Xomashyo va maxsulotlarning fizik


Download 0.56 Mb.
bet1/18
Sana25.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1295535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kaliy kurs loyixa


MUNDARIJA



  1. KIRISH..................................................................................... 2




  1. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI..... 5




  1. XOMASHYO VA MAXSULOTLARNING FIZIK-

KIMYOVIY XSUSIYATLARI............................................... 8



  1. TEXNOLOGIK TIZIM BAYONI ...................................... 26


  1. ASOSIY APPARAT HISOBI........................................... 40




  1. Kaliyli ma’danlarni flotatsiyalash jarayonida

ishlatiladigan asosiy jihozlar....................................... 41



  1. Xulosa.....................................................................................42




  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.............................. 43


KIRISH

О‘zbekiston–agrosanoati rivojlangan davlat. О‘zbekistonda 25 mln 736 ming.g.a yer qishloq xо‘jaligiga ajratilgan,undan 3,73 mln g.a yer sug‘oriladigan.Bundan kelib chiqib,korxonalarni madernizatsiya qilishni tezlashtirish,zamonaviy texnalogiyalar bilan korxonalarni texnik va texnalogik qayta jihozlash,korxonalarni raqobatbardoshligini oshirish,maxsulot tan narxi va ishlab chiqarishga ketadigan sarf xarajatlarni ham kamaytirish talab etiladi. Qishloq xо‘jalik ekinlaridan mо‘l-kо‘l hosil olish garovi – ularni tо‘liq va yetarlicha oziqlantirishdir. О‘simliklarning hayoti uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va ozuqaviy moddalar juda zarurdir. Bu shartlarning barchasi teng qimmatli va juda keraklidir. О‘simliklarning ozuqaviy moddalarga bо‘lgan ehtiyoji – о‘simlikning turi va bu moddalarning shakllariga bog‘liq bо‘ladi.


О‘zbekiston Respublikasida makroо‘g‘itlardan fosforli va azotli о‘g‘itlar ishlab chiqariladi, lekin qishloq xо‘jaligi uchun zarur bо‘lgan kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqarilmaydi. Kaliyli о‘g‘itlar ayniqsa paxtachilik uchun zarur, chunki ular paxta tolasining sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasida kaliyli о‘g‘itlar ishlab chikarish korxonalari mavjud emas. Qishlok xо‘jaligi uchun kaliyli о‘g‘itlar Rossiyadan olib kelinadi va bu esa katta valyuta sarflanishini talab qiladi, hamda Respublikaning kaliyligi о‘g‘itlarga bо‘lgan talabini tо‘liq qoniqtirmaydi. Ilmiy asoslangan ma’lumotlarga kо‘ra Respublikaning kaliyli о‘g‘itlarga bо‘lgan talabi 282 ming tonnani tashkil etadi.
Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2007 yil 17 dekabrda PP-748 – sonli “Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodi qurilishini tezlashtirish xaqida tadbirlar” qarorlari chiqarilgan.
Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodi (DKО‘Z) qayta ishlash kompleksining kaliy xlorid bо‘yicha unumdorligi yiliga 200 ming tonnani tashkil qilib, Qashqadaryo viloyatida, Dehqonobod shahridan 3km masofada, shahar temir yul stansiyasiga yaqin joylashgan. Kaliyli tuzlar Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodidan 43km masofadagi Tyubegatan konidan avtotransportlarda tashib keltiriladi.
О‘zbekiston hududida Tyubegatan konining kaliyli tuzlar zahirasi: kategoriya (A+B+C) - 215278 ming tonna (35.95% KCl), kategoriya S2-60923 ming tonna (35.39% KCl). Ma’dan ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati yiliga 700 ming tonnani tashkil qiladi (31.93% KCl). Xom ma’danlar avtotransport bilan Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodiga olib kelinadi. Qayta ishlash kompleksida ma’dan flotatsiya usulida - kaliy xlorid va natriy xloridlarning turlicha gidrofoblanishiga asoslanib, reagentning ta’sirida, bir biridan ajratiladi. Bu ishlab chiqarishning yangiligi shundan iboratki, yaratilgan texnologiya bо‘yicha birinchi marotaba О‘zbekiston Respublikasida joylashgan Tyubegatan koni silviniti asosida mineral о‘g‘it sifatida kaliy xlorid ishlab chiqariladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling