12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Download 0.52 Mb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

Umumiy omillarga quyidagilar kiradi:


  • zayomlarga bo‘lgan talab va taklif nisbati;


  • Markaziy bankning muvofiqlashtiruvchi siyosati;


  • qadrsizlanayotgan pulning ta’minot darajasi.




Xususiy omillar tabiati tijorat banklarining faoliyat ko‘rsatish sharoitlari, shuningdek, mijozlar bilan tuziladigan bitimlarning xususiyati bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, bu omillar ssuda foizining ayrim turlari bo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin.

Masalan, depozit foizi darajasi yuqoridagi omillardan tashqari quyidagi omillar ta’sirida bo‘ladi:




  • bankning aktiv operatsiyalari bo‘yicha foiz darajasi;


  • jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi;


  • bankning ishonchliligi.


Banklararo pul bozorida foiz darajasi, boshqa sharoitlarni hisobga olmaganda, odatda, depozit foizi me’yoridan oshadi. Chunki ssuda berilayotganda kredit muassasasining xarajatlari va manfaati hisobga olinadi.



Bank aktivlari bo‘yicha foiz darajasiga quyidagi xususiy omillar ta’sir qiladi:


  • ssuda summasi va uni to‘lash (qaytarish) muddati;


  • ssuda summasining ta’minlanganlik darajasi;


  • bank ssuda kapitalining tannarxi;


  • mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatining mustahkamligi.


Bank ssuda kapitalining tannarxi jami qilingan xarajatlar summasini maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar (ishlayotgan aktivlar) summasiga bo‘lish yordamida aniqlanadi:





Bu yerda:



– bank ssuda kapitalining tannarxi;

– bank xarajatlari. Bu xarajatlar barcha ssuda kapitaliga ta’luqli bo‘lmay faqat maqsadli joylashtirilgan qismiga qilingan xarajatlardir. Maqsadli joylashtirilmagan ssuda kapitali qismi xarajat sifatida qayd qilinadi.

– ishlayotgan aktivlar.

Bank xarajatlari quyidagi ikki turdagi xarajatlardan tashkil topadi:




  • bank resurslarini shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;


  • bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar.





Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling