8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Download 324.87 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (2)
8.2. Korxona tannarhinng turlari
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi harajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan gruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy harajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash harajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; - ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish harajatlarining eng yirik elementi - moddiy harajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin. Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy harajatlarga quyidagilar tegishli bo’ladi: - mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar; - normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, intsrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, mahsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi; - sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; - tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar; - tabiiy xom ashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, soha korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to’lash. Soha ning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash harajatlari; - texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari; - korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi harid qilinadigan energiya; - ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi; - korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq harajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish harajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash harajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy harajatlar va boshqalar). Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslr qiymatiga kiritiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar harajatlaridan qaytariladign chiqitlar qiymati hamda idish va o’rash-joylash materiallari qiymati, ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi. “Moddiy harajatlar” elementlari bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlardan, tarnsportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi. Ishlab chiqarish harajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizatsiya ajratmalari summasiga tengdir. Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasi ham kiradi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash harajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to’lash bilan bog’liq harajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi: - korxonada qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay ratsenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha datslabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; - kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar; - ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusidagi to’lovlar (texnologik jarayon jadvalida nzarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga ustamalar va qo’shimcha haq, ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushb sharoitlardagi uzluksiz ish tsaji uchun ustamalar va h.k.); - ishlanmagan vaqt uchun to’lov (foydalanilmagan va qo’shimcha tahtillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash, harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar uchun mehnat haqi to’lash va h.k.); - korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; - belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari. Korxonlarning ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari - bu ijtimoi fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish fondiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir. Download 324.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling