8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Download 324.87 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv (ma’muriy) harajatlar
Davr harajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
harajatlar va sarflar tushniladi: boshqaruv harajatlari, mahsulotni sotish harajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar. Korxonalarning sotish harajatlariga quyidagilar kiradi: - tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish harajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar; - savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari harajatlari (mehnatga haq to’lash harajatlari; ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; savdo reklamasi harajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni navlarga ajratish harajatlari; tashish, saqlash va sotish chog’ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi; o’rash-joylash materiallari harajatlari; mol-mulkni majburiy sug’urta qilish harajatlari va boshqalar); - sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha harajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan harajatlar); - yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa harajatlar. Boshqaruv (ma’muriy) harajatlar Korxonalarda boshqaruv harajatlariga quyidagilar kiradi: - boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash harajatlari; - boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; - xizmat yengil avtotransportiga va xizmat mikroavbusini saqlash, yollash va ijaraga olish harajatlari; - korxonani va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish harajatlari; - boshqaruvning texnik vositalari, aloqa o’zellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish harajatlari; - ijara, xizmatlar ko’rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to’lash (ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa); - shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to’lash; - ma’muriy - boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash; - ma’muriy faoliyatga ega bo’lgan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizatsiya) harajatlari; - yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kontsernlar va boshqalar harajatlariga ajratmalar; - xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan mol-mulkni majburiy sug’urta qilish; - boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha harajatlar; - belgilangan normalar doirasida va undan ortiqa miqdordagi harajatlar; - umumiy ovqtlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash harajatlari; - bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo’lgan jamg’armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq joriy harajatlar, shu jumladan yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to’lovlar. Download 324.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling