2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet28/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Tarjimasi:
Bundan oldin diniy birodarning ishi,
Ayblarni yashirish, hunarlarni ko‘rishdan iborat edi.
Bu zamonda birodarlar o‘zgarib ketishgan,
Bir–birlaridan ayb topish uchun ayg‘oqchiga aylanishgan.
“Nasr ul–laoliy”ning yana bir she'riy tarjimasi Nadimiy qalamiga mansub. Nadimiy 9/XV asrda yashagan shoirlardan biridir. Asar muqaddimasi, Payg‘ambar (sav) na'ti, zamona hukmdori madhi, nazm sababi masnaviy janridagi 81 baytdan iborat va u “Nasr ul–laoliy”dagi 292 hikmatni nazmga solgan. Bu tarjima nashrini hozirlagan Sayyid Ja'far Huseyniy Eshkevariy manzum tarjima janrini ruboiy deb ko‘rsatgan bo‘lsada [7, 24–b], b u atama to‘rtlik ma'nosida ishlatilganga o‘xshaydi. Chunki bu tarjima misralari qofiyalanishi ruboiyning an'anaviy qofiyalanishidan farq qiladi. Hatto ikki misralik tarjimalar ham bor. Nadimiy tarjimasining boshqa tarjimalardan yana bir farqli jihati shundan iborat, ki u Ali (a) hikmatlarini birinchi arab tilida keltirgan, keyin mazmunini fors tiliga tarjima qilgan va undan keyin nazmga solgan.
Alisher Navoiyning “Nazm ul–javohir” asari ham Ali ibn Abitolib qisqa hikmatlari tarjimasi hisoblanadi. U mashhur janrlardan biri – ruboiy janridan foydalangan. Yuqoridagi hikmatni Alisher Navoiy quyidagicha nazmga solgan:
Dahr eliki keldi ahli nomus bori,
Qardoshlar erur makr ila mahbus bori,
Olingda necha qilsa zaminbo‘s bori,
Lekin bordur aybinga josus bori [1, 167– b].
Navoiy ruboiylari poetik xususiyatlari haqida S. G‘anieva [3],[4], M. Rajabova [2] tadqiqotlarida mufassal ma'lumot berilgan. Navoiydan tashqari turkiyzabon boshqa shoirlar ham “Nasr ul–laoliy”ni turk tiliga tarjima qilishgan. Jumladan, 1257/ 1841–42 yilda Turkiyada nashr etilgan turkiy–usmoniy tilidagi Yusuf Nasibning “Rishtayi javohir” (“Javohir ipi”) asari va 1303/ 1885 – 86 yilda nashr etilgan Muallim Nojiyning “Amsoli Ali alayhissalom” (“Ali alayhissalomning misollari”) asari turkiy tarjimalar hisoblanishadi. Navoiyning “Nazm ul–javohir” esa eng qadimiy turkiy–chig‘atoiy tildagi tarjima sifatida tilga olinadi.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Ali ibn Abitolib hikmatlarini she'riy tarjima qilishga turtki bo‘lgan sabablardan biri she'rni yodda saqlab qolish osonroq va qulayroq bo‘lganidir. Vatvotdan boshlab to Alisher Navoiygacha shoirlar nazmiy tarjimada ham xuddi shu maqsadni ko‘zlaganlar. Nazmiy tarjimada shoirlar axloqiy–falsafiy mazmunlarni ifoda etish uchun munosib bo‘lgan qit'a, fard, ruboiy janrlaridan, kitob ta'lifi sababini sharhlashda masnaviy va nasriy bayondan foydalanganlar. Kichik she'riy janrlar shoirdan bir dunyo ma'noga ega hikmatlarni qisqa va ixcham tarzda bayon etishni taqozo etadi. Shoir tarjimonlar bu vazifani yuksak mahorat bilan ado etganlar.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling