1 bo`G`inning ko`chirilishi reja: kirish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
bog`in.pdf kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intonatsiyaning til va nutqdagi roli
31
qo‘llanadigan urg‘u. U ikki turga bo‘linadi: logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg‘u. 1. Logik urg‘u — tinglovchining e’tiborini gap bo‘laklaridan biriga alohida jalb etish, shu bo‘lak orqali ifodalangan ma’noni maxsus tä’kidlash uchun qo'llanadigan urg'u. Gapning logik urg‘u olgan bo‘lagi odatda boshqa bo'laklardan kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 1) Men universitetda o‘qiyman (boshqa birov emas, men...). 2) Men universitetda o‘qiyman (litseyda emas, universitetda...). 3) Men universitetda o‘qiyman (ishlamayman, o'qiyman...) kabi. Logik urg‘u obyekti boigan bo'lakning leksik urg‘uli bo‘g‘ini boshqa bo‘g‘inlardan kuchliroq, undagi unli esa ancha cho‘ziq talaffuz etiladi. 2. Emfatik urg‘u (emotsional urg‘u). Urg‘uning bu turi ham biror gap bo'lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg‘uda bo‘lakning (so‘zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg‘uda shu ma’no bilan birga so'zlovchining his-hayajoni, voqelikka boigan subyektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gapdagi so‘zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: «Eh, qanday go ‘zfll manzara! Tabiat shu daraja go‘zalki, ko‘rib bahri diling ochiladi!» Bu gapda qanday va go‘zalso'zlariga, aniqrogi, shu so‘zlardagi «qan-» va «- zal» bo‘g‘inlariga emfatik urg‘u tushgan: shu bo‘g‘inlardagi unli tovush ancha cho‘ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan. 32 Intonatsiya turlari — intonatsiyaning yuqorida sanab ko‘rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko‘rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo‘ladi. 2. Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so‘z yoki so‘z birikmasining gap emasligini bildiradigan intonatsiya. Masalan: A ’lochi talaba (aniqlovchi- aniqlanmish qolipidagi birikma. Bunda intonatsion tugallik yo‘q). Talaba — a 'lochi: ega+kesim = gap. (Bunda gapga xos intonatsion tugallik bor). 3. Darak intonatsiyasi — tinch ohang. 4. So‘roq intonatsiyasi — ko‘tariluvchi ohang. 5. Undov intonatsiyasi — fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo‘llana- digan ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo‘llanadi. 6. Chaqiruvyoki undash intonatsiyasi — undalinalarga, vokativ gaplarga, buyruq gaplarga xos intonatsiya. 7. Sanash intonatsiyasi — teng grammatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni — uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi fonetik vosita. 8. Intonatsiyaning til va nutqdagi roli Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling