8-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari Reja Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash
Umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa operatsiya harajatlari
Download 324.87 Kb. Pdf ko'rish
|
8 (2)
Umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa operatsiya harajatlari
Korxonalarning boshqa operatsiya harajatlari quyidagilardan iborat: - kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash harajatlari (yangi tashkil etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mutsasno); - loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish harajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidgi omborgacha transportda tashish chog’idagi shikatslanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqgan taftish harajatlari (asbob- uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa harajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur harajatlar chala ishlar, shikatslanish yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi; - maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazalidagan auditorlik xizmatlariga haq to’lash; - o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’rilgan zararlar; - salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari; - korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloqxo’jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish harajatlari; - kompensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar (vaqtincha mehnat layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo’shimcha haq va boshqalar); - ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va harajatlar (qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha harajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam); - sog’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq tahlimi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizatsiya ajratmalari va harajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko’proq harajatlar; - vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash harajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan harajatlardan tashqari); - bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar; - ekologiya, sog’lomlashtrish va boshqa xayriya jamg’armalariga, madaniyat, xalq tahlimi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar; - byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to’lanadign va korxona harajatlariga qo’shiladigan mahsus byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar; - zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi normalari doirasidagi va normalardan ko’proq, bevotsita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yo’qotishlar hamda kamomadlar; sud harajatlari; to’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar va boshqalar); - boshqa operatsiya harajatlari. Download 324.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling