12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Download 0.52 Mb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

Yillik foiz stavkasi bir yil uchun to‘langan yalpi to‘lovlarning kredit summasiga bo‘lgan nisbatini ifodalaydi. Bu stavka jismoniy shaxslarga eng qulay kreditlarni tanlashga yordam beradi.

Oddiy foiz stavkasi eng avvalo qisqa muddatli kreditlar uchun qo‘llaniladi. Bunda har chorakda yoki boshqa muddat uchun bir marta shartnomaga binoan kreditorga foiz to‘lanadi. Bu usulda qarzdorning to‘laydigan umumiy to‘lov summasi quyidagicha aniqlanadi:


S = P(1 + ni)

Bu yerda:

S – boshlang‘ich qarzni hisobga olgan holda kredit uchun to‘lanadigan to‘lov summasi;

P – boshlang‘ich qarz;

i – foiz stavkasi;

n – ssudaning davomiyligi (yil yoki ssudadan foydalanish kunlarining qo‘llaniladigan bazaga nisbati: 360 yoki 365 kun).

Oddiy foiz stavkasining xususiyati shundaki, mijoz kreditni bosqichma-bosqich to‘lashi natijasida foiz stavkasi qolgan qarz hisobidan olinadi.

Masalan, mijoz 2000 $ hajmida kredit olgan va uni bosqichma-bosqich har chorakda bir marta 500 $ dan to‘lash to‘g‘risida shartnomada kelishilgan bo‘lsin. Har bir chorakda foiz to‘lovi quyidagicha bo‘ladi:

I chorak = foiz to‘lovi = 2000 · 0,12 · 0,25 = 60 $

II chorak = foiz to‘lovi = 1500 · 0,12 · 0,25 = 45 $

III chorak = foiz to‘lovi = 1000 · 0,12 · 0,25 = 30 $

IV chorak = foiz to‘lovi = 500 · 0,12 · 0,25 = 15 $

Jami 1 yillik foiz to‘lovi 150 $ ni tashkil qiladi. Har chorakda to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar:

I chorak = 500 + 60 = 560 $

II chorak = 500 + 45 = 545 $

III chorak = 500 + 30 = 530 $

IV chorak = 500 + 15 = 515 $

Jami yillik to‘lov 2150 $ teng.

Ushbu ko‘rsatkichlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, kreditga oddiy foiz stavkasi o‘rnatilganda to‘lov muddati yaqinlashgan sari mijozning mablag‘i tejaladi.

[294]. Diskont inglizcha «discount» so‘zidan olingan bo‘lib, hisob-lamoq ma’nosini beradi. U uch xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin:


  • banklar tomonidan qimmatli qog‘ozni muddatidan ilgari qaytarib sotib olish (aksiya hisobi);


  • qimmatli qog‘ozni qayta sotib olgani uchun bank undiradigan foiz;


  • tovar narxi (masalan, sifatli standartga to‘g‘ri kelmaganda), birja va valuta bitimlarida valuta narxidan chegirma (tashlama).


Kreditga o‘rnatiladigan diskont foiz stavkasining xususiyati shundaki, bu usulda foiz oldindan to‘lanishi ko‘zda tutiladi. Ya’ni to‘lanadigan foiz miqdori oldindan hisoblanadi va kredit berilayotganda ushbu miqdor (summa) ushlab qolinadi. Aniqrog‘i, kredit shu summa hisobiga kam beriladi.

Masalan, mijoz 2000 $ kredit olmoqchi. Foiz stavkasi 12 %. 2000 $ kredit uchun to‘lanadigan 240 $ miqdordagi foiz to‘lovi kreditning asosiy hajmidan chegirib tashlanadi va mijozga 1760 $ kredit beriladi. Ammo mijoz kreditni qaytarayotganda 2000 $ qaytarishi lozim.

[295]. Yuqoridagi usullardan tashqari bank amaliyotida murakkab foiz stavkasi usuli ham qo‘llaniladi. Undan uzoq muddatli kreditlashda foydalaniladi. Bu usulda asosiy summaning ustiga qo‘shib hisoblangan summa bitimning oxirgi muddatigacha kreditorga berilmaydi, ammo mijozning qarzi ko‘payib boraveradi. Bugungi amaliyotda bu usul jismoniy shaxslarning depozit schyotlari hisobida juda keng tarqalgan.

Murakkab foiz stavkasini qo‘llashda qo‘shib hisoblanadigan summa qarz summasiga qo‘shiladi va unga foizni qo‘shib hisoblash davom etilaveradi. Buni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:




o‘zgarmas foiz stavkasi bilan bo‘lganda;

– o‘zgaruvchi foiz stavkasi bilan bo‘lganda.

Bu yerda:

S – K yildan keyin bo‘ladigan qarz;

P – berilgan ssuda summasi;

if – foiz stavkasi;

nk – berilgan ssudaning davomiyligi (yillarda), ya’ni mazkur stavkani qo‘llanilish davri.

Quyidagi shartli misolda murakkab stavkani qo‘llash tartibini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, bank mijozga:

R = 10000 so‘m qarzni 5 yil muddatga 10 foiz yillik stavka bilan berdi.

5 yildan keyingi bo‘ladigan qarzni hisoblang:

S5 = 10000 · (1+0,1)5 = 16105 so‘m.

Demak, qo‘shilgan foizlar 5 yil ichida:

S– R = (16105 – 10000) = 6105 so‘mni tashkil qiladi.

Agar bank oddiy foiz stavkalarini qo‘llaganda, u holda qarzni har yili undirib olardi va uning daromadi 5000 so‘mga teng bo‘lardi:

Ko‘rib turibmizki, bank oladigan daromadlar o‘rtasidagi farq anchagina, ya’ni:

Bank daromadi = 6105 – 5000 = 1105 so‘m. Shunda bankning sof daromadi 1105 so‘mga ko‘payadi.

Agar har yili bir necha marta foiz qo‘shilib borsa, u holda yuqoridagi murakkab foizlarni hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi:




S = P(1+1m)N

Bu yerda:

m – yilda qo‘shilgan foizlar soni;

N – foiz qo‘shiladigan davrlarning umumiy soni.

Bank qaysi operatsiyalar tufayli yoki qaysi usulni qo‘llasa ko‘proq foyda olishini har tomonlama tahlil qilishi lozim. Masalan, inflatsiyani hisobga olganda bank qancha foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin? Yoki qarzni so‘rab olmay qo‘shilgan foizlar yig‘ilgani ma’qulmi? Yoki har yili kreditlarni kredit to‘lovlarini talab qilgan ma’qulmi?

Shunga qarab foizlarni qo‘shishning turli usullari mavjud: ular ssudadan foydalanadigan kunlarning o‘zgarishi va yildagi kunlarning davomiyligi bilan belgilanadi. Masalan, ssudadan foydalanish kunlari aniq yoki taxminan aniqlanishi mumkin (bunda, har bir oyda 30 kun bo‘lgan deb hisoblanadi). Yildagi kunlar esa (365 yoki 366), yoki taxminan 360 kun deb qabul qilinadi.

Shundan kelib chiqib, murakkab foiz stavkalari tegishli ravishda quyidagi usullarda hisoblanishi mumkin.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling