8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash


 Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi


Download 324.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.04.2023
Hajmi324.87 Kb.
#1319024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (2)

 
8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi 
Xarajat – bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bilan 
bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodalanishidir. Xarajatlar turlari va moddalari korxonalarni 
faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi korxonaga mahsulot 
tayyorlash qanchaga tushganini ko’rsatadi. Tannarx ko’rsatkichi sotish narxlarini belgilash, 
mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish rezervlarini aniqlash uchun 
ishlatiladi. Korxonalarda xarajatlarni hisobga olishni tartibga solish uchun «Mahsulotlar ishlab 
chiqarish xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizom 1995, 1999, 2003, 2004 yillarda o’zgartirishlar 
bilan ishlab chiqildi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri hisobga olish uchun bu xarajatlarni maqsadga muvofiq 
turkumlash zarur. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tahlil etish nuqtai nazardan 
ko’ramizki, tannarxni shakllantirish masalasi korxonani boshqarish va foyda solig’i bo’yicha 
soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish bilan bo’lgan muammolarning katta doirasini qamrab 
oladi. Amalda korxonalarda xarajatlarni boshqarishga yondashuvlarda uslublarning ikki guruhi: 
buxgalteriya-soliq va boshqaruv- taxliliy uslublari nuqtai nazaridan ko’rib chiqish mumkin. 
Uslublarning birinchi guruhi buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida amal qiladigan 
qonunchilik doirasida foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan bazani o’zgartirish maqsadida 
sarflar bilan ishlash imkoniyatini ko’zda tutadi. 
Ikkinchi gurux uslublarini qo’llash jarayonida korxonaning ichki xizmatlari boshqaruv 
hisobining progressiv uslublaridan foydalangan holda korxona ishini rejalashtirish hisobini 
yuritish, nazorat qilish, tannarxini kamaytirish va samaradorligini oshirish sohasida muayyan 
vazifalarni ishlab chiqadi. 
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritish 
va tahlil qilishga yagona yondashuvni ta’minlash ushbu sarflarning tegishli tasnifi kerak. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishga faoliyat turlari, ishlab chiqarishning 
hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning turi, korxonaning boshqaruv tuzilishi va o’lchamlari 
ta’sir ko’rsatadi. 
Mahsulot tannarxini tashkil etuvchi qismlar nafaqat o’z tarkibiga ko’ra, shuningdek, 
mahsulot ishlab chiqarish ahamiyatiga ko’ra ham turlichadir. Bahzi birlari uni tayyorlash va ishlab 
chiqarish bilan, boshqalari ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan bevosita 
bog’liq bo’ladi. Uchinchi toifasi esa amaldagi qonunchilik bo’yicha sarf-xarajatlarga kiritiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladigan yo’nalish-ishlab chiqarish xarajatlarining 
alohidalangan va maqsadli hisobini talab etuvchi faoliyat sohasidir. Ya’ni, buxgalteriya 
foydalanuvchilari biror sarf-xarajat haqida nimanidir bilib olmoqchi bo’lsalar, aynan shu 
narsaning o’zi hisob yo’nalishi bo’ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining yo’nalishiga 
mahsulot tannarxi kalg’kulyatsiyasi, sotish bo’limi ta’minoti sarflari kalg’kulyatsiyasi, ya’ni 
amalda Biron-bir mansabdor shaxsning ishlatilgan zahiralarni baholash zaruratini yuzaga 
keltiradigan holatlar misol bo’lishi mumkin. 
Hisob tizimi xarajatlarni ma’lum toifalarga ko’ra tasniflab yig’adi. Buxgalterlar mahsulot 
tannarxiga kiruvchi xarajatlar va hisobot davri sarflarini tasniflaydilar. Mahsulot tannarxiga qayta 


sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga oid xarajatlar kiritiladi. 
Korxonada bu xarajatlar tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini, 
uning sotilishi paytigacha belgilashda hisobga olinadigan mahsulot birligining tannarxi bo’ladi. 
Mahsulot sotilgandan keyin foydani hisoblash uchun bu sarflar sotishdan tushgan tushumlar bilan 
qiyoslanadi. Hisobot davrining xarajatlari zahiralarni baholashda hisobga olinamaydigan sarflar 
hisoblanadi. SHuning uchun ular sodir bo’lgan davridayoq xarajat sifatida tan olinadi. Demak, 
hisobot davrining sarflari va zahiralarni baholashda hisobga olinadigan sarflar bilan umuman 
bog’lanmasligi lozim.
Korxonada barcha ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot tannarxiga, noishlab chiqarish 
xarajatlari esa hisobot davri xarajatlariga kiritiladi. 
Ma’lumotning maqsadi va uni taqdim etishning davriyligi mezoni ham ajratib ko’rsatilishi 
lozim. Avval ko’rsatilgani kabi sarflar to’g’risidagi ma’lumotlar uch asosiy yo’nalishda 
aniqlanadi. Ularning ichida ma’lumot olinishi maxsus mo’ljallanishi mumkin. Demak, ma’lumot 
maqsadi va uni taqdim etishning davriyligi mezoni ham mustaqil mezon kabi ajratib ko’rsatilishi 
kerak. 
Sub’ektlarning noishlab chiqarish yo’qotishlarini va zararlarini kamaytirishga intilishi 
zahiralarni aniqlashga, xususan, mehnat, moddiy va xom-ashyo zahiralaridan oqilona 
foydalanishga asoslangan. Moddiy sarflarni qisqartirishga alohida ehtibor berish lozim, chunki 
ular barcha ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining 50-80% qismini tashkil etadi. 
Moddiy sarflarning qiymati chetdan sotib olingan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, 
energiyaning barcha turlari, sotib olinadigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, 
boshqa korxonalar bajargan ishlab chiqarish turidagi ishlar va xizmatlar, moddiy zahiralarning 
tabiiy kamayish me’yorlari doirasida kamomadi oqibatidagi yo’qotishlar qiymatidan tarkib topadi. 
Bundan tashqari, moddiy sarflar tarkibiga uskunalar, jihozlar, laboratoriya uskunalari va asosiy 
fondlarga kiritilmaydigan boshqa mehnat vositalarining hisoblangan eskirishi qiymatlari ham 
kiradi. 
Ishlab chiqarishning o’ziga xosligi sarflar tarkibini belgilaydi. Bunda bahzi sarflar kata 
hajmga ega, demakki, ahamiyatliroq, boshqalari esa kam ahamiyatli, shuning uchun 
boshqalarining tarkibida yiriklashtirilgan holda hisobga olinishi mumkin. SHu sababli, ishlab 
chiqarish sarflarini hisobga olishni tashkil qilish mezonini ajratib ko’rsatish lozim. 
Amaliyotda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning 
hisobini yuritish va kalg’kulyatsiya qilish maqsadida boshqarish uchun: mazmuni va maqsadi; 
ishlab chiqarish hajmiga bog’likligi darajasi; sarflarni ma’lum turdagi mahsulot birligining 
tannarxiga kiritilishi usuli; ishlab chiqarishda sarflarning shakllantirilishi ketma-ketligi kabi 
belgilar bo’yicha tasnif ishlatiladi. 
Korxonada mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarini xisobga olishning asosiy 
vazifalariga kuyidagilar kiradi: 
a) iktisodiy natijalarini xisobga olgan xolda boshkaruv karorlarini kabul kilish uchun 
sub’ektning ma’muriyatini zarur va yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
v) chetga chiqishlarni aniklash maksadida xaqikatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va 
nazorat urnatish, ularni me’yoriy va rejadagi xajmi bilan takkoslash va kelgusidagi iktisodiy 
strategiyasini shakllantirish; 
s) ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baxolash va moliyaviy natijalarni xisoblash uchun 
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini xisoblash; 
d) sub’ektning tarkibiy bulinmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iktisodiy natijalarini 
aniklash va baxolash
e) uzok muddatli xususiyatga ega bulgan- ishlab chiqarish va texnologiya dasturlarining 
koplanishi, ichki va tashki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari buyicha rentabellik 
darajasi, asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralariga kuyilgan kapital mablaglarning 
samaradorligi va faoliyati buyicha boshkaruv xisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. 


Demak, mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarini hisobga olishning asosiy yo’nalishi 
bu sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va ushbu faoliyatni amalga 
oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqarishdir. 
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar bozorning talab va 
takliflaridan kelib chiqqan holda o’zining faoliyatini rejalashtirishi va zarur qarorlarni qabul qilishi 
lozim. 
Ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda soha korxonalari "Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab 
chiqarish va uni sotish xarajatlarining tarkibi va xarajatlarni tasniflanishini quyidagi jadvalda 
ko’rishimizmumkin.
8.3.1.-jadval 
Xarajatlar tasnifi 
1№ Tasniflash belgilari 
Xarajatlar turi 
11 
Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy roliga qarab 
Asosiy va ustama 
22 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritilashiga 
qarab 
Bevosita va bilvosita 
33 
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 
O’zgaruvchan 
va 
doimiy 
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari, O’zbekistonda qo’llanilayotgan milliy 
standartlar va «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risidagi Nizom»ga asosan sarflangan xarajatlar quyidagi 
belgilariga asosan va tartibda guruhlashtiriladi. 
1 Xarajatlarning tarkibi va yo’nalishi bo’yicha asosiy va ustama xarajatlarga bo’linishi 
kalg’kulyatsiya moddalarining qisqartirilgan nomlarini o’z ichiga oladi hamda sub’ekt boshqaruv 
ma’muriyatining asosiy ehtiborini ushbu guruh xarajatlariga qaratishga imkoniyat yaratadi; 
a) asosiy xarajatlarga ishlab chiqarishning texnologiya jarayoni bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan xom-ashyo va materiallar xarajatlari, asosiy ishlab chiqarish bilan band bo’lgan 
xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mashina va uskunalarni asrash xarajatlari hamda shunga 
o’xshash sarflar kiradi. 
b) ustama xarajatlarga esa ishlab chiqarishga xizmat qilish va uni boshqarish, sub’ektning 
faoliyatiga xizmat qilish hamda uni boshqarish xarajatlari kiradi.
Boshqaruv hisobining amaliyotida ushbu ustama xarajatlarning tarkibiga ularni hisobga 
olish va ajratishning turlariga olib borish imkoniyatidan kelib chiqqan holda ko’pgina xarajatlarni 
qo’shib yuboradilar. Ushbu xarajatlarga asosan bir nechta iqtisodiy tarkibi bo’yicha bir xil 
bo’lmagan elementlardan tashkil topgan xarajatlar kiradi. Ya’ni, umumishlab chiqarish xarajatlari, 
ma’muriy- boshqaruv va mahsulotlarni sotish bilan bog’liq xarajatlar. 
2. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ayrim turlariga qo’shish usuli bo’yicha xarajatlar 
bevosita (to’g’ri) va bilvosita (egri) xarajatlarga bo’linadi: 
a) bevosita (to’g’ri) xarajatlarga mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish bilan 
bog’liq bo’lgan va dastlabki hujjatlarga asosan yig’ma qaydnomada to’lg’azilib ushbu 
mahsulotlarning tannarxiga to’g’ri (bevosita), ya’ni bahzi belgilariga asosan taqsimlanmay 
qo’shiladigan xarajatlar kiradi. Masalan, xom-ashyo va materiallarning qiymati, mehnat haqi, bir 
xil mahsulot ishlab chiqarilsa yoki buyurtma bajarilsa texnologik yoqilg’i xarajatlari va shunga 
o’xshashlar. 
b) bilvosita (egri) xarajatlarga esa bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan 
bog’liq xarajatlar kiradi, ular ham dastlabki hujjatlarga asosan yig’ma qaydnomalarda hisobga 
olinadi. Lekin ushbu xarajatlar ayrim mahsulotlarning turiga taqsimlash usulini (daraja, ulush, 
foiz, koeffitsientlar qo’llanilib) qo’llagan holda bo’linadi. Masalan, ijara summasi, energiya, 


yoqilg’i sarflari, mashina va uskunalarni asrash va undan foydalanish, umumishlab chiqarish 
xarajatlari bunga misol bo’ladi. 
Xarajatlarni to’g’ri va egriga bo’lish ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to’liq va 
qisman hisobga olish tizimini qo’llashda zarur. Asosiy xarajatlar ko’p hollarda to’g’ri (bevosita) 
va egri (bilvosita)xarajatlardan tashkil topgan. Lekin ularni chuqur o’rganganda farqini ajratish 
mumkin. 
Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarni quyidagi chizmalar misolida tushunish oson bo’ladi. 
8.3.1. -chizma. Doimiy xarajatlar 
Doimiy xarajatlar resurs sarfi me’yorlariga, shuningdek, amaldagi xarajatlar miqdoriga 
bog’liq bo’ladi. Ya’ni, doimiy xarajatlardan ayrimlari resurslar sarfi me’yorlari orqali hisoblansa, 
qolgan bir qismi faqat amalda qilingan xarajatlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Doimiy 
xarajatlarning shu ikkinchi qismi standartini aniqlashda oldingi yillarda ishlatilgan shu 
ko’rinishdagixarajatlarning amaldagi qiymatlaridan foydalaniladi. 
SHartli-doimiy xarajatlar— hajmi har doim bir xilda bo’lib qoladigan yoki chiqarilayotgan 
mahsulotning mikdori o’sishi yoki kamayishi bilan katta ahamiyat kasb etmaydigan darajada 
o’zgaradigan (amortizatsiya, ijara to’lovi va ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha boshqa 
xarajatlar) xarajatlardir. Binobarin, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasigacha ishlab 
chiqarish Sexlari boshqaruv xodimlari ish haqi va boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lib qoladi, 
ammo ishlab chiqarishning ko’proq oshishi yangi dastgohlar sotib olishni, yangi Sexlarni ishga 
tushirishni talab etadi, bu esa ularni boshqarish xarajatlarini oshiradi. 
SHartli-doimiy xarajatlar mutlaq miqdor bo’yicha nisbatan o’zgarmay qolib, ishlab 
chiqarish o’sganda tannarxni pasaytirishning muhim omiliga aylanadi, chunki bunda ularning 
mahsulot birligiga to’g’ri keladigan mikdori kamayadi. 
O’zgaruvchan xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan proportsional o’zgaradigan 
xarajatlardir. 
Doimiy xarajatlar - 
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishidan qat’iy nazar 
o’zgarmaydi
Mahsulot tannarxiga 
kiruvchi 
Davr xarajatlariga kiruvchi 
Umumishlab chiqarish 
xarajatlari: ijara 
xarajatlari, eskirish 
summalari 
Ma’muriy- 
boshqaruv 
xarajatlari-ning 
aksariyati 
Mahsulotlarni 
sotish bilan 
bog’liq va boshqa 
operatsion xarajatlar
O’zgaruvchan xarajatlar - 
Ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan 
proportsional o’zgaradi 
Mahsulot tannarxiga 
kiruvchi 
Davr xarajatlariga kiruvchi 


8.3.2.-chizma. O’zgaruvchan xarajatlar 
O’zgaruvchan xarajatlar — miqdori, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, dinamikasiga 
mutanosib ravishda o’zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Bularga xom ashyo va asosiy 
materiallarga, asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar ish haqiga, bu ish xaqidan ijtimoiy sug’urtaga 
ajratmalar va hakazo xarajatlar kiradi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, 
xizmatlar) ishlab chiqarish bilan bog’liq, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi 
shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: 
-materiallarga doir bevosita xarajatlar; 
-mehnatga doir bevosita xarajatlar; 
-bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish ahamiyatidagi 
ustama xarajatlar. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiladigan xarajatlar 
ularning iqtisodiy mazmuniga muvofiq ravishda quyidagi elementlari bo’yicha turkumlanadi: 
-ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymatini chegaralagan 
holda); 
-ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga xaq to’lash xarajatlari; 
-ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 
-ishlab chiqarish xususiyatidagi boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar qismida mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga quyidagi moddalar 
kiritiladi: 
-tashqaridan sotib olinadigan, ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini 
tashkil etidagan zarur komponent hisoblanadigan xom ashyo va materiallar; 
-mahsulot ishlab chiqarish jarayonida me’yoriy texnologik jarayonni ta’minlash uchun va 
mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruratlari uchun sotib olingan materiallar, 
shuningdek, jihozlarni, ta’minlash uchun ehtiyot qisimlar, inventar, xo’jalik ashyolari va asosiy 
vositalar tarkibiga kiritilmaydigan mehnat vositalarining qiymati; 
-korxonada montaj qilish va qo’shimcha ishlov berish uchun sotib olingan butlash buyumlari 
va yarim tayyor mahsulotlar; 
-chet tashkilotlar yoki jisoniy shaxslar, shuningdek korxonaning asosiy faoliyatiga tahluqli 
bo’lmagan, ishlab chiqarishlari va xo’jaliklari tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish tavsifiga 
ega bo’lgan ishlar va xizmatlar. 
Mehnat xarajatlariga mehnatga haq to’lash xarajatlari (asosiy va qo’shimcha ish haqi, 
ustama va mukofotlar), ijtimoiy sug’urta kabi xarajatlar kiradi.


Tannarhga kiradigan xarajatlar mazmunini bilish va ularni optimallashtirish –har bir pog’ona 
rahbarining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Download 324.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling