12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari


Download 0.52 Mb.
bet6/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

9.3. Foiz stavkalari va ularni hisoblash usullari


[288]. Kreditning asosiy sharti – olingan qarz uchun haq to‘lash. Bu haq olingan qarz yig‘indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, kreditning foiz stavkasi berilayotgan kreditga nisbatan foizda belgilanib, kreditning narxini ifoda etadi. Kredit narxi, odatda, bir yil uchun belgilanadi. Foiz stavkasining o‘sishi kreditning qimmatlashuvini, pasayishi esa uning arzonlashganini ifodalaydi. «Arzon pullar siyosati» yoki «Qimmat pullar siyosati» kabi iboralarning iste’molga kirib kelishi ham kreditning qimmatlashuvi yoki arzonlashishidan kelib chiqqan.

Kredit foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorda foiz stavkasining o‘zgarishiga qarab foiz stavkasi ikki turga bo‘linadi:




  • qat’iy belgilangan foiz stavkasi;


  • suzib yuruvchi foiz stavkasi.




Qat’iy belgilangan foiz stavkasi – zayom mablag‘idan foydalaniladigan barcha davr uchun o‘zgarmaydigan bir xil darajada o‘rnatilgan stavkadir. Bu stavkalar kredit shartnomasi bajarilgunga qadar o‘zgarmasdan qoladi.1 Bu tijorat banki uchun noqulay stavkadir. Bunda bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan, bank 30% stavkada bir yillik kredit berdi, deylik. Uch oydan keyin ssuda kapitali bozorida bir yillik kreditlarning foiz stavkasi 35%ga ko‘tarilsa, bu zarardir.

Suzib yuruvchi foiz stavkasi – bu o‘rta va uzoq muddatli kreditlarga o‘rnatiladigan stavka bo‘lib, uning darajasi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog‘liq ravishda tebranib turadi.

Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki asosiy ajralmas qismdan tashkil topadi. Birinchi qismi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Uning vazifasini odatda taklifdagi kredit resurslarining banklararo stavkalari, ya’ni Londonda – LIBOR, Parijda – PIBOR, Singapurda – SIBOR, Quvaytda – KIBOR, Lyuksemburgda – LYuKSIBOR va hokazolar qo‘llaniladi.



[289]. LIBOR – Londondagi jahon ssuda kapitali bozorida etakchi erkin almashadigan valutalar, ya’ni AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi kabi valutalardagi depozitlarga to‘lanadigan o‘rtacha foiz stavkasidir. U har kuni London vaqti bilan soat 1200da butun dunyoga «Faynenshil tayms» London gazetasi orqali e’lon qilinadi.

LIBOR eng yirik London banklari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi bo‘lib, unga asoslanib London banklari yevrovaluta bozorida birinchi toifali banklarga ssuda taqdim etadi. Amaliyotda LIBOR valuta turlari va muddatlari bo‘yicha (1, 3, 6 va 12 oyga) tabaqalanadi. LIBORning rasmiy holda qayd etilishi mavjud emas. Yevro-valuta bozorida operatsiyalar olib boradigan har bir yirik London banklari pul bozorida vujudga kelgan konyunkturaga ko‘ra uni belgilaydi va o‘zgartiradi.

LIBOR odatda o‘zgarib turuvchi foiz stavkalari shartlari bilan o‘rta muddatli bank kreditlari berilishida bazis sifatida qo‘llaniladi. Bunda LIBOR har bir kelishilgan foiz davri davomida kreditning o‘zgarib turuvchi quyi chegarasi narxini belgilaydi, odatda u 3-6 oyni tashkil etadi.

O‘zgaruvchi stavkada bank aktivlari foizlaring o‘zgarishi natija-sida zararga uchramaydi. Bu stavkalarni yevrodollarli kreditlar misolida ko‘rib chiqish mumkin. Aytaylik, LIBORning darajasi 6 %, bank belgilangan spred1 - 1 %. Demak, yevrodollarli kreditning foiz stavkasi - 7 %. Agar LIBOR 5 %ga tushdi deylik. Bunda kreditning foiz stavkasi 6 % bo‘ladi. Bank bundan zarar ko‘rmaydi. Chunki spred o‘zgarmasdan qoladi. Bu yerda faqat LIBOR o‘zgaryapti.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling