12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Download 0.52 Mb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

Foizsiz sof marja (Fsm) – bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olinadigan haq (Bxh) bilan bank tomonidan to‘langan komission to‘lovlar (Bkt) o‘rtasidagi farqdir.



Foizsiz sof marja miqdoridagi o‘zgarishlar bank xizmatlari bo‘yicha o‘rnatiladigan haqlar hajmini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.



[285]. Erkin foiz siyosatini o‘tkazish uchun kredit muassasasi eng avvalo bank xizmatining ichki qiymati qanday oraliqda bo‘lishi va bu koeffitsiyent qanday daraja atrofida bo‘lishini bilishi shart. Bu ko‘rsat-kich bank tomonidan joylashtirilgan mablag‘ va uning har bir so‘mi sarflangan xarajatlarning har bir so‘mini qanchalik darajada qoplaganini ifodalaydi.

Bu ko‘rsatkich minimal foizli marja (Mfm) deb atalib, u quyidagicha aniqlanadi:




Bu yerda:

Xbf – joriy davrda bank faoliyatini ta’minlash uchun sarflangan xarajatlar;

Xt – bankning boshqa turli xarajatlari (aktiv operatsiya xarajatlaridan tashqari);

Ad – bankning ishlayotgan aktivlari.

Xbf – ya’ni joriy davrda bank faoliyatini ta’minlash uchun sarflangan xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:




  • ma’muriyatni saqlash va ijtimoiy-maishiy maqsadlar uchun xarajatlar;


  • to‘langan to‘lovlar, shu jumladan, kassa, hisob operatsiya va olingan kafolatlar bo‘yicha xarajatlar;


  • boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnika qarovi uchun to‘lovlar, axborot xizmati, blankalarni tayyorlash, ko‘paytirish, jo‘natish bo‘yicha xarajatlar, amortizatsiya to‘lovlari, bino va inshootlarni saqlash, pochta, telegraf xarajatlari va h.k.;


  • boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, kredit muassasasidagi anjomlarni sotish, akt qilish, hisobdan chiqarib tashlash, debitorlik qarzlarni o‘chirish, o‘g‘irlangan naqd pulni, moddiy mablag‘larni, qalbaki qog‘oz pullar va tangalarni hisobdan chiqarish (akt qilish) uchun qilingan xarajatlar, ijara to‘lovlari, arbitraj ishlari bo‘yicha sud xarajatlari, auditorlik tekshiruvlar va hisobotlarni ko‘paytirish uchun qilingan xarajatlar.


Xbf va Xt xarajatlar bank hisobotidagi foyda va zarar bo‘limi ma’lumotlari asosida hisoblanadi.



[286]. Har qanday korxona intilgani kabi bank ham sarflagan xarajatlarini to‘liq qoplabgina qolmay, balki rejada ko‘zda tutilgan foydani olishga ham erishishi lozim. Buni quyidagicha aniqlash mumkin:



Bu yerda:

0,1 · JQR – majburiy zaxiralar fondini shakllantirish maqsadida jalb qilingan resurslarning o‘rtacha joriy qiymatiga qo‘shilgan qiymat (jalb qilingan resurslar qiymatidan 10 foizi);

Mmf – minimal foizli marja;

Mfm – minimal risk ehtimoli bilan qo‘yilmalar bo‘yicha bank aktiv operatsiyalari foydaliligining minimal me’yori. Bu ko‘rsatkich joriy kvartalning moliyaviy rejasi va aktiv operatsiyalar hajmini kengaytirish yoki kamaytirish rejasi asosida hisoblanadi.

[287]. Bu ko‘rsatkich bankning aktiv operatsiyalari, xususan kredit bitimlari natijasida oladigan minimal daromadini ifodalaydi. Uni hisoblashda quyidagi ma’lumotlar asos qilib olinadi:



Bu yerda:



JQRyu –bank bo‘yicha jalb qilingan resurslarning joriy o‘rtacha qiymati. Bu ko‘rsatkich jalb qilingan ayrim resurs (instrument) larning individual haqiqiy qiymatlarini tortilgan summasining nisbatiga teng.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling