104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


FIR`AVN TUTMOS III TASHQI SIYOSATI


Download 188.27 Kb.
bet27/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

26. FIR`AVN TUTMOS III TASHQI SIYOSATI. Tutmos III (mil.avv. 1490– 1438-yillar) ning qo‘liga o‘tdi. Tutmos III Xatshepsut to‘g‘risidagi har qanday eslatishni yo‘q qilishga harakat qildi, malikaning devoriy relyef tasvirlari, haykallarini yo‘q qildi. Hatto Xatshepsut nomini ham barcha yozuvlardan o‘chirib tashladi. Xatshepsutning tarafdorlarini davlat lavozimlaridan chetlashtirdi, qolganlar Tutmosga o‘z sodiqliklarini e’tirof etdilar. Tutmos oliy davlat lavozimlariga harbiylarni tayinladi, boshqaruvda qo‘shin va xizmatdagi yangi zodagonlarga tayandi. Misrning tashqi siyosatida faol istilochilik davri boshlandi. Misr Falastin va Finikiyada o‘z ta’sirini qayta tiklashga bel bog‘ladi. Bu davrda xurrit xalqlari butun Falastinni egalladilar. Bu yerdagi shahar-davlatlar Misrning kuchayib borayotgan tazyiqiga qarshi birlasha boshladilar. Falastin va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i Misr iqtisodi uchun muhim strategik hududlar bo‘lgani sababli Tutmos III bu hududlarni bosib olish uchun uzoq harbiy tayyorgarlik ko‘rdi. Suriya va Falastin shahar-davlatlari Misrga qarshi harbiy ittifoq tuzdilar. U mil.avv. 1482-yilda Falastinga ko‘p sonli qo‘shin tortdi. Megiddo shahri yonida Suriya va Falastinning shahar-davlatlarining Kadesh shahri boshchiligidagi birlashgan qo‘shinlari Tutmos III qo‘shinlari bilan uchrashdi. Qonli jang misrliklar g‘alabasi bilan tugadi. Natijada Misr Suriya va Falastinning katta qismini egallab oldi. Mitanni o‘z qo‘shinlarini Frot ortidan chaqirib oldi va Misrga Suriya, Finikiya va Falastin hududlari yon berishga majbur bo‘ldi. Tutmos III o‘n besh marta harbiy yurish qilib, Frot daryosigacha bo‘lgan hududlarni bosib oldi. Frot daryosi yelkasidagi Karxemish shahri Misrning shimoliy chegarasi bo‘ldi. Janubda Misr Nilning to‘rtinchi ostona larigacha bo‘lgan yerlarni o‘z tasarrufiga oldi. Misrning shimolidan janubigacha chegarasi 3200 km ni tashkil qildi. Fir’avnlar kuchli iqtisodiyotga tayanib, tashqi siyosatda jiddiy yutuqlarga erishdilar. Istilochilik urushlari natijasida Misr XV asrda Old Osiyodagi eng qudratli davlatga aylandi. Old Osiyoning Mitanni, Xett va Bobil kabi kuchli davlatlari Misrning kuch-qudrati bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Ular Misr bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga harakat qildilar. Bu to‘grisida o‘sha davrdagi ko‘pgina yozma manbalar ma’lumot beradi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling