33
So‘z bo‘g’inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim
so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi
urg‘u deyiladi.
Urg‘u yozuvda (‘) belgisi bilan ifodalanadi: bola, paxta, yumshoq. So‘zning
urg‘u tushgan bo‘g’ini
urg‘uli bo‘g’in, qolganlari
urg‘usiz
bo‘g’in deyiladi.Urg‘u ikki xil bo‘ladi:
So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi ayrim
unli tovushning kuchliroq aytilishidir: qalam – qalamdon – qalamdonda.
O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g’iniga tushadi.
So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shila borishi bilan urg‘u ham ko‘cha boradi: g‘alla,
g‘allakor, g‘allakorlar, g‘allakorlarga.
O‘zbek tilida so‘z urg‘usi birinchi va o‘rta bo‘g’inlarga tushadigan so‘zlar
ham bor: hamma, kimdir, albatta, afsuski, hatto kabi.
Urg‘usi turli bo‘g’inga tushadigan ko‘p so‘zlar tilimizga kirib, o‘zlashmoqda:
ruchka,
gazeta,
matematika,
respublika
va
boshqalar
Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar.
O`zbek tilida urg`u, yuqorida aytilganidek, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi.
Ammo tilimizda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ham uchraydi.
Ayrim qo`shimchalar borki, urg`u
qabul qilmagani bois, urg`u
oldingi
bo`g`inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog`liq quyidagi holatlarni qayd
etish mumkin:
Aslida o`zlashma bo`lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o`zlashib ketgan
quyidagi so`zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir,
barcha….
Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim….
Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe`llari, ayrim sonlarda: gapir, o`tir,
o`yna, yuring, olti, sakson…
Qo`shma sonlarda: o`n bir, yigirma uch…
Takroriy so`zlarda: katta-katta, issiq-issiq…
Do'stlaringiz bilan baham: