1. Педагогиканинг ривожланишини акс эттирувчи асосий
Download 170.72 Kb.
|
2mustaqil ish
1) didaktika qoidalarini barcha mamlakatlarda, xususan AQSHDA keng tarzda ommalashmagani;
2) uning qoidalari o`ta konstruktiv xarakterga ega bo`lmay, zamon talabidan orqada qolib ketganligi; 3) asrimizning 60-yillarida ta`lim tizimiga texnikani-o`rgatuvchi mashinalarni kirib kelganligidir . Tegishli adabiyotlarni tahlil qilish «pedagogik texnologiya» tushunchasi o`zining rivojlanish tarixiga ega ekanligini ko`rsatdi. Xorijiy mutaxassislar bu tushunchaning rivojlanishini uch bosqichga bo`lib o`rganish lozim deb hisoblaydilar. Birinchi bosqichda, o`qitish jarayonini faqat o`qituvchining o`zi olib borar edi. N.F.Talizina ta`kidlaganidek, «Inson tajribasi o`qitish texnologiyasi funksiyasini bajargan» . Ikkinchi bosqichda esa, darslik va qo`llanmalar chop etila boshlagandan so`ng - o`qitish texnologiyasi mazmunida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi. O`qituvchiga yordam beruvchi turli didaktik materiallar vujudga kela boshladi. Uchinchi bosqichda esa, o`qitish texnologiyasi mazmun jihatdan yanada boyidi; o`qituvchi va talabalar uchun yuqoridagilar qatoriga texnik vositalar, ya`ni o`rgatuvchi mashinalar ham qo`shildi. O`rgatuvchi mashinalarni o`quv jarayonida qo`llanishi natijasida dasturlangan ta`lim tushunchasi vujudga keldi. U pedagogik texnologiyaning dastlabki o`xshatmasi edi. Lekin, dasturlangan o`qitish tarafdorlarining «o`qitishini og`zaki bayon qilish uslubidan voz kechish vaqti keldi, mashina o`qituvchi shaxsini bemalol almashtirishi mumkin», deb ehtiyotsizlik bilan aytgan fikrlari amaliyotchi pedagoglarni o`ta hayratga soldi, nazariyotchi pedagoglar esa uni qat`iy e`tiroz bilan qabul qildilar. Bu o`rinda, dasturlangan ta`lim haqida amerikalik pedagog U. Shrammning quyidagi fikrini misol tariqasida keltirish mumkin: - Dasturlangan o`qitish - bu avtomatik repetitor bo`lib, u talabani: mantiqiy o`zaro bog`liq, qisqa qadamlar orqali; deyarli xato qildirmasdan; to`g`ri javob berishga yo`llaydi va u; o`z o`rnida baholanib mustahkamlanishi natijasida; o`qitish maqsadlarini belgilovchi aniq javoblarga ketma-ket ravishda yaqinlashtirib boradi. Demak, bundan ta`lim jarayonida o`qituvchi shaxsini batamom inkor etiladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham, dasturlangan ta`lim o`sha davrda o`qitishni aniq maqsadlarini belgilashning zamonaviy shakli bo`lishiga qaramay, fanda va pedagogik amaliyotda o`z rivojini topmadi. Lekin, o`sha yillar jahon pedagogikasida texnik vositalarni rivojlantirish va ularning xonadagi barcha talabalarni qamrab olishi, axborot sig`imi va axborot o`tkazish qobiliyatlarini oshirish, o`quv axboroti uzatish kanalini individuallashtirish kabi ta`lim berish imkoniyatlaridan unumli foydalanishni takomillashtirishga oid muammolarga alohida e`tibor berila boshlandi. Ko`pchilik mutaxassis olimlar o`quv jarayonida keng qo`llanilayotgan odatdagi ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio) o`rniga EHM, axborot saqlashning kompyuterlash-tirilgan tizimi, lazerli aloqa kanali, mikroelektron qurilmalar va boshqa yangi axborot vositalaridan foydalanishga o`tish zarurligini ta`kidladilar.
O`tgan asrning 50-yillar o`rtasida jaxon pedagogikasida o`quv jarayonini to`la-to`kis yangi, o`ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa, o`qitish uslublarining o`ta turli-tumanligi ulardan o`quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi etirof etila boshlandi. Shuning uchun ham, barcha uslublar uchun umumiy bo`lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug`ildi. Natijada, pedagogik uslublar texnologiyasi yoki o`quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya`ni «ta`lim texnologiyasi» (an Yedikational technologu) tushunchasi vujudga keldi. AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va o`quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o`xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta`lim bo`yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda]. Rossiya Federasiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta`sis etildi. Shuni ta`kidlash lozimki, «pedagogik texnologiya»ni «o`qitish texnologiya» tushunchasi bilan ayniylashtirmaslik zarur. Chunki, pedagogik texnologiyada o`quv jarayonining aniqlashtirilgan o`quv maqsadlarini belgilashdan boshlab, to yakuniy o`quv natijalarga erishilganlikni nazorat qilishgacha bo`lgan jarayonni loyihalanadi. E. Frenye «uslub» tushunchasi konstruktiv xarakterga ega bo`lmaganligi uchun, uning o`rniga «texnologiya» tushunchasini taklif etgan. Demak, o`qitish texnologiyalari (muammoli o`qitish, rivojlantiruvchi ta`lim, modulli o`qitish, didaktik o`yinlardan foydalanish va h.k.) pedagogik texnologiya bo`yicha loyihalangan o`quv jarayonini amalga oshirishning turli didaktik konstruksiyalari sifatida namoyon bo`ladi. Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, o`qitishning an`anaviy og`zaki bayon qilish usulidan voz kechib, talabalarni ko`proq mustaqil ta`lim olishga undashdan iborat. Bunda o`qituvchi talabalar bilish faoliyatining boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy natijaga yo`llovchi shaxs vazifasini bajaradi. Pedagogik texnologiyaning samaradorligi shundan iboratki, unda turli o`qituvchilar muayyan fan (mutaxassislik bo`yicha) bir xil (deyarli bir xil) yakuniy natijaga erishish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bu esa barcha o`quv yurtlariga yagona Davlat ta`lim standarti talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz, O`zbekistonlik pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir. Barcha o`qituvchilar qanday qilib deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkinligini, ya`ni o`quv jarayonini takrorlanuvchanligini ta`minlashni tushunish uchun muloqotni davom ettiramiz. Download 170.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling