0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


Download 5.63 Mb.

bet42/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59

K artoshkaning  «UpHeKyjibcKHü  pamiHÜ»  navi  hosildorligi  va  hosil 

sifatiga  azot  m e’yorining ta ’siri  (X .Z. 

U m a r o v )

O lg ‘it  m e’y o r i,

k g / g a

H o sil,

s /g a

H osil tarkibidagi:

Kraxmal

chiqishi,  s /g a

Kraxm al,  %



vitam ini, 

%

p ,ooK6oCion)

9 5 , 6

1 2,52

9,1

12,07

F 0I1  +   N |W

1 6 3 ,2

13,57

17,5

2 2 , 0 5

F o n   +   N ]j()

180,7

13,87

17,8

2 5 , 0 7

F o n   +   N , (KI

186,8

13,08

12,6

2 4 , 4 3

F o n   +   N , (KI

189,7

1  1,57

9,1

2 1 , 8 4

Fon  +   N 4(KI

1 9 1 ,8

10,68

8,4

2 0 .4 8

Kuzatish  va  tadqiqotlar natijalarining  ko‘rsatishicha,tuproqqa azot 

oshirilgan  m e ’yorda  kiritilganda,  kartoshka  tuganaklari  yiriklashadi, 

lekin  ular  k o‘p  hollarda  nuqsonli  bo‘lib,  ichida  yoriq va  bo‘shliqlar 

hosil  bo'ladi.  Virus  kasalligiga  chalinadigan  o ‘simliklar  soni  ortadi.


Kartoshkaning mineral oziqlanishida fosforning ahamiyati juda katta. 

U  azotga  teskari  o'laroq,  kartoshka  tuganagi  sifat  ko'rsatkichlarini 

sezilarli  darajada  yaxshilanishiga  yordam  beradi.Respublikamiz  sabza- 

vot,  poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot  instituti olimlarining 

oigan  natijalari  buni  yaqqol  isbotlaydi.  Fosfor  m e ’yori  gektariga  50  kg 

dan  200 kg ga oshirilganda  (150  kg azot va 60 kg kaliy fonida) tuganaklar 

tarkibidagi  kraxmal  miqdori  13,31%  dan  13,86%  ga  yetgan.  Shu  bilan 

bir vaqtda vitaminlarning  miqdori  va  mahsulotning  saqlanish  muddati 

ham  oshgan.  Fosforli  o‘g ‘itlarning  samaradorligi  ko'p  jihatdan  ularni 

qo'llash  muddatlariga  ham  bog'liqiigi  aniqlangan.

Kartoshka  hosildorligini oshirish va tuganaklar sifatini yaxshilashda 

kaliy  elementining  roli  beqiyosdir.  D.N.  Pryanishnikov birinchi  bo'lib 

kartoshka  tuproqdan  donli  ekinlarga  qaraganda  kaliyni  to ‘rt  marta 

ko'proq  olib  chiqib  ketishini  aniqlagan.  Lekin  shunga  qaramasdan 

Respublikamiz  kartoshkachiligida  kaliyli  o'g 'itla rg a  

kam  


e ’tibor 

berilgan va  ko'p  hollarda qo'llash  tavsiya etilmagan.  Keyingi  paytlarda 

olib  borilgan  tadqiqotlar  kaliyli  o'g'itlarni  azot  va  fosfor  bilan  birga- 

likda  qo'llash  (ayniqsa  u lary u q o ri  m e ’yorlarda  berilganda)  kartoshka 

hosildorligini  oshirishi  va  hosil  sifatining  yaxshilashini  ko'rsatdi.

Kartoshka kaliyli o'g'itlarning turiga,  to'g'rirog'i,  ularning tarkibida 

xlor bor yoki yo'qligiga o ‘ta sezgir ekin.  XX asrning boshlarida  kartosh- 

kaga  kaliyli  o'g'it  sifatida  yo g 'o c h   kuli  qoilanilgan.  Kul  tarkibidagi 

kaliy 

potash

  (kaliy karbonat)  ko'rinishida bo'lib,  kartoshka  hosildorligi 

va  tuganaklarning  sifatiga  ijobiy  ta ’sir  ko'rsatadi.  Keyinchalik  kul 

miqdorining  kamayishi  va  ekin  maydonlarining  kengayib  borishi  ko'p 

miqdorda  tarkibida  xlor  tutgan  kaliyli  o'g'itlarni  ishlatishni  taqozo 

qildi.  Kaliyli  o'g'itlar  tarkibidagi  xlor  ionlari  o'simliklarning  rivojla- 

nishiga  salbiy ta’sir ko'rsatishini  hisobga olib,  uning asosiy qismi  kuzda, 

tuproqni  asosiy  o'g'itlash  davrida  kiritiladi.

Kartoshka  mahalliy  o'g'itlarga  o'ta   talabchan  ekin.  Ertagi  navlar 

vegetatsiya  davri  qisqa  bo'lganligi  sababli  go'ngdan  unum li  fovdalana 

olmavdi,  kechpishar  navlarning  go'ng  tarkibidagi  oziq  elementlaridan 

foydalanish  koeffitsienti  b irm u n c h a   yuqori.

G o 'n g  ayniqsa, yengil granulometrik tarkibli,  yetarli  darajada  nam- 

lanadigan  tuproqlarda  yaxshi  sam ara  beradi.  Ko'p  sonli  tajriba  natija- 

larining ko'rsatishicha, turli tuproq-iqlim minaqalarida b irg a  maydonga 

kiritiladigan 20—40 t go'ng o'rtach a  2,5—6,0 t qo'shim cha  hosil beradi. 

Gektariga  30 t go'ng kiritilganda,  undan  bir kecha-kunduz  davomida 

100—200  kg C 0 2 ajralib chiqadi.  O'simliklar o'rta c ha  30—40 t  hosilni

24  —  A g ro k im y o

3 6 9


shakllantirishi  iichun  200—300  kg  karbonat  angidridni  o ‘zlashtiradi. 

Demak,  faqat  go'ngdan  ajraladigan  C 0 2  hisobiga  kartoshkadan  olina- 

digan  qo'shim cha  hosilni  30—40%  ga oshirish  rnumkin.  G o 'n g  tarkibi- 

dagi  kaliy  aksariyat  mineral  o'g'itlardan  farq  qilib,  xlorsiz  shaklda 

boMganligi  sababli  o'simliklar  tom o n id an   oson  o'zlashtiriladi.

Quinoq  va  qumloq  luproqlarda  fosforli  va  kaliyli  o'g'itlar  bilan 

bir  qatorda  ko'kat  o'g'it  (siderat)lardan  ham  foydalanilsa,  kartoshka 

tuganaklarining  hosildorligi  keskin  oshadi.

Mahaltiy  va  mineral  o'g 'itlarni  birgalikda  qo'llash  hosildorlikni 

vanada  oshishiga  xizmat  qiladi.  Turli  tuproq—iqlim  sharoitlarida  har 

10  t  go'ngga  10— 15  kg  miqdorida  azot  qo‘shish  tavsiya  etiladi.

Kartoshkaga  beriladigan  o'g 'itlam ing  samaradorligi  qoilaniladigan 

agrotexnikaviy  tadbirlarning  darajasiga  bog'liq.  Parvarishlash  yaxshi 

yo'lga  q o ‘yilganda  va  o ‘g‘itlash  qo'shim cha  oziqlantirishlar  asosida 

olib  borilganda,  samaradorlik  ancha  yuqori  bo'ladi.

Ekish  bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan o lg‘itlashning ahamiyati 

katta,  chunki  blinda  o ‘g‘itlar  ildiz  tizimiga  yaqin  tushadi  va  tuproq 

to m onidan  nisbatan  kamroq  va  sekinroq  bog'lanib  qoladi.  Bu  tadbir 

nihollarni  hayotining  birinchi  kunidan  boshlab  o'g'itlar  tarkibidagi 

oziq  m oddalaridan  foydalanishiga  imkoniyat  yaratadi.  Tadqiqotlar 

natijalarining ko'rsatishicha,  azot,  fosfor va  kaliyning har biri gektariga 

20—30  kg  m iqdorda  nitrofoska  yoki  nitroammofoska  shaklida berilsa, 

nihollar  baravar  rivojlanadi.

Yuqori  hosil  olish  rejalashtirilganda,  qo'shim cha  oziqlantirish 

qanchalik erta  muddatlarda  amalga  oshirilsa,  kartoshka tuganaklarining 

hosildorligiga  shuncha  ko'p  ijobiy  t a ’sir  qiladi.  Qo'shimcha  oziqlan- 

tirishlarning  eng  qulay  muddatlari  to'liq  nihollar  paydo  bo'lish  dav- 

ridan  shonalashgacha  bo'lgan 

davrdir.  Kech  muddatlarda  amalga 

oshirilgan  q o'shim cha  oziqlantirish  vegetatsiya  davrining  cho'zilib 

ketishiga  sabab  bo'ladi.  Q o 'sh im c h a   oziqlantirishda  tuproqqa  asosan 

azotli  o'g 'itla r  kiritiladi.

Fosforli  o'g'itlar  bilan  (20  kg  P20 5)  nihollar  shonalash  davrida 

yoki  yig'im -terim dan  bir  oy  avval  ildizdan  tashqari  oziqlantirilsa, 

hosildorlik  gektariga  10— 15  s/ga,  tuganaklardagi  kraxmal  miqdori  esa 

1,9—3,1%  ga  ko'payadi.

U n iu m a n   olganda,  yuqori  m e ’yorda  kiritilgan  azotli  o 'g 'itla r 

tuganaklar  tarkibidagi  kraxmal  miqdorini  0,2—0,7%  ga  kamaytiradi, 

fosforli  o'g 'itlar esa  1—2%  ga  oshiradi.  Kaliyli  o'g'itlar,  ayniqsa  tarki- 

bida  xlor  tutgan  kaliyli  o 'g 'itla r,  kraxmal  miqdoriga  salbiy  t a ’sir



ko'rsatadi.  Q o‘Ilash  m e ’yoriga  bog'Iiq  ravishda  g o ‘ng  ham  kraxtnal 

miqdorini  0,5— 1,0%  ga  kamaytirishi  mumkin.

Toshkent  Davlat  agrar  universiteti  m evachilik  va  sabzavotchilik 

fakulteti  oliinlari  (V.l.  Zuyev,  A.  Abdullayev  va  bosliqalar,  1994) 

b o‘z tuproqlar mintaqasida erta  pishar kartoshka  navlari  uchun gektariga 

120— 150  kg azot,  80— 100  kg  fosfor va  60  kg  kaliy,  keclipishar navlar 

uchun  esa  200—250  kg  azot,  150—160  kg  fosfor  va  100  kg  kaliy 

q o ‘llashni  tavsiya  qiladilar.  Kartoshkani  takroriy  ekin  sifatida  ekish 

rejalashtirilganda,  go ‘ng  to'laligicha,  fosforli-kaliyli  o ‘g ‘itlar  yillik 

m e ’yorining  70—80%  i  kuzgi  sh u d g o rla s h d a ,  q o lg an   qismi  esa 

(29—30%  i)  verni  ekishga  tayyorlashda  kiritiladi.  Kartoshkaga  yillik 

azot  m e ’yorining  20%  i  tuproqni  ekishga  tayyorlashda,  30%  i  birinchi 

oziqlantirishda  (nihollar  to'liq  unib  chiqqach)  va  50%  i  g'unchalash 

davrida  qo'llaniladi.

Gektariga  5  t  chirigan  go‘ng  va  100  kg  am m iakli  selitra tuganaklar 

ostiga  tashlab  ekilsa,  nihollarning  unib  chiqish  s u r ’ati  jadallashadi.

Kartoshka  yetishtirishda  ammoniy  sulfat,  d o n a d o r   superfosfat  va 

kaliy  sulfat  tengi  yo'q  o'g'itlardan  hisoblanadi.



B e d a n i  o ‘g ‘itla sh

Almashlab  ekish  —  dehqonchilik  m adan iyati  darajasini  belgi- 

laydigan  asosiy  omillardan  biridir.  U  tuproq  unum dorligini  doimo 

oshirib  borishni,  begona  o'tlar,  kasallik  va  zararkunandalarga  qarshi 

samarali  kurashishni,  ekinlardan  mo‘1  hosil  olishni  kafolatlaydi.

G ‘o ‘za va  boshqa  ekinlarni  yetishtirishda  beda  tuproq  unumdor­

ligini  tiklovchi  asosiy  ekindir.

Ilmiy tekshirish  institutlari  va  ilg'or tajribakorlarning  m a’lumotlari 

asosida  sug'oriladigan  maydonlarda  yuqori  darajadagi  agrotexnikaviy 

tadbirlar  tizimini  qoMlab,  bedadan  yuqori  va  sifatli  hosil  olish  miini- 

kinligi  i s b o tla n g a n .  Beda  uch  yil  d a v o m i d a   b i t t a   maydonda 

yetishtirilsa, gcktaridan 400—600 s serhosil  pichan  olish  mumkin, blinda 

hosilning  asosiy  qismi  ikkinchi  va  uchinchi  yiIlarga  t o ‘g ‘ri  keladi.

Beda  pichani  va  urug'ining  hosildorligiga  mineral  o ‘g‘itlar  o ‘ziga 

xos ta’sir ko‘rsatadi.  Q o ‘shimcha  hosilning asosiy qismi  fosforli  o‘g ‘itlar 

hisobiga,  kamrog‘i  kaliyli  o ‘g ‘itlar  hisobiga  olinishi  ham  tajribalar 

asosida  isbotlangan.

Azotli o ‘g‘itlar beda hayotining birinchi  yilida,  hali  tuganak  bakte- 

riyalar faoliyati jadallashmagan  paytda  ijobiy t a ’sir  ko'rsatadi.  Ikkinchi


va  uchinchi  yillarda  beriladigan  azot  aksincha,beda  hosildorligiga 

salbiy  ta’sir  k o ‘rsatishi  mumkin.

O'zbekiston  Respublikasi  paxtachilik  instituti  (sobiq Butunittifoq 

paxtachilik  ilmiy  tadqiqot  instituti)ning  Markaziy  tajriba  bazasida 

tipik  bo'z  tu p ro q la r  sharoitida  alohida  oziq  elementlarining  beda 

hosildorligiga  t a ’siri  o'rganilgan  (98-jadval).



98-jadval

M in erai  o ‘g ‘it  m e’yorlarining  beda  pichani 

hosiliga ta ’siri

Tajriba varianti

B irin ch i  yil

Ikkinchi yil

U chinchi  yil

3 yil davomida

0 ' g ‘itsiz

5 5 , 6

138,3

121,1

3 1 5 ,1

A zot

5 4 , 5

135.7

127,8

3 1 8 , 0

A z o t - k a liy

5 5 , 4

1 3 9 ,0

131 ,0

3 2 5 , 4

A zo t-fo sfo r

6 5 , 3

148,9

141,7

3 5 5 , 8

A z o t - f o s f o r - k a liy

6 3 , 7

1 65,0

147,7

3 7 6 , 4

Fos for-k aliy

6 5 , 0

160,2

145,6

3 70,8

Bu  m a ’lumotlardan  tuproqqa fosfor va kaliy birgalikda kiritilganda, 

uch yil  davoinida o'g'itsiz variantga  nisbatan gektaridan  55,7 s qo'shim- 

cha  hosil  olinganligi  ko'rinib  turibdi.

Mazkur  tajriba  natijalaridan  tuproqqa  kiritiladigan  o'g'itlar  beda 

ildiz  tizim ining  rivojlanishiga  ijobiy  t a ’sir  ko'rsatislii,  bu  esa  o 'z  

navbatida  tuproqdagi  organik  moddalar  miqdorini  ortishiga  hamda 

fizikaviy  xususiyatlarining  yaxshilanishiga  olib  kelishi  aniqlangan.  Bu 

ma’lumotlar  99-jadvalda  o'z  ifodasini  topgan.

99-jadval

T uproqning  0 —40  sm  qatlamidagi  ildizlar  miqdoriga 

o'g'itlar  m e’yorining  ta ’siri,  s/g a   (Paxtachilik  instituti  m a'lum oti)

Yiffik  o ‘g ‘it

me’yori,  k g /g a

Ikki  yillik beda  (ildizlar)

U ch  yillik beda  (ildizlar)

fosfor

ka liy

yirik

mayda

ja mi

yirik

mayda

ja m i

100



6 9 , 9

15,3

86,2

89,1

2 6 ,0

115,1

100

5 0

7 3 ,4

15,6

88,0

9 1 ,8

2 9 , 4

1 2 1 ,2


100

100

88,1

2 5 , 2

1  13 ,3

9 3 , 7

4 1 , 0

1 3 4 , 7

100

200

9 2 , 6

2 5 , 2

1  17,8

123 ,5

2 9 , 9

1 5 3 , 4

100

300

73.5

20 ,9

9 4 , 4

9 2 , 9

2 9 , 0

1 2 1 , 9

M a’lum otlar  kaliyli o ‘g‘itlarning b ed a  hosildorligiga ijobiy t a ’sirini 

ko'rsatadi.  K aliyning  miqdori  g ektariga  200  kg  ga  yetk azilg an d a, 

um um iy ildiz sonining ortishi  yirik  ildizlar sonining  ko‘payishi  hisobiga 

sodir  bo'ladi.  Kaliyli  o ‘g‘itlar  beda  p ichan i  tarkibidagi  xom  p ro tein  

va  yog'sim on  m oddalar  miqdorini  hani  oshiradi.

Bedaga  qo'llaniladigan fosforli  o 'g 'itla rn in g  samaradorligi  birinch i 

navbatda tuproq  tarkibidagi  harakatchan  fosforning  miqdoriga b o g 'liq . 

T urkm anistonning eskidan sug'oriladigan  o 'tloqi  tuproqlarida o 'tk a z il- 

gan  dala  tajribalarining  natijalari  bir  kg  tuproqdagi  harakatchan  fos­

forning  m iqdori  5— 10  mg  bo'lganda,  h ar  bir  ga  maydonga  300  kg, 

50—60  mg  bo'lganda  esa  60— 120  kg  fosfor  (P 20 5)  kiritib,  500  s g ach a 

beda  pichani  olish  mumkinligini  ko 'rsatg an.  Shunga o ‘xshash  n atijalar 

Respublikamizda  va  Tojikistonning  qadim dan  sug‘oriladigan  b o ‘z  tu p ­

roqlarida  ham   olingan.  Beda  arpa,  suli,  makkajo'xori  bilan  aralashtirib 

ekilganda,  azotning yillik me’yori gektariga  150—200 kg gacha yetkazilib, 

uning  50%  i  ekish  oldidan,  qolgan  qismi  m akkajo'xori  poyasining  bo'yi

I  m gayetgunga qadarberiladi.  Beda hosilini oshirishda mikroo‘g‘itlarning 

ahamiyati  katta.  0 ‘tloqi  tuproqlarga  shudgor  ostiga  m ikroelem entlar 

qo'shilgan  donador  superfosfat  kiritilganda,  beda  pichani  hosildorligi 

18,4—36,4%  ga,  urug‘  hosili  esa  31,9—53,2%  ga  oshgan.

0 ‘zbekiston  Respublikasi  agrar sanoat  ishlab chiqarish qo‘m itasining 

1987-yildagi tavsiyasi bo‘yicha beda ekishga  m o'ljallangan  m aydonning 

har gektariga  ekishgacha  50—60  kg  azo t  (N ),  100  kg  fosfor  (P 20 5)  va 

50—60  kg  kaliy  (K 20 )   kiritish  tavsiya  qilingan.  Oziq  m oddalari  bilan 

past  d a ra jad a   t a ’m inlangan  tu p ro q la rd a   bu  m iq do r  25—30%   ga 

oshiriladi.  Ikkinchi  va  uchinchi  yillarning  erta  bahorida  100  kg  fosfor 

va  50  kg  kaliy  qo'llash  yaxshi  sam ara  beradi.

T o'plangan  m a’lumotlarni  um um lashtirib,  bedani o'g'itlash  yuzasi- 

dan  quyidagicha  tavsiya  berish  m um kin:

— 

yangidan  ekiladigan  bedaga  fosforli  va  kaliyli  o ‘g‘itlar  u ch   yilda 



bir m arta asosiy ishlov berish paytida,  tuproqlarning  harakatchan  fosfor 

va alm ashinuvchan  kaliy bilan  ta ’m inlanganligini  hisobga oigan  h o ld a, 

turli  m iqdorlarda  ishlatiladi.  H arak atch an   fosfor  bilan  past  d a ra jad a


t a ’m inlangan  m aydon larn ing   har  gektariga  250—300  kg,  o'rtacha 

ta'm inlangan  tuproqlarga  esa  100—150  kg  fosfor  kiritiladi.  Shudgor 

ostiga  kiritiladigan  kaliyning  miqdori  gektariga  50—60  kg  qilib  belgi- 

lanadi.  Agar  ekiladigan  beda  urug'iga  ekish  oldidan  nitragin  bilan 

ishlov  berilmagan  bo'lsa,  nihollar  unib  chiqqandan  keyin  gektariga 

30—40  kg  atrofida  am m iakli  selitra  qo'llash  yaxshi  samara  beradi;

— 

ekish  oldidan  o'g 'itlan m ag an   maydonlarga  keyingi  yillarning 



erta  bahori  yoki  kuzida  50—60  kg  fosfor  va  25—30  kg  kaliy  kiritiladi 

va  izidan  tirmalanadi.

Yuqoridagi  tadbirlar  amalga  oshirilganda,  uch  yil  ichida  har  ga 

m aydondan  350—500 s dan  oshirib beda pichanini  tayyorlash  mumkin.



T am ak ini  o ‘g ‘itlash

Markaziy Osiyo davlatlarida tamaki  ekiladigan  mavdonlar unchalik 

katta  emas.  O 'zbekistonda  10  ming  gektardan  ko'proq,  Tojikistonda 

esa  4  ming  gektarga  yaqin  m aydonga  tamaki  ekiladi.

0 ‘zbekistonning  tuproq-iqlim   sharoitlari  yuqori  sifatli,  xushbo'y 

tam aki  yetishtirish  im konini  beradi.  Sam arqand  viloyatining  Urgut 

lum ani  tamaki  yetishtirishga  ixtisoslashgan  bo ‘lib,  hozirgi  kunda  har 

ga  m aydondan  20  s  va  undan  liam  yuqori  hosil  olinm oqda,  holbuki 

bu  ko‘rsatkich  asrim izning  60-yillarida  7—10  s  ni  tashkil  qilar  edi. 

Hosildorlikning  bu  darajada  ko ’tarilishi  birinchi  navbatda o'g'itlardan 

to ‘g ‘ri  va  oqilona  loydalanish  bilan  bog'liqdir.

Tamakini  o ‘g‘itlash  bo'yieh a  tajribalarning  ko ‘pchiligi  Tojikiston 

Respublikasida  amalga  oshirilgan.  Zarafshon  vodiysining  bo‘z tuproq- 

larida  har  ga  m aydondan  20  s  tamaki  hosili  olish  uchun  90— 120  kg 

azot,  120— 150  kg  fosfor  va  120— 150  kg  kaliy  qo'llash  tavsiya  etiladi 

100-jadval).



100-jadval

0 ‘g ‘it 

m e ’y o r la r in in g  

tam aki  hos ild orlig iga  t a ’siri,

s / g a   ( T o j ik is t o n   d e h q o n c h ilik   instituti,  1990)

K o ‘rsatk ic hlar

Tajriba  varianti

o ‘g ‘its iz (q iy o s iy )

N -1 2 0

N - 1 2 0  

P   -1 2 0

N -1 2 0  

P   -1 2 0  

K -120


N -1 2 0  

P   -1 2 0  

K -1 2 0

H o s il


8 .7

13,4

17,4

20,2

2 1 , 7

Q o 's h i m c h a   h o sil





4,7

8,7

11,5

13,0

Tajriba  m a’lum otlarining k o ‘rsatishicha,  oziq  elementlari  a lo h id a - 

alohida  va  birgalikda  qoMlanilganda  tam aki  bargining  h o sild o rlig i 

sezilarli  darajada  farq  qiladi.

Tamaki  yetishtirishda  o'g'it  q o ‘Hash  m uddatlarini  to 'g 'ri  b elgilash 

juda  m uhini.  T adqiqotlarning  natijalari  tam akiga  azotli 

0

'g ‘itla rn i 



faqatgina  q o 'shim ch a  oziqlantirish  sifatida  qo'llash  lozimligini  k o 'r -  

satadi.  Azotli o 'g 'it  m e’yori qisman yoki  to'laligicha ekishgacha berilsa, 

tam aki  bargining  sifat  ko'rsatkichlari  keskin  pasayadi.

Tamaki yetishtirishda qo‘shim cha oziqlantirish va sug'orish  m u d d a t- 

lari  bir-biriga  m oslashtiriladi.  B irinchi  q o 'sh im ch a  o z iq la n tirish d a  

(ekilgandan  keyin  8— 10  kun  o'tg ach )  yillik  azot  m e’yorining  25%   i, 

ikkinchi q o'shim cha oziqlantirishda esa  (birinchi  qo'shim cha o z iq la n - 

tirishdan  keyin  15—20  kun  o 'tg ach ),  35%  i  va  uchinchi  q o 's h im c h a  

oziqlantirishda  (ikkinchi  qo'shim cha  oziqlantirishdan  keyin  15— 20 

kun  o ‘tgach)  40%  i  beriladi.



M e v a li  d araxtlar,  tok   va  tu tn i 

0

‘g ‘itlash

Hayotining davomiyligi, yer usti  va  ildiz tizim ining jadal  rivojlanishi 

bilan  mevali  daraxtlar  boshqa  qishloq  xo'jalik  ekinlaridan  farq  q ilad i. 

Danagidan va urug'idan  ko'payadigan  m evali  daraxtlar ildiz tiz im in in g  

rivojlanishi  b o ‘yicha  bir-biridan  ajralib  turadi.  Masalan,  oicha,  gilos, 

olxo'ri  kabi  danakli  mevali  daraxtlam ing  ildizi  urug‘li  mevali  d arax t- 

larnikiga  nisbatan  kuchsiz  rivojlanadi.  N okning  ildizi  boshqa  m evali 

daraxtlaming ildiziga nisbatan tuproqning chuqur qatlamlariga kirib boradi.

Mevali  daraxtlam ing  ildiz  tizim ining  tarqalish  diametri  ular  tan asi 

diam etridan  3—4  m arta katta.  Ko‘p  hollarda  ildizning tarqalish d ia m e t- 

rini  aniqlashda  daraxt  yoshini  2  ga  boMish  usulidan  foydalaniladi. 

O datda,  d araxtlam ing  tik  ildizlari  tu p ro q   profili  bo'ylab  10  m  va 

undan  ham  chuqur  ketadi.

Mevali daraxtlam ing rivojlanishiga tuproqdagi  oson eriydigan  tu zlar, 

birinchi  navbatda  N a  ning  konsentratsiyasi  kuchli  ta’sir  ko‘rsatad i. 

Gilos,  olcha,  shaftoli,  o ‘rik,  olxo‘ri  va  boshqalar  m o‘tadil,  o lm a , 

nok,  sm orodina  kabilar  kuchsiz  nordon  m uhitni  talab  qilsa,  m a lin a  

o ‘rtacha  nordon  m uhitda  ham  yaxshi  hosil  beradi.

Mevali  daraxtlar  hayotining  turli  davrlarida  turli  m iqdorda  o z iq  

m oddalarni  o'zlashtiradi.  Yangi  hosilga  kirgan  paytda  daraxt  tu rig a  

qarab  tuproqdan  6—44  kg  azot,  2—7  kg  fosfor  va  6—35  kg  kaliy 

o ‘zlashtirilsa,  ulg'ayib borgani  sari  bu m iq d o r ortib boradi  ( 101-jadval).


Hosilga  kirgan  mevali  d araxtlar tomonidan  yil  davomida 

o ‘zlashtiriladigan oziq  moddalar miqdori,




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling