1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Ma`ruza RAMAN SPEKTROSKOPIYA USULI  Yorug’likning kombinasion sochilishi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

5 Ma`ruza RAMAN SPEKTROSKOPIYA USULI 
Yorug’likning kombinasion sochilishi 
Yorug’likning kombinasion sochilish hodisasi 1928 yilda deyarli bir vaqtda hind 
olimlari V.Raman va K.Krishnan hamda rus olimlari L.I.Mandelshtam va 
G.S.Landsberglar tomonidan ochilgan. Shuning uchun ham dunyo adabiyotida (rus 
adabiyotidan tashqari) bu hodisaga asoslangan spektroskopiya usuliga Raman 
spektroskopiyasi deyiladi. 
Yorug’likning kombinasion sochilishiga asoslangan spektroskopiya 
molekulaning tebranma va aylanma sathlari orasidagi o’tishlarni o’rganish bilan ish 
ko’radi va bu jihatdan u IQ spektroskopiyani eslatadi. Raman spektroskopiyasi 
yordamida olingan ma’lumotlar IQ spektroskopiyasi yordamida olingan 
ma’lumotlarni to’ldirib tadqiqotchiga molekulaning tuzilishi to’g’risida ko’proq 
ma’lumot beradi. 
Raman spektroskopiyasida namuna monoxromatik yorug’lik nurlarining dastasi 
bilan yoritiladi va undan sochilgan yorug’likning intensivligi tushayotgan yorug’lik 
yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda o’lchaniladi (5.3 - rasm). 
1
2
5
4
3
5.3 - rasm. Kombinasion sochilish bo’yicha o’tkaziladigan tajribaning sxemasi. 
1 - monoxromatik nurlar manbai (lazer); 2, 4 - to’plovchi linzalar; 3 - namuna; 5 -
spektrometr. 
Bu usulda molekulani qo’zg’atish uchun yorug’likning monoxromatik 
manbalaridan foydalaniladi. Namuna joylashtiriladigan kyuvetaning tuzilishi turli xil 
bo’lishi mumkin (hatto kapilyar ham) u, faqat bitta shartni qanoatlantirishi kerak 
ya’ni, tushayotgan nurning yo’nalishiga nisbatan to’g’ri burchak yo’nalishida 
o’lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak. Bu spektroskopik usulda qiyinchilik 
tug’diruvchi ikkita sabab (faktor) bor; birinchisi, agar namuna tushayotgan 
yorug’likni yutsa, temperaturasini ko’tarilishi natijasida alohida qismlarga ajralishi 
yoki buzilishi mumkin, ikkinchisi, yorug’likning ta’sirida fluoressensiyalanishi 
(namunani yoritish tugashi bilan uning nurlanishi ham tugaydigan 
lyuminessensiyaning turiga fluoressensiya deyiladi) mumkin. Qo’zg’atuvchi gaz 
lazerlarining to’lqin uzunligini va intensivligini tanlash bilan bu qiyinchiliklarni 
yo’qotish yoki minimumgacha kamaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda quyidagi gaz 
lazerlarining monoxromatik nurlari moddalarning kombinasion spektrini olish uchun 
ishlatiladi; geliy-neon lazeri 
8
,
632


nm, argon lazeri 488,0 va 514,5 nm, kripton 
lazeri 530,9 va 647,1 nm. 
Releycha sochilish deb ataladigan sochilishda chastotasi 
0

va energiyasi 
0

h
bo’lgan yorug’lik molekulaga tushganda unga urilib chastotasini o’zgartirmasdan 
sochiladi. Bunday sochilishga elastik sochilish deyiladi. Elastik bo’lmagan 


47
to’qnashishda molekula o’zining tebranish energiyasini tushayotgan fotonga beradi 
yoki undan oladi va shuning uchun ham sochilgan yorug’likning chastotasi yo 
ko’payadi yo kamayadi hamda unga mos ravishda sochilgan yorug’likning spektrida 
tushayotgan monoxromatik yorug’likka tegishli spektr chizig’ining ikkala tomonida 
simmetrik joylashgan yo’ldosh chiziqlar hosil bo’ladi. Bu hodisaning quyidagi 
qonuniyatlari tajribada topilgan: 
1. Yo’ldosh chiziqlar tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida bo’ladi. 
2. Qo’zg’atuvchi (tushayotgan) yorug’lik spektr chizig’ining 
0

chastotasi bilan 
yo’ldosh chiziqlar chastotalari 
...
,
,
,
111
11
1



orasidagi farq 


sochuvchi 
modda uchun xarakterli bo’lib uning molekulalarini xususiy tebranish 
chastotalariga (
i

) teng. 
i
1
1
0
1








i
2
11
0
2








i
3
111
0
3









Misol sifatida quyidagi jadvalni keltirish mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling