8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash


Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar


Download 324.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana02.04.2023
Hajmi324.87 Kb.
#1319024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 (2)

Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar 
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq harajatlarga quyidagilar kiradi: 
- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan 
yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov 
muddati o’tgan va o’zaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar; 
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash harajatlari; 
- chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar
- sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shuhba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni 
qayta baholashdan ko’rilgan zararlar; 
- o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq harajatlar; 
- moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa harajatlar, shu jumladan salbiy diskont. 
Favqulodda zararlar 
Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar 
yoki operatsiyalar natijasida paydo bo’ladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari 
harajatlar moddalaridir. Bunga davr harajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr 
moddalari kirmaydi. 
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilshi uchun quyidagi 
mezonlarga javob berishi shart: 
- korxonaning odatdagi xo’jali faoliyatiga xos bo’lmasligi kerak; 
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi lozim; 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq bo’lmasligi kerak. 


Tegishli moddalarni favqulodda zararlarga kiritish yoki kiritilmaslik to’g’risida qarorlar 
qabul qilishda korxona faoliyat yuritayotgan sharoit ham hisobga olinadi. Masalan, korxona 
alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa va uning shu iqlim sharoitiga bog’liq holda ishlamay 
turib qolishlari favqulodda holat deb baholanmaydi. CHunki ushbu holat “bir necha yil mobanida 
takrorlanmasligi kerak” degan mezonga javob bermaydi. 
SHuni tahkidlash lozimki, hozirgi sharoitda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishi va 
uni sotishi biln bog’liq harajatlari o’sish tendentsiyasiga ega. Bunga xom ashyo, materiallar
yonilg’i, energiya va uskunalarning qimmatlashishi, kreditdan foydalanish uchun foizlr 
stavkasining o’sishi, transport xizmatlari tariflarining ko’tarilishi, reklama harajatlarining 
ko’payishi sabab bo’lmoqda. 

Download 324.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling