8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash


Iqtisodiy elementlar va kal’kulyatsiya bandlari bo’yicha xarajatlar


Download 324.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana02.04.2023
Hajmi324.87 Kb.
#1319024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (2)

8.4. Iqtisodiy elementlar va kal’kulyatsiya bandlari bo’yicha xarajatlar 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini 
kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda 
qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi. 
Kalkulyatsiya usulini qo‘llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi. 
1. 
Ishlab chiqarish turi va murakkabligi. 
2. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri. 
3. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi. 
4. 
Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi. 
Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlarni mah- sulotning ayrim turlari 
bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan 
iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi. 
Oddiy usul, oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib chiqarishda, issiqlik va 
elektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik, chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda 
bitta mahsulotning o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari 
bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Bo‘limli usul - metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo va boshqa sanoat 
korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil 
topgan bo‘ladi. Masalan, to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil 
topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda aniqlanadi. Bo‘limli 
usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab 
chiqarishning har bir bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi 
mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha yuritiladi. 
Buyurtmali usulning mohiyati shundan iboratki, bunda hamma asosiy xarajatlar 
kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha har bir ishlab chiqarish buyurtmasi bo‘yicha alohida hisob 
qilinadi. Kalkulyatsiya qilishning bu usulida xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim 
ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi buyurtma tayyor 
bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi. 
Normativ usuli - asosan ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog‘i bo‘lgan 
mashinasozlik ham da metallni qayta ishlash kor- xonalarida qo‘llaniladi. Kalkulyatsiyalashning 
boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni zarur 
asbob-uskunalar bilan ta’minlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga sarflash bo‘yicha 
dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat qilish, hisob ishlarini bajarishda 
hisoblash mashinalaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga egadir. 
Mahsulotning haqiqiy tannarxi normativ tannarxga me’yordan chetga chiqish va me’yordagi 
o‘zgarishni qo‘shish yoki ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Download 324.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling