Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet1/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI


N. Alimatova, H. Oblomuradova
FALSAFA

(O‘quv qo‘llanma)




Toshkent-2011

Ushbu o‘quv qo‘llanma Toshkent davlat yuridik instituti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2011 yil 26 maydagi 10-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.




N.Alimatova, H.Oblomuradova.
Falsafa. (O‘quv qo‘llanma). Ma'sul muharrir: f.f.d., professor A.Qodirov.
Sarlavhada: O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, TDYuI. – T.: TDYuI, 2011. 168-bet.
Ma'sul muharrir: F.f.d., professor A.Qodirov


Taqrizchilar: F.f.d. S.Abduxoliqov
F.f.d. F.Musaev

Ushbu o‘quv qo‘llanmada falsafaning predmeti, asosiy muammo-lari, fanlar tizimida tutgan o‘rni, falsafaning asosiy sohalari bo‘lgan ontologiya, gnoseologiya va antropologiya (sotsiologiya)ga oid muhim mavzular yoritilgan. Har bir mavzuning oxirida tayanch tushunchalar va takrorlash uchun savollar berilgan.


O‘quv qo‘llanma bakalavr bosqichi talabalari, aspirant va tadqi-qotchilar hamda falsafa fanining muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
© N. Alimatova, H. Oblomuradova.
© Toshkent davlat yuridik instituti, 2011 yil.


Toshkent davlat yuridik instituti
tashkil etilganligining
20 yilligiga bag‘ishlanadi


Kirish

Balki Siz “falsafa o‘zi nima?”, degan savolga ko‘p duch kelgan-dirsiz? Bu savolga javobni boshlanayotgan mashg‘ulotlarimizning dastlabki va kelgusi mavzularidan topib olsangiz, ajab emas. Avva-lo shuni ta'kidlaymizki, falsafa faqat bir guruh “intellektual-lar” uchun xobbigina emas. Zero, falsafa inson zoti hayoti davomida beistisno duch keladigan o‘ta muhim, abadiy savollarga: dunyo nima, unda insonning o‘rni va roli nimalar bilan belgilanadi, olam va odamni tushunish va anglash uchun qanday fikrlash lozim, insonning to‘g‘ri yashashi, o‘zidan nedir ezguliklar qoldirishi uchun nimalar qilmog‘i va nimalardan o‘zini cheklamog‘i zarur singari muammolarga javob izlaydi. Bu va boshqa o‘nlab savollar Siz uchun murakkabdek tuyulishi mumkin. Lekin, aminmiz-ki, Siz sarflaydigan harakatlar, fanni o‘zlashtirish yo‘lida ko‘rsatadigan ixlosingiz zoye ketmaydi.


Darhaqiqat, har birimizning ongu shuurimizda bu yorug‘ dunyo haqida, bizning bu dunyodagi o‘rnimiz to‘g‘risida ko‘plab fikrqarash-lar, tasavvurlar mavjud. Mazkur o‘quv qo‘llanmada esa borliqning yuqorida bir qismi tilga olingan mana shu asosiy savollari to‘g‘risidagi falsafiy ta'limotlar ko‘rib chiqiladi. Demakki, Siz o‘zingizning fikrlaringizni ham ko‘p yillar davomida falsafaning otalari – buyuk donishmandlar qizg‘in muhokama qilib, oxiriga qadar aniq bir javob topolmagan, mavjudlikning abadiy savollari kontekstida ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Umuman, nima uchun inson bolasi falsafiy mushohada yuri-tishga, o‘zi va o‘zgalar hayotining mazmuni to‘g‘risida o‘yga tolishga moyil bo‘ladi? Chunki u – o‘z nomi bilan – inson! U ongli, fikrlov-chi, kuzatuvchi, solishtiruvchi, muhokama etuvchi, rad qiluvchi, tasdiq-lovchi, adashuvchi, aziyat chekuvchi, sevuvchi va seviluvchi... mavjudot bo‘lganligi uchun ham boshqacha yo‘ldan keta olmaydi. Falsafiy musho-hada esa atrofimizni o‘rab turgan olamda o‘z o‘rnimizni anglashning eng universal usulidir.
Inson ongli taraqqiyotning barcha davrlarida bu dunyoda o‘zini anglashning mazkur usulini tobora yuqori bosqichga ko‘tarishga hara-kat qilgan. Falsafaning pirovard maqsadi ham – insonni anglash orqali uni ulug‘lash, odamzotning mukammallashuviga olib keladigan universal usullarni, shart-sharoitlarni izlab topishdan iborat. Shu ma'noda falsafa insoniyatning yanada yaxshiroq, mukammalroq holatga – chinakam komillikka yuksalmog‘i uchun ham zarurdir.
Falsafani o‘rganishga kirishar ekansiz, bir qoidani yodda tuti-shingizga to‘g‘ri keladi: bu fan mashg‘ulotlarda tilga olingan yoxud darslik-kitoblardan o‘qiganingiz termin va tushunchalar, keyinchalik imtihon topshirish uchun kerak bo‘ladigan haqiqatlarning oddiy yig‘indisi emas, aslo. Falsafa – bu tushunchalar, qarashlar, g‘oyalar, konsepsiyalar, muammolar, savollar, shubhalarning dinamik olami-dir. Shunday ekan, bu dunyoqarashlar orasidan birdan-bir aniq va to‘g‘ri yo‘lni topish ancha murakkab kechadi. Shu sababli ham “Falsa-fa” o‘quv qo‘llanmasida avval falsafa tarixi, undan keyin esa fal-safaning tizimli bayoni berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalar, aspirantlar va falsafa muam-molari bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallan-gan. Unda mavzular matni, har bir mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar, nazorat savollari havola etildi.
O‘quv qo‘llanma haqida hamkasabalarimiz va o‘quvchilar tomoni-dan xolis fikr-mulohazalar izhor etilsa, faqat xursand bo‘lur edik.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling