.
Bu  iqtisodiy  kategoriyalar  tashqi  to m o n d a n   o ‘xshagani  bilan 
ularning  ichki  xususiyatlari ju d a  xilma-xil  va  bir-biriga  o ‘xshamaydi.
Kredit  —  bu  vaqtincha  b o ‘sh  turgan  pul  m ablag‘larini  m a ’lum 
m uddatga,  haq  to 'lash   sharti  bilan  qarzga  olish  va  qaytarib  berish 
yuzasidan  kelib  chiqqan  iqtisodiy  m unosabatlar  yig"indisidir.
K re d it  y o rd a m id a   to v a r-m o d d iy   boyliklari,  tu rli  rn ashina  va 
m e x a n iz m la r  sotib  o lin ad i,  is te ’m olch ilarn ing   m ab la g ‘lari  yetarli 
b o ‘lm agan  sharoitda  t o ‘lovni  kechiktirib  tovarlar  sotib  olishlari  va 
boshqa  h ar xil  t o ‘lovlarni  amalga oshirish  imkomyatiga ega  b o ‘ladilar.
K redit  iqtisodiy  kategoriya  b o ‘lib,  ijtimoiy  m unosabatlarning  aniq 
bir  k o ‘rinishi  sifatida  yuzaga  chiqadi.
Kredit  h ar  qanday  ijtimoiy  m unosabat  emas,  balki  ijtimoiy  ishlab 
chiqarish  mahsuli,  qiym atning harakati,  qarz beruvchi va  qarz oluvchi 
o ‘rtasidagi  iqtisodiy  m unosabatlarni  ifodalovchi  kategoriyadir.
K reditning  mohiyati  uning  ichki  belgilarini  ochib  berishga  qa- 
ratilgan.  Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini,  kreditning

m u h im   tom onlarini,  u ning  iqtisodiy  m unosabatlar  tizimining  bir  ele- 
m en ti  sifatida  ko‘rsatuvchi  asoslarni  bilish  dem akdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati  ko ‘pgina iqtisodchi 
olim lar  tom onidan  o ‘rganilib  chiqilgan  va  ular  to m o n id a n   kreditning 
m ohiyati  b o ‘yicha  fikrlar  bildirilgan.
Kreditning mohiyatini tushunish uchun a w a lo m  bor, uning tarkibi 
n im a d a n   iborat  ekanligini  tushunib  olish  zarur.  Kredit  m unosabat 
bo'lishi  u c h u n   uning  zarur  m unosabatlari  —  kreditning  obyekti  va 
subyektini  bilish  zarur.
1-chizma.1
R espublikam izning  k o ‘zga  k o 'rin g a n   o lim la rid a n   biri  Sh.  Ab- 
dullayeva  o'zining  «Pul,  kredit  va  banklar»2  nom li  kitobidan  kredit 
m unosabatlarida  subyektlari  ikki  xil  bo'lishini  k o ‘rsatib  o ‘tadi:
—  kredit  (qarz  beruvchi);
—  qarzdor.
Bundan  tashqari,  kredit,  kredit,  munosabatlari tarkibining elementi 
sifatida  kreditning  obyekti  yuzaga  keladi.
B unda  qarzga  berilgan  mablag'  o ‘z  qiymatini  saqlab  qolishi  kre­
ditning  asosiy xususiyati  hisoblanadi.  Kredit  tarkibi  uning  elem entlari 
birligini  ifodalaydi.
Kreditning harakat bosqichlari h a m  uni m u h im  belgisi hisoblanadi. 
Q a r z g a  
beriluvchi  qiymat  harakatini  quyidagicha  ifodalash  m um kin:
8 - O k- r - K - + Q k- F ki
b u n da,  Bk—  kreditning  berilishi;
Okz —  kreditni qarz oluvchi tom onidan  uning vaqtinchalik ehtiyojini 
qondirish  uchun  olinishi;
1
 
Sh.Z.  AhduUayeva.
 
«Pul kredit banklar». 
T.: 
«Moliya»  —  2000- y.  121-bet.

Sh.Z. Abdullayeva.
 «Pul kredit banklar». 
T.: 
«Moliya»  —  2000- y.  121-bet.

Ik —  kreditni  ishlatilishi  qarz  oluvchining  kreditni  n im a  m aqsadda 
olinganligi  bilan  uzviy  bog'liq  bo'ladi;
Vr  —  qarz  oluvchining  x o ‘jaligida  qarzga  olingan  qiym atning 
aylanishi  tugallanishini  resurslarning  aylanishdan  chiqarilishini  ifoda- 
laydi;
Qk  —  kreditni  qaytarish;
Fks — vaqtinchalik berilgan  qiym atni kreditor qo'liga  qaytib kelishi 
(foiz  bilan).
Kredit  mohiyatining  tahlili  uzluksiz jarayon.
B unda  tahlil  jarayonida  y a n g id a n   yangi  beligilar,  xususiyatlar 
yuzaga  chiqishi  mumkin.
2.2.  Ssuda  kapitali  manbasi  va  harakat 
qilish  shakllari
Ssuda kapitali  —  bu faoliyat  ko ‘rsatuvchi  kapital  aylanishiga xizmat 
qiluvchi va foiz  keltiruvchi  ssudaga  (qarzga)  beriladigan  pul  kapitalidir.
Ssuda  kapitalining  manbalari  —  bu  sanoat  va  savdo  kapitallari 
aylanishi  jarayonida  bo'sh  qoladigan  pul  kapitalidir.  Pul  kapitalining 
bo'shashi  quyidagi  omillarga  asosan  yuzaga  keladi:
—  asosiy  kapital  oboroti  (aylanishi)ning  xarakteridan.  Tovarlarni 
sotgandan so‘ng asosiy kapitalning eskirgan  qismi  amortizatsiya zaxirasi 
sifatida  asosiy  kapitalning yangilanish  muddati  kelgunga  qad ar yig'ilib 
turadi;
—  oborot  (aylanma)  kapitalning doirniy qismi aylanish xarakteridan. 
Tayyor  tovarlarni  sotish  va  xom ashyo  va  materiallarni  yangi  tovarlar 
ishlab  chiqarish  maqsadida  xarid  qilish  oralig‘ida  m a ’lum  bir  muddat 
o ‘tadi.  Shuning  uchun tayyor tovarlarni sotishdan tushgan  pul tushumi 
vaqtinchalik  b o ‘sh  pul  kapitali  sifatida  b o ‘sh  bo‘lib  qoladi;
—  tovarlarni  sotish  davri  (vaqti)  bilan  shu  haqini  t o ‘lash  davri 
orasidagi  vaqtinchalik  uzilishning  mavjudligi;
—  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish  talablari  darajasida  zarur 
b o ‘lgan pul shaklidagi q o'shim cha qiymatni jam g‘arish  (yig'ish) zarurati 
va  boshqa  holatlar.
S hunday  qilib,  vaqtinchalik  pul  kapitalining  bo'shashi  obyektiv 
z a ru riy a td ir.  Biroq  b u n d a y   h o ld a   bekor  tu ra d ig an   p u lla r  doirniy 
h arakatda  b o ‘ladigan  kapital  qiymati  talabiga  qarshi  ishtirok  etadi. 
B unday  qaram a-qarshilik  kreditlarni  berish  orqali  hal  qilinadi,  y a ’ni 
vaqtinchalik  boMmaydigan  pul  kapitali  qarzga  beriladi.

2.3.  Kreditning  asosiy  funksiyalari  va  tashkil 
qilish  asoslari
H ar qanday iqtisodiy kategoriya o ‘zining funksiyalariga ega b o ‘lgani 
kabi  kredit ham o ‘zining bir qato r funksiyalariga ega.  Ijtimoiy iqtisodiy 
tizim ida  kreditning  o ‘rni  va  roli  u  bajarayotgan  funksiyalari  bilan 
aniqlanadi.  Kreditning  funksiyasi  —  bu  kreditning  iqtisodiyotda  fao- 
liyatning  muayyan  ravishda  nam oyon  bo'lishidir.
Kreditni tahlil qilishda,  uning funksiyasi  mohiyati va roli o ‘rtasidagi 
oraliq  bo ‘g‘in  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.
K redit  to m o n id a n   bajariladigan  funksiyalar  turli  adabiyotlarda 
turlicha  beriladi.  K o‘pgina  adabiyotlarda  kreditning  4  ta  funksiyasi 
k o ‘rsatilgan  va  asoslangan  bo'lib  ular  quyidagilar:
—  kapitallarni qayta taqsimlash va foyda  m e ’yorini tekislash  (teng- 
lashtirish);
—  m uomala  xarajatlarini  tejash;
—  kapitalning  markazlashuvi;
—  kapitalni  yig'ilishi  va ja m g ‘arish  funksiyasi.
Biroq boshqa ko‘pgina kitoblarda  kreditning boshqa 4 ta funksiyasi 
k o ‘rsatilgandir.
Bu  funksiyalar;
—  qayta  taqsimlash  funksiyasi;
—  qayta  takror  ishlab  chiqarish  funksiyasi;
—  muomaladagi  haqiqiy  naqd  pul  m ablag'larini  kredit  m uom ala 
vositalari  bilan  almashtiradi;
—  rag‘batlantirish  funksiyalaridir.
Bu  yuqorida  ko‘rib  o ‘tilgan  funksiyalar yordam id a  kredit  m am la- 
katdagi  taqsimlangan  va  b o‘sh  turgan  m oddiy  va  pul  mablag'lari  o ‘z 
egalaridan vaqtinchalik  boshqa  mulk cgalariga  harakat qilishlari  uchun 
im kon  yaratadi.  Kreditning  qayta  taqsimlash  funksiyasi  2  ko‘rinishda 
pul  va  tovar  shakllarida  amalga  oshirilishi  m um kin.
Kreditning  takror  ishlab  chiqarish  funksiyasida  esa  kredit  2  xil 
ko'rinishda  namoyon  b o ‘ladi:
—  qarz  oluvchi  tom on idan   olingan  kreditlar  ularga  kerakli  kapital 
hajm ini  t a ’m inlaydi,  tadbirkorlik  faoliyatini  olib  borishiga  imkon 
yaratiladi.
—  turli  korxonalarga  kredit  berilishi  natijasida  jam iyat  miqyosida 
ishlab  chiqarish  uchun  yaxshi  va  y o m o n   holatlar  (sharoitlar)  vujudga 
kelishi  m umkin  (sifat,  tannarx,  baho).

M u om aladagi  haqiqiy  va  naqd  pul  mablagMarini  kredit  t o ‘lov 
vositalari  bilan  almashtirish  funksiyasida  haqiqiy  (oltin)  pullar  pul 
belgilari  (b anknotalar)  bilan  almashtiriladi.  Bu  o ‘z  navbatida  davlatni 
qarz  majburiyatini  bildiradi  ham da  oltin  qiymat  belgalarini  belgilaydi. 
Shu  bilan  birga  naqd  pul  belgilari  aylanishi  jarayonida  pul  belgilari 
o ‘z  navbatida  kredit  m uom ala vositalari-veksel,  chek,  plastik  k artoch- 
kalari  bilan  almashtirilishi  mumkin.
Kreditning  rag‘batlantirish  funksiyasida  —  kredit  ishlab  chiqarish 
va  m uom alaga  m ikro  va  makro  darajada  t a ’sir  ko'rsatadi.  Buning 
natijasida  m ablag‘lardan  tejamli  foydalanishga  asos  yaratadi.  Kredit 
qarz  o luv chid an  olgan  kreditlarining  samarali,  darom ad  oladigan 
darajada foydalanishiga,  o ‘z vaqtida ishlatib to ‘liq qaytarilishiga m ajbur 
qiladi.
Davlat miqyosida esa kredit miqdorini  ko‘paytirish yoki  kamaytirish 
orqali  iqtisodiyotga salbiy yoki  ijobiy ta ’sir o'tkazishi  mumkin.  C hunki 
kredit miqdorining kamayishi,  ko‘payishi uning ikki tomonlam a t a ’sirini 
bildiradi.
Kreditning  bu  funksiyalari  haqida  olimlar  o ‘rtasida  yagona  fikr 
y o ‘q.
Masalan,  Rossiya  iqtisodchisi  0.1.  Lavrushinning  fikricha,  kredit­
ning funksiyalarini tahlil  qilishda  ikkita yechilmagan  m uam m o  mavjud: 
funksiyani  tushunishning  uslubiy  asoslari; 
funksiyalarning  tarkibi  va  strukturasi.
Kreditning  tarkibiy  qismidan  kelib  chiqqan  holda  unga  quyidagi 
m unosabatlar  xosdir:
k red itorn in g  qarz  oluvchi  va  qarzga  berayotgan  qiym at  bilan 
m unosabati  orqali;
qarz  o lu v c h in in g   k red ito r  va  qarzga  beriluvchi  q iy m a t  bilan 
m unosabati  orqali;
qarzga  b e rilu v ch i  qiym at  bilan  k red ito r  va  qarz  olu v ch in in g  
munosabati  orqali.
K reditor  va  qarz  oluvchi  o ‘rtasidagi  munosabat  shunday  aniqla- 
nadiki,  b u n d a   kreditor  qarz  oluvchiga  resurslarni  taklif  qiladi,  qarz 
oluvchi  bu  resurslarni  ishlatadi  va  bunda  qarzga  beriluvchi  qiymat 
kreditor  va  qarz  oluvchi  o 'rta sid a   aylanadi.  Bu  yerdan  kreditning 
birinchi  funksiyasi  kelib  chiqadi:
Q a r z g a   b erilu v ch i  q iym atn i  v aq tin ch a  fo y d a la n ish g a   berish 
funksiyasi. 
Kredit va pul  mablag'lari  o ‘rtasidagi  m unosabatlardan kelib 
c h iq q a n   h o ld a ,  k re d itn in g   h a q iq iy   p ullarni  kredit  pu lla ri  bilan

almashtirish funksiya oldinga surilgan.  Lekin bu funksiya hozirgi kun d a  
iqtisodiy  m unosabatlar  «saxnasidan»  chikib  ketgan.
Kreditning  tashqi  m uhit  bilan  aloqasi  uning  ikkinchi  funksiyasini 
keltirib  chiqaradi.
Qayta  taqsimlash  funksiyasi. 
Kredit  qayta  ishlab  chiqarish jara y o - 
nining  barcha  tarmoqlariga  —  ishlab  chiqarish,  taqsimlash,  m u o m a la  
va  iste’molga  xizmat  ko'rsatadi.
Qayta  ishlab  chiqarish jarayoni  bilan  bog'liq  holda  kredit,  ishlab 
chiqarish,  taqsimlash  yoki  iste’mol  jarayo n id a  kechadigan  funksiya- 
lardan  farqli  o ‘laroq  qayta  taqsimlash  funksiyasini  bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti  sharoitida ssuda  kapitali  bozori  vaqtincha b o ‘sh 
turgan  moliyaviy resurslarni bir faoliyat jab h asid an boshqasiga y o 'n a l- 
tiruvchi  va  natijada  kechadigan  funksiyasini  bajaradi.
Qayta  taqsimlash  funksiyasi  yordam ida  korxonalar,  tashkilotlar, 
davlat  va  shaxsiy  sektorning  b o ‘sh  pul  m ablag‘lari  va  darom adlari 
ssuda  kapitaliga  aylantiriladi  ham da  vaqtincha  foydalanishga,  davlat 
va  shaxsiy sektorning  b o ‘sh  pul  mablag‘lari  h a m d a   darom adlari  ssuda 
kapitaliga  aylantiriladi  va  vaqtincha  foydalanishga,  m uayyan  t o ‘lov 
asosida  beriladi.  Bu  funksiya  yordam ida  ishlab  chiqarishdagi  p ro p o r- 
siyalar  va  pul  kapitali  harakati  boshqarilib  turiladi.
Turli  tarm oqlard agi  darajasiga  k o ‘ra,  kredit  iqtisodiy  stixiyali 
makroboshqaruvchisi  sifatida  n am o y o n   b o ‘ladi.  B a ’zi  hollarda  bu 
funksiyaning  am alga  oshirilishi  b o z o r  tiz im ig a   n o m u ta n o s ib lik n i 
chuqurlashuviga  olib  kelishi  m um kin.  X uddi  shunday  holat  M D H  
davlatlarida  bozor  iqtisodiga  o ‘tish  bosqichida  n am oyon  boMmoqda 
shuning uchun kredit  tizimini davlat tom o n id an boshqarishning m u h im  
vazifalaridan  biri  bu  iqtisodiy  ustunlikni  o qilona  tavsiflash  va  kredit 
resurslarini  u yoki  bu  tarm oqqa jalb  qilishni  rag'batlantirishdan iborat.
M uomala  harakatlarini  tejash  funksiyasi. 
Kredit  vujudga  kelishi 
davridan  boshlab  haqiqiy  pullarni  (oltin,  k um ush)  kredit  pullari  — 
veksellar,  banknotalar,  cheklar  bilan  alm ashishini  t a ’m inlab  kelgan. 
Lekin,  oltinning  m o n etä r  roli  yo'qolishi  tufayli  kredit  bu  funksiyasi 
yordam ida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  rivojlantirib,  hisob-kitoblarni 
tezligini va kam xarajatliligini ta ’m inlam oqda.  K apitalning m uo m a la d a  
bo'lish  vaqtining  tejalishi  uning  ishlab  ch iq a rish d a   b o ‘lish  v aqtini 
oshiradi  va  bu  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga,  foydaning  ortishiga 
olib  keladi.
Bu  funksiyaning  amalga  oshishi  kreditning  iqtisodiy  m ohiyatidan  
kelib  chiqqan.  U ning  manbayi  sanoat  va  savdo  kapitalining  doiraviy

aylanishi jarayonida vaqtincha  bo'shagan  moliyaviy  mablag‘lar hisob- 
lanadi.  X o ‘jalik  subyektlari  pul  m ablag‘larining  kelib  tushishi  va 
ishlatilishi o'rtasidagi vaqt b o ‘yicha farq faqatgina ortiqcha mabalag‘lar 
hajm ini  emas,  balki  moliyaviy  mablag'larning  yetishmovchiligini  h a m  
aniqlab beradi.  Shuning uchun korxona va tashkilotlarning o ‘z aylanma 
m ablag‘larining  vaqtinchalik  yetishmovchiligini  to ‘ldirish  uchun  ssu- 
dalar  olish  keng  tarqalib  borgan.
Kapital  t o ‘p lan ishin ing  jadallashuvi  va  k onsen tratsiyalash u vi 
fu n k siy a si. 
K a p ita l  toManishi  jara y o n i  iq tiso d iy   rivojlan ishn ing  
barqarorlashuvi va x o ‘jalik yurituvchi har bir subyektning o ‘z maqsadiga 
erishishning  m uhim   sharti  hisoblanadi.  Bu  ishlab  chiqarishni  kengay- 
tirishga,  shu  bilan  birga  q o ‘shimcha foyda  olishga  qarz m ablag'laridan 
foydalanish  imkonini yaratadi.  Shuni ta ’kidlab  o ‘tish  zarurki,  iqtisodiy 
inqiroz davrida bu resurslarning qimmatliligi k o ‘pchilik xo'jalik faoliyati 
jabhalarida  kapital  t o ‘planishini jadallashtirish  masalasini  hal  qilishda 
t o ‘sqinlik  qiJadi.  Shunga  qaramasdan,  k o‘rib  chiqilayotgan  funksiya 
hozirgi  sharoitda  rejali  iqtisodiyot davrida  rivojlanmagan va  mablag'lar 
bilan  t a ’m inlanm agan  faoliyat jabhalarini  moliyaviy  mabalag'lar bilan 
t a ’minlash  jarayonini  sezilarli  tezlashtiradi.
M uom ala  t o ‘lov  vositalarini  chiqarish  funksiyasi. 
Bu  funksiyaning 
am alga  oshish  ja r a y o n id a   kredit  faqatgina  to v ar  emas,  balki  pul 
m uom alasining  jadallashuviga,  undan  naqd  pullam i  siqib  chiqarib, 
to io v la r  aylanishining tezlashuviga  ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi.  Kredit tufayli 
pul  m uom alasi  doirasiga  veksellar,  chek,  kredit  kartochkalari  kabi 
vositalar kiritilib,  naqd  pulli  hisob-kitoblarni  naqd  pulsiz  operatsiyalar 
bilan  alm ashtiradi.  Bu  esa  ichki  va  xalqaro  bozordagi  iqtisodiy m u n o - 
sabatlar  m exanizm ini  osonlashtiradi  va  tezlashtiradi.  Bu  masalani  hal 
etishda tijorat  krediti  zamonaviy tovar almashishining kerakli elem enti 
sifatida  m uhim   o ‘rin  tutadi.
Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi h a m  kxedit orqali samarali 
amalga  oshirilishi  mumkin*  U rushdan  keyingi  yillarda  fan-texnika 
taraqqiyoti  h ar  bir  inam lakat  yoki  alohida  x o ‘jalik  yurituvchi  subyekt 
iqtisodiy  rivojining  hal  qilavchi  omiliga  aylangan.  Kreditning  fan 
texnika  ta r a q q iy o tin i  jadalJashtirishdagi  ro lini  fan -tex n ik a   bilan 
shug‘ullanuvchi  tashkilotlarnmg  faoliyatini  moliyalashtirishda  kredit 
resurslari  ishlatilishi  m um km .  Umiy  tadqiqot  ishlarini  olib  boruvchi 
markazlarning  norm al  ishlab  turishini  t a ’minlash  uchun  ham,  ular 
faoliyatini  m oliyalashtirishda  kredit  resurslari  ishlatilishi  m um kin. 
Shuningdek,  kredit  innavatsion  jarayonlarda  ishlab  chiqarishga  ilmiy

tadqiqot  natijalarini  joriy  qilish  va  ishlab  chiqarish  texnologiyasini 
o ‘zgartirish jarayonlarini  amaiga  oshirish  uch un   zarur.
2 .4 .  Kreditning  asosiy  tamoyillari
Kredit  munosabatlari  iqtisodiyotda  mavjud  aniq  uslubiy  asoslarga 
tayanadi.  U n in g   asosiy  elem entlari  b o ‘lgan  ssuda  k ap itali  bo zori 
operatsiyalari  ina’lum  tamoyillar  asosida  olib  boriladi.  Bu  tam oyillar 
kredit  rivojlanishining  birinchi  b o sq ic h id a   k o ‘zga  ta s h la n g a n   edi. 
Keyinchalik  esa  ular  um umdavlat  va  xalqaro  kredit  qonunchiligida 
yaqqol  o ‘z  aksini  topdi.  Iqtisodiy  kategoriya  sifatida  kredit  bir  nec h a  
tamoyil'.arga  ega.  Bular  kreditning  qaytarib  berishliligi,  k reditning 
muddatliligi,  kreditning  t a ’minlanganligi,  maqsadliligi  va  t o ‘lovlilik 
tamoyillaridir.
Kreditning  qaytarib  berishlilik  tam oyili. 
Bu  tam oyil  k reditning 
m ustaqil  iqtisodiy  kategoriya  ekanligi  sh a rtid ir,  q aytib  berish lik 
kreditning  urnumiy  belgisi  hisoblanadi,  qaytib  berishlilik  o ‘z - o ‘zidan 
vujudga  kelmaydi:  u  moddiy  jaray o n larga,  qiym atning  aylanishini 
tugashiga  asoslanadi.  A m m o  doiraviy  ay lanishning  tugashi  —  bu 
qaytarib berishi emas,  faqat  qaytarib berish  u c h un   zamin  tayyorlashdir. 
Kreditni  qaytarish  aylanishdan  ch iq q a n   m ablag'lar  qarz  oluvchiga 
pul  mablag‘larining qaytarish  imkoniyatini  bergan  taqdirda qaytariladi, 
qaytarib  berishlilik  ikki  yoklama  ja ra y o n n i  ifoda  etadi,  u  kreditor 
uchun  ham,  qarz  oluvchi  uchun  ham   bir  xil  darajada  m uhim dir.
Qiymatni  qaytaruvchi  haiakatida  huquqiy  tom oni  ham   m uhim dir. 
Muayyan bir muddatga beriladigan  qiymatga egalik  huquqi  kreditordan 
qarz  oluvchiga  o'tmaydi.
Qarzga  beriladigan  qiymat  faqat  m uayyan  bir  tnuddatgina  o 'z  
egasi  q o ‘lidan  uzoqlashadi,  lekin  egasini  o'zgartirm aydi.
B o ‘sh  turg an  resurslarni  a k k u m u la ts iy a   q iluvchi  b a n k la r   bu  
resurslardan  o ‘z  resurslari  sifai'da  foydalana  olmaydi.  Batik  qarzga 
beruvchi  mablag‘ning  egasi  bo'Iib  korxona,  tashkilot,  alohida  shaxslar 
hisoblanadi.
Qaytarib berishlilik  muayyan  sh a rtn c rn a d a  o'zining o 'r m n i  iopadi.
Qaytarib  berishlilik  obvektiv  belgi  hisoblanadi.  Kreditni  qaytarib 
berishlilik tomoni  uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan,  shu ju m lad a n , 
m oliyadan  farq  qilish  imkonini  beradi.
Kreditdan  samarali  foydalanish  asosidagi  qaytarib  berishlilik  — 
b u tu n   bank  faoliyatining  markaziy  punkti  hisoblanadi.  K reditning  bu

tam oyili  am aliyotda  k red it  va  u n d a n   foydaianganlik  u c h u n   foiz 
sum m asini  kredit  bergan  muassasa  hisobiga  ko ‘chirish  yo'li  bilan 
to'lanadi.  Shu yo‘l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini 
t a ’minlaydi.  Sobiq  ittifoq  davrida  markazlashgan  rejali  iqtisodiyot 
sharoitida kreditlashning  «qaytarilmagan ssuda»  deb  ataladigan  noras- 
miy  tushunchasi  bor  edi.  Kreditlashning  bu  shakli  xalq  xo‘jaligining 
k o ‘p  tarm oqlarida  ayniqsa  qishloq  xo‘jaligi  sohasida  keng  tarqalgan 
edi.  Kredit davlat banki tom onidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini 
hisobga olmagan holda berilar edi.  0 ‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra 
qaytarilmaydigan  ssudalar  budjet  subsidiyalarini  q o ‘shimcha  shakli 
sifatida  namoyon  bo'ladi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  «qaytarilmas 
kredit»  tushunchasi  bozor iqtisodiyoti tamoyillariga yot  bo ‘lib,  bunday 
kreditning amaliyotda b o ‘lishi  iqtisodiyot uchun juda xavfli  hisoblanadi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling