12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Download 0.52 Mb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

Birinchi guruhga: bankka jalb qilingan bank va boshqa mijozlar mablag‘lari bo‘yicha foiz to‘lovlari, zayomlar va depozitlar, shuningdek, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar majburiyatlari bo‘yicha foizlar kiradi.

Mavjud tasniflash tartibiga binoan ikkinchi guruh xarajatlariga quyidagilar kiradi:




  • ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun qilingan sarflar


  • chet el valuta operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;


  • qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;


  • kassa, hisob raqamlari operatsiyalari, olingan grantlar bilan bog‘liq xarajatlar;


  • boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnikaga ko‘rsatilgan qarov, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash, ularni pochta-telegraf orqali jo‘natish, amortizatsiya, bino-inshootlar, transport vositalarni saqlash bo‘yicha xarajatlar;


  • ijara to‘lovlari, nodir metallar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar, valuta, faktoring, lizing operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar;


  • jarima, penya va to‘langan qarzlar.


Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Ssuda foizining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar va mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha sarflar ta’siri ostida shakllanadi. Bular esa, o‘z navbatida, kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mablag‘ uchun to‘lov salmog‘ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko‘taradi va aksincha.



[282]. Foiz me’yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan quyidagilarni inobatga olish nazarda tutiladi:


  • Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko‘rsatkich, odatda, ta’minlangan ssudalar bo‘yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun o‘rnatiladi.


  • Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘.




Tayanch foiz stavkasi taxmin qilinayotgan ssuda kapitali tannarxi va bo‘lajak davrda mo‘ljal qilingan rentabellik darajasiga asoslanib aniqlanadi:


Bu yerda:



– tayanch foiz stavkasi;

– rejalashtirilayotgan davrda kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi;

– bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlarning (Rx) maqsadli joylashtirilishi kutilayotgan mablag‘lar hajmi (Kmh) ga bo‘lgan nisbati;

– bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilayotgan foydalilik (rentabellik) darajasi.

Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi ( ) quyidagicha hisoblanadi:





Bu yerda:



– bankka jalb qilinadigan har bir resursning real bahosi;

– har bir resursning salmog‘i;

– bankka jalb qilingan jami (to‘lovli va to‘lovsiz) resurslar.

O‘z navbatida, har bir resursning o‘rtacha real bahosi ( ) mazkur resurslarning bozordagi nominal bahosi va Markaziy bankka majburiy zaxira qilinadigan deponent me’yoriga o‘zgartirish kiritish asosida aniqlanadi:



Bu yerda:

D– bank tomonidan zudlik bilan jalb etiladigan depozitlarning o‘rtacha real bahosi;

Zm – depozit foizining o‘rtacha bozor darajasi.

Xuddi shu tartibda boshqa turdagi jalb qilinadigan resurslarning real bahosi aniqlanadi.

Risk uchun qo‘shimcha quyidagi mezonlarga bog‘liq holda tabaqalashadi:




  • mijozning kreditga layoqatliligi;


  • ssuda bo‘yicha ta’minotning mavjudligi va xarakteri;


  • berilayotgan kredit muddati;


  • bank bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning mustah-kamligi;


  • foiz to‘lovlari usullari;


  • kreditlash muddatlariga rioya qilish.





Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling