Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa harajatlariga quyidagilar tegishli:
- ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish harajatlari (ishlab chiqarishni xom ashyo,
materiallar, yonilg’i, energiya, intsrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari
bilan ta’minlash harajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash harajatlari;
yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan
nazarda tutilgan boshqa mahsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish harajatlari;
ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog’liq
harajatlar; tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga
oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash harajatlari;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan
buyumlar qiymati va boshqalar);
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat
safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha harajatlar;
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish
harajatlari;
- brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat
ko’rsatish harajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish harajatlari;
- ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati bilan tegishli
vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar;
- umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda
xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xrajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |