1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Monoxromator
1. Yorug’lik manbai. Infraqizil nurlarning manbai sifatida elektr toki
yordamida qip-qizil yoki oppoq bo’lib cho’g’langan sterjen ishlatiladi; Odatda quyidagi manbalardan biri ishlatiladi. Nernst shtifti yoki «globar». Nernst shtifti noyob yer metallarining oksidlaridan tayyorlangan uzunligi 25 mm ga yaqin, diametri 2,5 mm bo’lgan o’qdir (sterjen), globar esa korborunddan tayyorlangan bo’lib Nernst shtiftiga qaraganda bir muncha uzunroq va qalindir. 2. Monoxromator va yorug’likning optik yo’li. Yorug’lik dastasi yuzasi kumushlangan ko’zgular orqali yo’naltiriladi va fokuslanadi. Oddiy shishadan tayyorlangan ko’zgular va linzalarni IQ sohada qo’llab bo’lmaydi chunki, ular bu chastotalardagi elektromagnit nurlarni ko’p qismini yutadi. Spektri olinayotgan namunani joylashtirish uchun ishlatiladigan idishning ya’ni kyuvetaning derazalari va detektorni asrash uchun ishlatiladigan oyna ba’zi mineral tuzlarning monokristallaridan tayyorlanadi. IQ nurlarni yaxshi (yutmasdan) o’tkazadigan NaCl va KBr kristallaridan derazalar tayyorlanib ularning sirti tushayotgan yorug’likni kam sochish uchun tekis qilib silliqlanadi. Xuddi shu sabablarga ko’ra ba’zi asboblarda qo’llaniladigan va murakkab yorug’likni spektrga ajratib beradigan prizmalar ham NaCl va KBr tuzlaridan tayyorlanadi. Zamonaviy asboblarda spektrga ajratish uchun difraksion panjaralardan foydalaniladi. Bunday asboblarning ajratib ko’rsata olish qobiliyati prizmali asboblarnikiga qaraganda katta bo’ladi. 3. Detektor (yorug’likni o’lchash uchun qabul qiluvchi qism). Asosan ikki xil detektor ishlatiladi. Birining ishlashi yorug’likning issiqlik ta’siriga sezgirligiga, ikkinchisiniki esa fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Har ikkala holda ham ma’lum bir chastotada o’tayotgan yorug’lik ta’sirining ko’payishi (temperaturaning ko’tarilishi yoki o’tkazuvchanlikning oshishi) namunaning shu chastotadagi yorug’likni o’tkazishi ko’payganligidan dalolat beradi (bu vaqtda tushgan yorug’likni namuna tomonidan yutish kamayadi). Issiqlik ta’siri asosida ishlaydigan detektorga Goley elementi misol bo’ladi. Bu detektor havo to’ldirilgan uncha katta bo’lmagan yacheykadan iboratdir. Unga yorug’lik ta’sir etganda temperaturasi o’zgaradi va buning oqibatida havoning bosimi o’zgaradi hamda bu o’zgarish to’g’ridan-to’g’ri “o’tkazuvchanlik” sifatida yozib olinishi mumkin. Sezgir termoparalar va bolometrlar ham issiqlik detektorlariga misol bo’la oladi. 4. Namuna. Yuqorida aytilgan sabablarga ko’ra namuna ikkala derazasi (yorug’lik tushadigan va chiqadigan) mineral tuzning kristalidan silliqlanib tayyorlangan idishga joylashtiriladi. Toza suyuqlik qatlamning qalinligi 0,01 mm bo’lgan kyuvetalarda, eritmalar konsentrasiyasining ko’p ozligiga qarab qalinligi 0,1 - 10 mm bo’lgan kyuvetalarda o’lchaniladi. Bosimi 1 atm. gacha bo’lgan gazlar uzunligi 5 va 10 sm bo’lgan kyuvetalarda o’lchaniladi. Bosimi 100 mm simob ustunidan kam bo’lgan gazlarni o’lchash uchun yorug’likni kyuveta ichidagi optik yo’lini uzaytirish kerak. Bu, gaz qatlamidan yorug’likni ko’p marta qaytarib o’tkazish imkonini beradigan maxsus kyuvetalardan foydalanib amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling