2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet27/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Ключевые слова и фразы: Али ибн Абиталиб, краткие изречения, афоризмы, поэтический перевод, поэтические жанры, континент, фард, рубаи.


ABSTRACT
This article discusses the poetic genres chosen for the poetic translation of short wisdoms or aphorisms of Ali ibn Abitalib. The tradition of translating the wise sayings of Islamic imams in the form of a collection was founded by Rashididdin Vatvot in the 12th century. Another famous collection of short sayings of Ali ibn Abitalib is Fazl ibn Hasan ibn Fazl Tabrisi's treatise “Nasr ul–laali”. This collection was translated by great poets such as Ibn Sovaji, Ashraf Maroghi, Nadimi, Alisher Navoi. They chose genres such as qit’a, fard, rubai in poetic translation.
Key words and phrases: Ali ibn Abitalib, short sayings, aphorisms, poetic translation, poetic genres, continent, fard, rubai.

Mumtoz adabiyotda Payg‘ambar (sav) va xulafoyi roshidin hadislari va hikmatli so‘zlarinining she'riy tarjimalari ko‘p uchraydi. Ammo qisqa hikmatlarni alohida to‘plam shaklida nazmga solish an'anasiga Rashididdin Vatvot asos solgan. Undan “Tuhfat us–siddiq”, “Fasl ul–xitob”, “Anis ul–lahfon”, “Matlubu kulli tolib” kabi asarlar meros qolgan. “Fasl ul–xitob” hamda “Matlubu kulli tolib” nazmiy tarjimalar hisoblanishadi. “Matlubu kulli tolib” asariga payravlik qilish natijasida bir qator asarlar ta'lif etilgan. Vatvot “Matlubu kulli tolib” asarida Abuusmon Johizga nisbat beriladigan, u yo boshqa bir muallif tomonidan tanlangan yuzta so‘zni arabiy va forsiy tillarda sharhlagan va o‘zidan qit'a janrida ikki bayt qo‘shgan. Bu qit'alar hakim Sanoiy G‘aznaviyning “Hadiqa”si vaznida nazmga tortilgan va Sa'diy Sheroziy ham axloqiy–falsafiy “Guliston” asarini nazm qilish jarayonida 275 qit'aning 95 tasida aynan shu vaznni tanlagan [8, 19–b]. Hakim Sanoiyning “Faxrinoma”, “Ilohinoma” nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan “Hadiqa al–haqiqa va shariat at–tariqa” masnaviysi tasavvufiy mavzuda yaratilgan asardir. Bu asar ko‘p shoirlarga, jumladan Vatvotga ta'sir ko‘rsatgan. Vatvot nazmiy tarjimasida axloqiy–tarbiyaviy mavzular uchun munosib bo‘lgan qit'a janrini tanlagan.


Vatvotdan keyin Darvesh Ashraf Marog‘iy Ali ibn Abitolib so‘zlarini “Sad kalima” nomi bilan she'riy tarjima qilgan. Bu tarjimaning bir nusxasi Eronning Sori shahridagi Tohiriy Shahob shaxsiy kutubxonasida va yana bir nusxasi Eron Milliy Majlisi kutubxonasida 773–raqam ostida saqlanmoqda. Ashraf Marog‘iyning tarjimasi ham Rashididdin Vatvotning nazmiy tarjimasida sharhlangan “لو کشف الغطاء ما ازددت یقینا” hikmat sharhi bilan boshlangan [6, 15–b]. Ashraf Marog‘iy, yuqorida ta'kidlanganidek, ham “Sad kalima” va ham “Nasr ul–laoliy” risolasini nazmga solgan. Vatvotga payravlik qilib yaratilgan asarlar haqidagi ma'lumotlardan ayon bo‘lmoqdaki, keyingi asrlarda yashagan shoirlar “Sad kalima” va “Nasr ul–laoliy” asarlarini alohida–alohida tarjima qilganlar. Aksar hollarda hikmatlar mazmuni nazmiy tarjimada fard she'riy janrida ifoda etilgan.
“Nasr ul–laoliy” ning ilk she'riy tarjimasi muallifi Ibn Sovajiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abulmahosin Muhammad bin Sa'd Naxjevoniy (8/14 asr) hayoti haqida hozircha ko‘p ma'lumotga ega emasmiz. Uning nazmiy tarjimasi “Badratu–l–ma'oniy” va “Durratu–l–maoliy” nomlari bilan shuhrat qozongan [5,135–b]. Ozarboyjonlik olimlar birinchi nomdagi asarni 732/1331–32 yilda nazm qilingan deb hisoblashgan va bu asar hijriy 1315/1897–98 yilda Istanbulda nashr etilgan. Ikkinchi nom esa Tehron universiteti kutubxonasining mikrofilmlari ro‘yxatida qayd etilgan. Unda kitobat sanasi 729/1328–29 yil deb ko‘rsatilgan (Tehron universiteti kutubxonasi mikrofilmlari, 2 jild, 141 bet) va bu sana mazkur manbaning oxirgi ikki misrasida keltirilgan.
Ibn Sovajiy 263 qisqa hikmatlar tarjimasidan iborat asarini hijriy 729/1328–29 yili Isfahonda yozib, o‘sha kunlarda Isfahonga kelgan Sharafiddin Aliga taqdim yetgan. U fard janridagi har bir baytda bir hikmatli so‘zni tarjima qilgan. Fard klassik adabiyotda ko‘p foydalanilgan mashhur janrlardan biridir. Adabiyot tarixida Shayx Sa'diy Sheroziy, Soib Tabriziy, Hotif Isfahoniy kabi shoirlar fard janrida bebaho meros qoldirganlar. Fardda muayyan mazmun, g‘oya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa o‘z ifodasini topadi. Fard janri shoirdan mazmunni ixcham va qisqa bayon etishni taqozo yetadi. Ibn Sovajiy bu janrda shoirona mahoratini namoish eta olgan. Uning asaridagi baytlar umumiy soni masnaviy janridagi Payg‘ambar (sav) na'ti va ta'lif sababi uchun yozilgan baytlari bilan birga 298 taga yetgan.
“Nasr ul–laoliy”ning eng mashhur tarjimalaridan biri Ashraf Marog‘iy tomonidan amalga oshirilgan. U tarjimasini hijriy 838/1434–35 yilda “ramazon muborak oyidan bir hafta qolganda, seshanba kunida” poyoniga yetkazgan va “Nazmi nasr ul–laoliy” deb nom bergan. Mazkur tarjima muqaddima, 290 ta hikmat tarjimasidan iborat. Muqaddima, Payg‘ambar (sav) na'ti, risola ta'lifi sababi masnaviy janrida, hikmatlarni ikki baytda, ya'ni har bir baytining misralari qofiyadosh bo‘lgan va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradigan she'riy shaklda nazm qilgan. Ikki baytdan iborat fard namunasi sifatida Ashraf tarjimasini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Ashraf “ إخوان هذا الزّمان جواسيس العيوب” hikmatini qaysi janrdan foydalanib tarjima qilganini qo‘yidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
Pesh az in az barodari diniy,
Aybpo‘shiy budu hunarbiniy.
In zamona barodaron digarand,
Hama josusi aybi yakdigarand.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling