12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Foiz riski, ularni baholash va boshqarish usullari


Download 0.52 Mb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

9.2. Foiz riski, ularni baholash va boshqarish usullari


[283]. Foiz riski – foiz stavkalarining o‘zgarishi ta’sirida bankning moliyaviy zarar ko‘rish ehtimolidir. Bu risk tijorat banklarida uning sof daromadining kamayishidan tortib to bank kapitali qiymatining yo‘qotilishigacha namoyon bo‘lishi mumkin. Natijada jalb qilingan mablag‘larning o‘rtacha qiymati joylashtirilgan mablag‘larning o‘rtacha qiymatidan oshib ketadi.

Bazel Qo‘mitasi foiz riskining yuzaga kelishida quyidagi sabablarini qayd qiladi:






  • Bahoning o‘zgarish riski. Bu omil tijorat – foiz riskiga bog‘liqligi, shuningdek, bank aktiv va passivida to‘lovlarning o‘z muddatida bajarilmaslik hamda foiz stavkasini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish holatlarida kelib chiqadi.


  • Daromad chizig‘ining o‘zgarish riski. Vaqt bo‘yicha aktiv va passivlardagi foiz stavkalari o‘zgarishining mos kelmasligi grafikdagi daromad chizig‘ining salbiy tomonga og‘ishiga olib keladi.


  • Opsionlar bilan bog‘liq risklar. Opsion bitimlar o‘z egasiga obligatsiya, veksel va boshqa turdagi foizli qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish yoki kelishuv shartlarini o‘zgartish huquqini beradi. Bunday bitim asosida mijoz kreditlarini muddatdan oldin qaytarishi, shuningdek, depozitlarini muddatdan oldin qaytarib olishi mumkin. Bu qadar erkinlik bank aktiv va passividagi muddat doirasidagi nomutanosiblikka olib keladi. Natijada bank bundan yaxshigina foiz riskiga duch keladi.


[284]. Marja – bank aktivi keltirgan daromad foizi bilan bank majburiyatlari bo‘yicha xarajat foizi o‘rtasidagi tafovutdir. Bank marjasini ikki qismga ajratish mumkin:




  • Foizli marja (Flm) – bu daromad keltiruvchi aktivlar (qimmatbaho qog‘ozlar, kreditlar, boshqa investitsiya loyihalari) dan keladigan foiz daromadlari (Fd) bilan bank tomonidan jalb qilingan resurslar bo‘yicha foiz majburiyatlari (Fm), ya’ni xarajatlari o‘rtasidagi farq:




Foizli marja tijorat banklari tomonidan foyda darajasini rejalashtirish jarayonida asosiy strategik ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu yerda daromad keltiruvchi aktivlardan olinadigan foiz daromadlari majburiyatlar bo‘yicha foiz xarajatlaridan katta bo‘lishi, ya’ni:





foyda miqdorini orttiradi. Foizli marjaning nisbiy ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:




Bu yerda:

M– foizli marja;

SD – foiz evaziga erishilgan sof daromad;

Ad – daromad keltiruvchi bank aktivi summasi.

Amaliyotda foizli marjani hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:




Bu yerda:

X – foizlarni to‘lash uchun sarflangan xarajatlar.

Foizli marjani tahlil qilish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:




  • foizli marjaning haqiqiy darajasi bilan oldingi davrdagi darajasini qiyoslash. Bunday tahlil foizli marjaning dinamikasini kuzatish imkoniyatini beradi;


  • foizli marja darajasini standart daraja yoki o‘xshash banklardagi marja darajasi bilan qiyoslash;


  • foizli marjaning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar (kompo-nentlar) salmog‘ini tahlil qilish;


  • foizli marjaning o‘zgarishini boshqarishni talab qiluvchi qarorlar qabul qilish uchun marja foizining o‘zgarish chegaralarini aniqlash.


Foizli marjaning o‘zgarishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi:




  • kredit qo‘yilmalarining hajmi, tarkibi va manbalari;


  • to‘lov muddatlari;


  • foiz stavkalarini qo‘llash xarakteri va ularning dinamikasi.





  • Download 0.52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling