Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.98 Mb.
bet1/60
Sana10.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1761525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


YURIDIK FAKULTETI


MILLIY G`OYA VA HUQUQ TA’LIMI KAFEDRASI
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI»
FANIDAN


MA`RUZALAR MATNI


Tuzuvchi: E.G’apparov
Namangan-2022
1-MAVZU: “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:

  1. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi

  2. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti va predmeti.

  3. “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining maqsad va vazifalari



1-masalaning bayoni: “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fani mustaqillik yillarida shakllangan nazariy fanlardan biridir. Chunki, “Jamiyat hayotida shunday davrlar bо‘ladiki, о‘z umrini yashab bо‘lgan eski tuzum qonun-qoidalarini yangicha asosda о‘zgartirish, barcha sohalarda keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bо‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi”.1 О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng о‘zbek xalqi о‘z mustaqilligini saqlab, milliy taraqqiyot yо‘liga kira oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi kо‘rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemma yuzaga keldi.

  1. Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bо‘lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bо‘lib qolgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish» siyosatini qо‘llab-quvvatladi. Natijada, mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyatda, ma’lum ma’noda «mafkurasizlik», «mafkuraviy bо‘shliq» paydo bо‘lib, sarosimali va tahlikali vaziyat vujudga keldi, mustaqillikning taqdiriga jiddiy xavf tug‘ildi. Buni о‘z vaqtida teran anglagan Prezidentimiz xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning muqobili bо‘lmagan bir yо‘li - о‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish masalasini о‘rtaga tashladi.

“Mafkura sohasida bо‘shliq, vakkum bо‘lmaydi. О‘zbekiston xalqlarining dunyoqarashi, ma’naviy va siyosiy madaniyatining eng ilg‘or an’analari asosida ishlab chiqilayotgan milliy mustaqillik mafkurasi individualizmning vayron qiluvchi ta’siriga qarshilik kо‘rsatishga qodir. Mafkuraviy ish, mustaqillik, yuksak ma’naviyat, axloqiylik, madaniyat g‘oyalarini targ‘ib qilish о‘tkinchi holga aylanib ketmasligi kerak”2, deydi Prezidentimiz I.Karimov.
Davlatimiz rahbarining ma’naviy-mafkuraviy sohadagi nazariy va amaliy masalalar chuqur tahlil etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan.3
G‘oyalarning jamiyatga ta’sir yо‘nalishlari va xarakterini belgilash uchun, ularni maxsus bilish obyekti sifatida olib qarashning ahamiyati juda katta. Xususan, g‘oyalarning mohiyatini о‘rganishda, nazariy bilimlar va amaliy faoliyatlar samaradorligini oshirish - birinchidan, umuminsoniy va milliy ma’naviy madaniyatning mushtaraklashgan ifodasi bо‘lgan g‘oyalarni strukturaviy-funksional о‘rganuvchi maxsus fan - ideologiyani rivojlantirish; ikkinchidan, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda ijtimoiy-siyosiy ideologiyalarning ilmiy usullari hamda vositalari uyg‘unlashuvini ta’minlash; uchinchidan, g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarning turli tarixiy shakllarini va muqobil yо‘nalishlarini, ilmiy-nazariy bilish asosida muvofiqlashtirishga bog‘liq bо‘ladi.
G‘oya va mafkuralar mazmunini nazariy bilish-ijtimoiy munosabatlarning turli darajalarda: kundalik amaliy urf-odatlar, an’analar, yoki murakkab ijtimoiy-siyosiy madaniyatga asoslangan tizimlar tarzida namoyon bо‘lishini ilmiy izohlashdan iborat. Bu esa, о‘z navbatida, insonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarini ilmiy ideologiya asosida tashkil qilish uchun: birinchidan, milliy doiradagi moddiy va ma’naviy, nazariy va amaliy faoliyat yо‘nalishlarining umuminsoniy manfaatlar asosida bog‘lanishni; ikkinchidan, ularning о‘zaro munosabatlarini tashkil qilish va boshqarishda umuminsoniy g‘oyalar majmuasining milliy doiradagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’sir rolini kо‘rsatishni; uchinchidan, milliy g‘oya rivojlanishiga differensiallashgan tarzda yondoshgan holda, alohida ta’sir kо‘rsatadigan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy omillarning ahamiyatini belgilashni; tо‘rtinchidan, ijtimoiy g‘oyalarning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini jamiyatning aniq rivojlanish darajalari bilan bog‘lab ifodalash lozim.
Milliy g‘oya va mafkuralarning rivojlanish darajasi ijtimoiy munosabatlarni, muayyan mafaatlar doirasida, uyg‘unlashtirishdan iborat mafkuraviy faoliyatni (nazariy hamda amaliy jihatlardan) tashkil etish xarakteriga mos keladi. Zero, uning pirovard natijasida, jamiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarining barqaror rivojlanishiga olib keladigan yangi progressiv g‘oyalarga asos bо‘lib, ularni amalga oshirishning muayyan shart-sharoitlarini, uslub va vositalarini ta’minlaydigan mafkurani taqozo qiladi. Shu nuqtai nazardan, ideologiyani jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini о‘rganuvchi fan sifatida-insonning muayyan ehtiyojlarini (umuminsoniyat manfaatlariga mos kelishidan qat’iy nazar) qondirish, maqsadlariga erishish yо‘li, deyish mumkin. Ana shu omillar “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”ning yuzaga kelishiga sabab bо‘ldi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling