Teshikkulcha mahsulotlariga mayda va yirik teshikkulchalar, baranka (sushki, bubliki) kiradi. Baranka (teshikkulcha) tarkibiga qarab oddiy, shakarli, sutli-yog’li, gorchitsali, vanilli, limonli, za’farli, rozoviy, bodomli va boshqa turlarga bo’linadi. Bug’doy non. Oddiy bug’doy noni (tortib va donalab sotiladigan), yaxshilangan bug’doy non (tortib va donalab sotiladigan), baton, bo’lka, turli bo’lochkalar va yog’ sutga korilgan lamirdan tayyog’langan mahsulotlardir. Bug’doy nonining oddiy xili 1- va 2-sort va jaydari undan tayyog’lanadi. /- sort undan tayyog’langan bug’doy non ham pechda va ham formali qilib, ham tortilib va ham donalab sotiladigan qilib pishirilgan, rovak-rovak, chuchuk (kislotaliligi kam) bo’ladi. 2- sort bug’doy unidan tayyog’langan non formali yoki pechda yopilran 3 kg racha og'irlikdagi katta yumaloq nondir. U tortilib va donalab sotiladiran bo’lib, o’ta rovak-rovakligi va kislota-si kamligi bilan farq qiladi. Jaydari bug’doy unidan tayyog’langan non formali yoki pechda yopilgan, og'irligi ko’pi bilan 4 kg bo’lgan yumaloq bo’lka non yoki og'irliri 0,5-1 kg lik donalab sotiladiran formali turlarda bo’ladi, rovakliliri o’rtacha va kislotaliligi ko’p bo’ladi. Bug’doy nonining asosiy yaxshilangan turlari qo’yidagilardir: Kepaksiz non oliy sort undan shakar qo’shib (4%) formada va pechda, og'irliri 2,5 kg lik qilib pishiriladi. Juda govak-govak va chuchuk (kislotasi kam) bo’ladi. Mayizli kepaksiz non oliy sort bug’doy unidan tayyog’lanadi, hamirra shakar (4-5%), kiyom (2%), mayiz (10%) va margarin (2%) qo’shiladi. Gorchitsali kepaksiz non (formali va pechda) tortib va donalab sotiladigan qilib, 1-sort unga gorchitsa yog’i (8%) va shakar (6%) qo’shib pishiriladi. Gorchitsali non o’ta rovak-rovak, kislotaliligi o’rtacha bo’ladi, u ovalsimon yoki yumaloq shaklda tayyog’lanadi. Chayniy non 2-sort bug’doy uni (90%) bilan javdar uni (10%) aralashmasidan tayyog’lanadi. Hamirga kiyom (10%), solod (2,5%), kashnich (0,2%) qo’shiladi, u formada va pechda, tor¬tib va donalab sotiladigan qilib tayyog’lanadi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |