Yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar


Download 294 Kb.
bet1/9
Sana03.02.2023
Hajmi294 Kb.
#1154014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
70-80 yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar (XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)


70-80 yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar” (XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARI MISOLIDA)
REJA

Kirizh.................................................................................................................3-6


I.BOB. 70-yillar oxiri 80-yillar hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar
I.1. 70-80 yillar hikoyachiligida uslub va mahorat………………………..….7-19
I.2. Xurshid Do’stmuhammad qahramon yaratish san’ati………………………20-36
II.BOB. Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion о‘ziga xosligi…..…37-44
II.1.Ijodkorning sujet, konflikt yaratish mahorati………………………........45-50
II.2. Adib hikoyalarida muallif va qahramon nutqidagi individualliklar……51-55
Xulosa……………………………………...…………………….…………..56-58
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati…………………………………….……59-60
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bо‘lib borayotgan bir davrda ilm-fanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda. Zero, «Ilm-ma’rifatga qiziqishi sust millatning kelajagi ham bо‘lmaydi» Binobarin, yozuvchi uslubi va badiiy mahorati masalasiga bag‘ishlangan tom ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bо‘lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bо‘lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish beqiyos о‘rin tutadi. Shu ma’noda, zamonaviy о‘zbek nasrida, xususan, hikoya janrida samarali ijod qilgan, iste’dodi va badiiy mahorati bilan adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan adiblar ijodi, uslubiy о‘ziga xosligini о‘rganish muhim masala hisoblanadi.
Adabiyotshunoslik va uning tadrijida badiiy mahorat masalasi azaldan muhim ahamiyat kasb etib keladi. Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, taniqli yozuvchi, kо‘rkam asarlari bilan milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qо‘shib kelayotgan Xurshid Do’stmuhammadning badiiy mahorati, uslub borasidagi izlanish hamda erishgan natijalarini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir.
Yozuvchi Xurshid Do’stmuhammad о‘zbek adabiyotida munosib о‘rni bor. Uning zamonaviy va tarixiy mavzudagi asarlari jamlangan quyidagi kitoblari nashr etilgan: «Quyosh barchaga barobar» (hikoyalar tо‘plami), «Bir oqshom ertagi» (hikoyalar, tarixiy etyudlar, qissa), «Onamning yurti» (qissa va hikoyalar), «Umr esa о‘tmoqda» (hikoyalar tо‘plami), «Boburning tushlari» (qissalar, hikoyalar, esselar), «Yо‘qchilik va tо‘qchilik» (hikoyalar, qissa, tarjima), «Boburiynoma» (ma’rifiy roman).
Adibning Bobur Mirzo hayotidan ibratli bir voqeani aks ettirgan «Saodat sohili», inson ichki olami butun murakkabliklari bilan tasvirlangan «Yozning yolg‘iz yodgori», о‘tmish bugungi kun voqeligiga favqulodda bir shaklda uyg‘unlashtirib yuborilgan «Kо‘ngil ozodadur», shuningdek, «Ajoyib kunlarning birida» qissalari betakror qahramonlari, jozibali tili, gо‘zal tasvirlari, teran mazmun-mohiyati bilan kitobxon qalbidan joy olib ulgurgan. Sababi, ularning barchasida inson qalbi talqini asosiy о‘rin egallaydi.
X.Sulton tarixiy mavzuga kо‘p murojaat qilgan, ayniqsa, Bobur Mirzo shaxsiyati, ijodi uni mudom qiziqtirgan, yangi-yangi izlanishlarga undagan. Shuning samarasi о‘laroq yaratilgan Bobur haqidagi hikoyalar, qissa va esselari adib ijodining deyarli yarmini tashkil etadi. Ushbu asarlar Bobur Mirzo qadami yetgan mamlakatlarga qilingan ilmiy ekspeditsiya xotiralari kompozitsiyasiga singdirilib, ajib falsafiylik kasb etgan — «Boburiynoma» ma’rifiy romani yuzaga kelgan. Bu asarni adib badiiy tafakkurining yuksak mahsuli deyish mumkin.
«Ra’no gulining suvi» (Abdulla Qodiriy haqida), «Bunchalar shirinsan, achchiq hayot!» (Qurbonjon dodho haqida) tarixiy etyudlari, «Boburning tushlari», «Tavba» («Boburnoma» asosida), «Andisha» (Abdulla Qodiriyning «О‘tkan kunlar» asari asosida), «Shoirona, darveshona bir ma’no» («Mehrobdan chayon» asari asosida) esselari Xurshid Do’stmuhammad Bobur Mirzo va Abdulla Qodiriy ijod olamini nechog‘liq chuqur anglashini, uni butun nozikliklari bilan teran tadqiq eta olganini kо‘rsatadi.
Shuningdek, X.Sulton mohir tarjimon va otashin publitsist sifatida ham e’tirof etilganini ta’kidlash lozim.
Tadqiqot ishimiz Xurshid Do’stmuhammad hikoyanavislik mahoratini о‘rganishga bag‘ishlangan. Tabiiyki, uning 80-yillarda yaratilgan hikoyalari ish uchun asos qilib olindi. Shu bois adibning boshqa janrdagi asarlari hamda faoliyatiga batafsil tо‘xtalmaymiz.

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling