12- мавзу. Tijorat banklarining foiz siyosati


Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi aniq foizlar usuli


Download 0.52 Mb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1506975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-мавзу (2)

1. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi aniq foizlar usuli.

Bu usul aniq bo‘lgani sababli markaziy va tijorat banklari tomonidan juda keng foydalaniladi. Uning xususiyati shundaki, foizni hisoblashda ssudadan foydalanadigan kunlar va yillardagi kunlar ham aniq beriladi. Masalan:

R – berilgan kredit summasi - 100000 so‘m;

i – foiz stavkasi - 9 % yillik;

K – ssudadan foydalanadigan aniq kunlar soni;

S1 – o‘stirilgan qarz summasi.


S= 100000 · (1 + 0,09 · 260 kun : 365 kun) = 106411 so‘m




2. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi oddiy foizlarni qo‘llash usuli.

Bunda hisoblash uchun ssudadan foydalanadigan aniq kunlar olinib, yildagi kunlar esa 360 kun deb qabul qilinadi. Agar kredit kunlari 360 kundan oshsa, u holda qo‘shilgan foiz yillik foiz stavkasidan yuqori bo‘ladi (masalan, ssuda kunlari 364 kun bo‘lib qolsa, u holda 364:360 = 1,011 bo‘ladi).

Buni yuqoridagi ma’lumotlar misolida ko‘rib chiqamiz.

S= 100000 · (1 + 0,09 · 260 : 360) = 106499 so‘m.




3. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini taxminiy olgan holdagi foizlarni qo‘llash usuli.

Bunda ssuda kunlari taxminan olinib 360 kun deb qabul qilinadi. Odatda, kunlarning aniq soni taxminiyga qaraganda ko‘proq bo‘lishi mumkin, shu sababli aniq kunlar soni bilan qo‘shilgan foizlar taxminiyga qaraganda ko‘proq bo‘ladi deb hisoblanadi. Bizning misolimizda ssuda kunlarining taxminiy soni 257 kunga teng deb olingan. Shuni hisobga olgan holda:


S= 100000 · (1 + 0,09 · 257 : 360 ) = 106424 so‘m.


Qo‘llangan usullardan ikkinchi usul, ya’ni ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi oddiy foizlarni qo‘shish usuli boshqa usullarga nisbatan bankka ko‘proq foyda keltirar ekan.



[296]. Real foiz stavkasini aniqlash bevosita inflatsiya darajasini aniqlash bilan bog‘liq. Tasodifiy yoki tez inflatsiya sur’atlari sharoiti pul mablag‘larini qarzga oluvchilar uchun qulay hisoblanib, ular keyinchalik qarzlarini qadrsizlangan pul bilan qoplaydilar. Kreditorlar esa narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi sharoitida yutqazadilar.

Masalan, bank qarz oluvchiga bir yil muddatga 1200 ming so‘mni 120 foiz bilan murakkab foiz asosida berdi. Agar inflatsiya yil davomida 140 foizni tashkil etsa, pulning xarid qobiliyatini topish lozim bo‘lsin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:





Bu yerda:

S – inflatsiyani hisobga olib qo‘shilgan summa;

n – kredit muddati, yilda;

i – foiz stavkasi;

p – boshlang‘ich summa;

y – inflatsiya darajasi;

(1 + y) – inflatsiya indeksi.

Bizning misolimizda:



Demak, 1200 ming so‘m pulning xarid qobiliyati bir yildan so‘ng 1100 so‘mga pasayadi. Pulning qadrsizlanishi qarz oluvchiga 100 ming so‘mlik samara keltiradi.

Agar kredit muddati bir yil bo‘lib, inflatsiya sur’atlari aniq bo‘lsa, u holda kreditning foiz stavkasi quyidagicha aniqlanadi:


i(y) = i + y + i · y

Qoplanishi lozim bo‘lgan summa oddiy foizni hisoblash usulida quyidagicha aniqlanadi:




Agar yillik inflatsiya sur’atlari aniq bo‘lib, u yil davomida mutanosib o‘zgarsa, bir yilgacha muddatga berilgan kreditlarning foiz stavkasi quyidagicha aniqlanadi:




i(y) = i + y + r : n · i · y

Masalan, 25 mln. so‘mlik qarz 90 kunga berilgan bo‘lsin. Kuti-layotgan inflatsiya 130 %. Agar kredit operatsiyasining daromadlilik darajasi 110 % ni tashkil etishi lozim bo‘lib, bir yil 360 kun deb olinsa, qarz berishdagi oddiy foiz stavkasining qaytarilishi lozim bo‘lgan summa qanchaga teng?

Buni, ya’ni foiz stavkasini quyidagicha aniqlaymiz:

i(y) = 1,1 + 1,3 + 90 : 360 · 1,1 · 1,3 = 2,7575 yoki 275,7 %.


Inflatsiyani hisobga olgan holda qaytariladigan summa:


S = 25 000 000 (1 + 90 : 360 · 2,7575) = 42 234 375 so‘mni tashkil etadi.

Foiz stavkasini belgilashda foiz oluvchining talab-ehtiyojlari hisobga olinishi lozim. Agar inflatsiya sur’atlari yiliga 700-800 foizni tashkil etib, tijorat banklari kredit uchun foiz stavkasini shu yoki undan ortiq darajada belgilasa, bu kreditni olishga talabgorlar chiqmaydi. Shuning uchun ham, kredit uchun foizlarni belgilashda mijozlarning imkoniyatlari va talablari hisobga olinishi lozim.

[297]. Iste’mol kreditlari bank uchun eng daromadli kreditlardan hisoblanib, ularga o‘rnatiladigan foiz stavkalari jalb qilingan mab-lag‘larga belgilanadigan foiz stavkalaridan ancha yuqori bo‘ladi. Agar jalb qilingan mablag‘larning foiz stavkasi ko‘tarilib ketsa, bank uchun iste’mol kreditlariga o‘rnatiladigan foiz stavkasi o‘z kuchini yo‘qotish riskini vujudga keltirishi mumkin.

Iste’mol kreditlariga quyidagilar eng yuqori foiz stavkasining o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi:




  • Iste’mol kreditlari juda riskli va bank uchun qimmatga tushadigan qo‘yilmalardan hisoblanadi.


  • Iste’mol kreditlari mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlarga ham bog‘liqdir. Iqtisodiyotning rivojlanishi iste’mol kreditlari hajmining oshish omili bo‘lsa, uning tanazzulga yuz tutishi yoki rivojlanishining sekinlashishi iste’mol kreditlari hajmining keskin qisqarib ketishiga olib keladi. Chunki jismoniy shaxslar o‘zlarining kelajagiga umidsizlik bilan qaraydilar. Bu hol ayniqsa ishsizlik ko‘payganda yaqqol seziladi va bankdan qarz olish hajmi keskin kamayadi.


  • Iste’mol kreditini olish uchun bankka murojaat qilgan mijozlar kreditning oylik to‘lovlarini muntazam ravishda to‘lab borishlari mumkin. Lekin foiz stavkasiga kelganda, u oylik to‘lovlar bilan birga to‘lanib borsa ham mijozlarga xush kelmaydi.


  • Iste’mol kreditidan foydalanish asosan bilimlari darajasi va ularning daromadlari darajasiga bog‘liq. Serdaromad kishilar iste’mol kreditidan ko‘proq foydalanadilar. Shuningdek, oila boshlig‘ining yoki oila boquvchisining bilim va ma’lumot darajasi yuqori bo‘lsa, bunday kishilar ham iste’mol kreditidan ko‘proq foydalanadilar. Ular iste’mol kreditini ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish omili deb hisoblaydilar.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling