12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


[290]. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkalariga aytiladi. U bozor joriy stavkasi


Download 0.52 Mb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

[290]. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkalariga aytiladi. U bozor joriy stavkasi deb yuritiladi. Real foiz stavkasi esa – bu inflatsiya darajasini hisobga olgan holdagi stavkadir. Har ikkala stavka o‘rtasidagi bog‘lanishni J.Fisher quyidagicha ifodalagan:


Real foiz stavkasi = Nominal foiz stavkasi – Inflatsiya darajasi

Agar inflatsiyaning o‘sish sur’ati foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, u holda real foiz stavkasi salbiy ko‘rsatkichga aylanadi.



[291]. Xorijiy mamlakatlar tajribasida kredit narxini belgilashning «qiymat plyus» va «narx bo‘yicha ustunlik» usullari mavjud. Kredit amaliyotida «qiymat plyus» usulidan foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, uning asosida berilayotgan kredit summasiga bankning kredit bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash va uning foydasini ta’minlash darajasidagi foiz belgilanadi. Ushbu usulni qo‘llashda quyidagilar hisobga olinadi:


  • qarz oluvchini kreditlash uchun jalb qilingan mablag‘larning bankka qanchaga tushishi;


  • bankning kreditni rasmiylashtirish va qaytarilishini na-zorat qilish bilan bog‘liq operatsion xarajatlari;


  • majburiyatlarni bajara olmaslik xatari uchun bankka to‘la-nadigan marja;


  • kreditdan olinishi kutilayotgan foyda.


Qayd qilinganlarning barchasi kredit summasiga yillik foiz asosida aniqlanishi mumkin. «Qiymat plyus» usulining asosiy kamchiligi bank o‘z xarajatlarini hisobga olgani holda kredit bozoridagi raqobat va raqobatchilar narxini e’tiborga olmaydi.

«Narx bo‘yicha ustunlik» usuli yordamida narxni belgilash dast-lab AQShda XX asrning “buyuk Depressiya” yillarida qo‘llanilgan. Uning zamirida kreditni qaytarish qobiliyati yuqori bo‘lgan qarz oluvchi uchun qisqa muddatli kreditning eng minimal foiz stavkasini belgilash va shu bevosita stavkadan kelib chiqib, boshqalarga kredit narxini shakllantirish yotadi. Ushbu amaliyotni «praym-reyt» deb ham atashadi.

[292]. «Praymreyt» usulida boshqa qarz oluvchilarga beriladigan kreditning haqiqiy foiz stavkasi (Fs) quyidagicha aniqlanadi:


Fs =

Praym-reyt bazaviy stavkasi

+

Birinchi sinf bo‘lmagan qarzdorlar to‘laydigan majburiyatlarni bajara olmaslik riski uchun mukofot


Uzoq muddatli kredit qolgan qarz oluvchi to‘laydigan xatar uchun mukofot





Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling