Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


Download 95.5 Kb.
bet1/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan
“Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar”
harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi



NIZOM

“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari (bundan buyon matnda musobaqa


deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari (bundan buyon matnda umumta’lim maktablari deb yuritiladi) bilan tashkil etiladi.


1-bob. Umumiy qoidalar

1. Musobaqalar jamoaviy tartibda umumta’lim maktabari o‘rtasida har yili mart-may oylari davomida o‘tkaziladi.


2. Musobaqa ishtirokchilari Nizomda belgilangan talabnoma asosida musobaqada ishtirok etadi.
3. Musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zaro madaniy-sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan, dastlabki harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega, buyuk ajdodlarimiz kabi mard, jasur, halol, jismonan baquvvat, bilimli, keng dunyoqarashli, vatanparvar, mas’uliyatli, qiyin va ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini egallagan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.


2-bob. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish

4. Musobaqa quyidagi bosqichlarda umumta’lim maktablari o‘rtasida jamoaviy tartibda:


I bosqich - tuman (shahar) birinchiligi bosqichi umumta’lim muassasalari o‘rtasida - har yili 10-mart sanasigacha - tuman (shahar) mudofaa ishlari, yoshlar ishlari agentligi va yoshlar ittifoqi, xalq ta’limi, MK “Vatanparvar” tashkiloti bo‘limlari, umumta’lim muassasasi direktorlarining rahbarligi va tashkilotchiligida;
II bosqich - hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) birinchiligi bosqichi - har yili 10-aprel sanasigacha - harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari, yoshlar ishlari agentligi va yoshlar ittifoqi, xalq ta’limi, MK “Vatanparvar” tashkiloti boshqarmalari, hududiy tashkiliy qo‘mitalari tomonidan;
III bosqich - respublika bosqichi - har yili 15-may sanasigacha – Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, Xalq ta‘limi vazirligi, MK “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashlari tomonidan Mudofaa vazirligi Jangovar tayyorgarlik hamda Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi – respublika tashkiliy qo‘mitasi rahbarligida o‘tkaziladi.
5. Musobaqa belgilangan tartibda quyidagi joylarda o‘tkaziladi, jumladan:

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling