8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Korxona xarajatlarini kamaytirish yo’llari
Download 324.87 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (2)
Korxona xarajatlarini kamaytirish yo’llari.
Ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Ushbu nisbat qay darajada optimal bo’lishi xo’jalik tizimi barqarorligini belgilaydi. Milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasini samarali xal qilishda soha korxonalari oldida mahsulot tannarhini 10-15 % ga kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalalar naqadar dolzarb ekanligini Prezident SH.M.Mirziyoev mamlakatimiz Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham alohida ko’rsatib o’tdilar. Xususan, mahruzada quyidagi masalaga alohida ehtibor berildi: “Bizda energiya va tabiiy resurslar rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yo’qligi natijasida tannarhning pasayishiga, mahsulot xajmi o’sishiga erishish qiyin bo’lmoqda” 1 . Bu vazifalarni xal etish ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini oshirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish asosida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirishni taqozo etadi. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy xayotimizni sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish, milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish vazifalari Harakatlar Strategiyasida ustuvor vazifalardan biri qilib belgilangan. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo’jalik yuritishning bozor tizimi hamda har qanday davrning muhim talabidir. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish uchun uni modernizatsiyalash va texnologik yangilash vazifasi qo’yilgan. Bu vazifa soha korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish vazifasi bilan birga xal etilishi lozim. Fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib kelgan va hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur omildan quyidagi yo’llar bilan foydalanish mumkin: ishlab chiqarish va mehnatni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish hamda kompleks ravishdagi mexanizatsiyalashtirish; asosiy texnologik jarayonlarni robotlashtirish; progressiv, mehnat hamda resurslarni tejashga yo’naltirilgan texnologik jarayonlarni amaliyotga kiritish va ulardan keng foydalanish; xom ashyo va materiallar (mehnat predmetlari) zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish; ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish jarayonlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, hisoblash texnikasidan foydalanish; ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish. Amaliyotda fan-texnika taraqqiyotining, jumladan, uning tarkibiy qismlarining ahamiyati va rolini inkor qiluvchi yoki tushunmovchi korxonani topish amrimahol. Biroq ushbu omilni amalga oshirish uchun faqatgina hohish va itsaklarning o’zigina yetarli emas. Buning uchun birinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ayni paytda zarur bo’lgan yo’nalishlarini izlash va aniqlash, ikkinchidan, pul mablag’larini va boshqa zarur bo’lgan resurslar (investitsiyalar) izlab topish, uchinchidan, zamonaviy ilmiy-texnikaviy ishlamalarga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot intsitutlari, konstruktorlik, texnologik va boshqa ilmiy muassasalar bilan kerakli aloqalarni “bog’lash”, to’rtinchidan, o’z ilmiy-texnikaviy maqsadlarining samaraliligini hisoblab chiqish talab qilinadi. Fan-texnika taraqqiyoti so’nggi paytlargacha evolyutsion ravishda rivojlanib kelmoqda edi. Asosiy ehtibor amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish, mashina va uskunalarni qisman zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. Bunday chora-tadbirlar ma’lum bir cheklangan natijalarga olib kelardi. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so’zi, 2017 y, 23 dekabr Yangi texnikalarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritishdan manfaatdorlik talab darajasida emasdi. Ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning xorijiy progressiv texnologiyalari “ekspluatatorlik belgisi” sifatida, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish esa ishsizlikning asosi sifatida qabul qilinar edi. Xorij tajribalariga kapitalistik tajriba deb qaralardi hamda bu tajribalarning keng tarqalishiga yo’l qo’yilmas edi. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitlarda, chuqur sifat o’zgarishlari, tamoyillari yangi texnologiyalar va so’nggi avlod texnikasiga o’tish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida qayta qurollantirish zarur. SHu bilan bir qatorda olimlar, konstruktorlar, muhandis va ishchilarning ijodiy ruhda mehnat qilishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy manfaatdorlikni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Yaponiya korxona va firmalarida ijodiy guruhlar, sifat guruhlari tashkil qilingan, ya’ni fan-texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog’liq bo’lmish universitetlar, ilmiy markaz va laborotoriyalar bilan aloqalar rivojlantirilmoqda. Yaponiyaning bugungi kunda robotlar hamda zamonaviy texnika va texnologiyalarning boshqa turlarini yaratishda birinchi o’rinlarda turishi ham bejiz emas. Bozor sharoitlarida ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish zaruriyati haqida qayta tahkidlashga ehtiyoj yo’q: birinchidan, bozor “vakuumni”, harakatsizlikni, xo’jasizlikni va yo’qotishlarni kechirmaydi, ikkinchidan, o’z imkoniyatlari va resurslaridan yetarlicha foydalanmaydigan korxona istiqbolga ega bo’lmaydi hamda bankrotga uchrashga asos yaratadi. SHu sababli barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va ayniqsa ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlarida tejamkorlikka rioya qilish har bir korxona faoliyatining muvaffaqiyat qozonishining garovi hisoblanadi. Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, jumladan, boshqaruv ham muhim o’ringa ega. Ularning ahmiyati ishlab chiqarish miqyosining o’sishi va xo’jalik aloqalarining murakkablashishi bilan ortib boradi. Bu omillar qatoriga birinchi o’rinda, oqilona ishlab chiqarish shakllarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish - kontsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiya va kombinatsiya qilishni kiritish mumkin. Boshqaruvda esa, boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag’batlantirishning usul va shakllarini, ya’ni korxona faoliyatining butun xo’jalik mexanizmini takomillashtirishda ifodalanadi. Korxona rahbarining ish uslubi fan-texnika taraqqiyoti talablari va bozor iqtisodiyotiga mos kelishi zarur. Masalan, korxona direktori bilimi, tajribasi va professional malakasiga ko’ra, oddiy xodimlar va bo’linma (xizmat) rahbarlaridan yuqori turishi lozim. Aks holda u jamoani kerakli tarzda boshqara olishi hamda muvaffaqiyatga erishishi va imidjga ega bo’lishi qiyin. Rejalashtirishda rejalarning balanslashtirilishi, ko’rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish, rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida korxonadagi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirishni, rejalashtirish va iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda zamonaviy kompyuter texnikasi va uning reja iqtisodiy hisob- kitoblarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yaxshi biluvchi, savodli va malakali iqtisodchilarni tanlashni talab qiladi. Korxona faoliyatining samarali bo’lishida ishlab chiqarishni intensivlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon standartlari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash kabi omillar ham muhim o’rinni egallaydi. Bunga esa zamonaviy mashina va asbob-uskunalar, zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or usullaridan foydalanish orqali erishiladi. Tejamkorlik – ishlab chiqarishni intensiv rivojlanishiga asos buladi. SHuning uchun xam, bu masalaga oxirgi yillarda barcha mamlakatlarda aloxida ehtibor berilmokda. Ishlab chiqarish samaradorligini ortishi ma’lum bir mikdorda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishga bog’liq buladi. Ishlab chiqarish fondlarida samarali foydalanish birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan maxsulot mikdori ortishiga, sifati yaxshilanishiga, tannarx pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni samarali tashkil etish ishlab chiqarish davrini – ya’ni xom ashyodan tayyor maxsulotga aylanishgacha bulgan barcha ishlab chiqarish, mexnat va dam olish vaktlari yigindisini qisqartirishga bog’liq. Ishlab chiqarish davrini kiskartirish aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtiradi, saqlash xarajatlarini kamaytiradi va shartnoma intizomini mustaxkamlaydi. Ishlab chiqarish davrini qisqartirishga jarayonlarning davomiyligini qisqartirish, unumsiz vaqt sarfini kamaytirish orqali erishiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari davomiyligini qisqartirishning quyidagi omillari mavjud: -maxsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini soddalashtirish va takomillashtirish; -maxsulot kismlari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish elementlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish; - texnologik va funktsional ixtisoslashuvni chuqurlashtirish; -mexanik ishlov beriladigan jarayonlar ulushini qisqartirish. Ishlab chiqarish samaradorligi ortishida asosiy o’rinni tashkiliy-iqtisodiy omillar, shu jumladan boshqaruv egallaydi. Boshqaruvning ilg’or usullari va texnologiyalarini qo’llash ishlab chiqarishda ishlatilayotgan barcha turdagi resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijrosini ta’minlash orqali tizim muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Yana bir ishlab chiqarish samaradorligini ortishining omili mahsulot sifatini ortishi hisoblanadi. Bugungi sharoitda sifat ko’rsatkichi raqobatbardoshlikni belgilovchi omil hisoblanadi. Korxonalarda sifatni boshqarishning kompleks tizimini joriy kilish ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining barcha boskichlarda faoliyat ko’rsatayotgan ishtirokchilar mashuliyatini oshiradi, sifat uchun javobgarlikni shakllantiradi va, natijada, korxonaning yakuniy moliyaviy – iqtisodiy xolatini yaxshilaydi. Ushbu omillarni hisobga olib, xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalashning quyidagi yo’nalishlarini taklif etish mumkin: - korxonada mavjud asosiy texnik vositalarni inventarizatsiya kilish, jismoniy va ma’naviy eskirgan asbob - uskunalar o’rniga yangi, yuksak unumga ega ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish; - ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish printsiplarini tahlil qilish va ularga rioya qilish; -vaqtni hisobga olish, nazorat va transport-omborlashtirsh jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; -texnik asoslangan vaqt sarfi, xizmat ko’rsatish, resurslar sarfi normalar ulushini ko’paytirish. Vaqtni tejash va sifatni ta’minlashni rag’batlantirish; - ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida yoqilg’i – energiya xarajatlari katta qismni egallashini hisobga olib, energiyani tejaydigan ilg’or texnologiyalarni joriy qilish; - korxona mehnat omilidan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlarni o’qitish, malakasini oshirish, mexnat intizomini mustaxkamlash asosida ular mexnatining unumdorligi va sifatini oshirish; - korxonada innovatsion muxitni shakllantirish va faollashtirish, innovatsion faollik uchun rag’batlantirish tizimini shakllantirish. Albatta, yuqorida keltirib o’tilgan omillarni amalga oshirish ma’lum bir resurslar va vaqt sarflashni talab qiladi. Biroq bu muammolarning mohiyati va ahamiyatini o’zgartirmaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, zamon bilan hamnafas holda harakat qiluvchi, barcha faoliyat turlarida tejamkorlikka rioya etuvchi, o’z salohiyatidan unumliroq foydalanuvchi, zamonaviy fan va texnika yutuqlariga tayanuvchi korxona o’zining bugungi kundagi muvaffaqiyatlaridan tashqari, kelajakda ham muvaffaqiyatlarga erishishini, jumladan, bozordagi o’z o’rni va raqobatchilik muhitida qulay ahvolda bo’lishini ta’minlaydi. Buning uchun doimiy ravishda o’z ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tamoyillarini, moliyaviy –iqtisodiy natijalarini tizimli ravishda o’rganib, samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini, raqobatbardoshlikni oshirish omillarini izlashlari zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling