Abstrakt algebra


Download 0.99 Mb.
bet37/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

4.2.1-lemma. Agar kommutativ gruppaning tartibi p tub soniga bo‘linsa, u holda bu gruppaning tartibi p ga teng bo‘lgan elementi mavjud.
Isbot. Aytaylik, G kommutativ gruppa bo‘lib, n = |G| va p | n bo‘lsin. Lemma isbotini gruppa tartibiga nisbatan induksiya metodini qo‘llab amalga os- hiramiz. Agar n = 2 bo‘lsa, u holda teorema o‘rinli bo‘lishi ravshan. Lemmani

tartibi n dan kichik kommutativ gruppalar uchun o‘rinli deb faraz qilib, uni G


gruppa uchun isbotlaymiz. Aytaylik, a G, a e element uchun ord(a) = m

|
bo‘lsin. Agar p m bo‘lsa, u holda m = pk bo‘lib, (ak)p = am = e ekanligidan
g = ak elementning tartibi p ga teng bo‘ladi.

m

p p
Agar p m bo‘lsa, u holda H = ⟨a⟩ qism gruppani qaraymiz. G gruppa kommutativ bo‘lganligi uchun H qism gruppa G da normal bo‘lib, G/H faktor gruppaning elementlari soni n dan kam bo‘ladi. Bundan tashqari, |G/H| = |G| va p m ekanligidan, p | |G/H| kelib chiqadi. Induksiya faraziga ko‘ra, G/H gruppada tartibi p ga teng bo‘lgan bH element mavjud, ya’ni (bH) = b H =
H. Bundan esa, bp H kelib chiqadi. Agar g = bm deb belgilasak, |H| = m bo‘lganligi uchun gp = (bm)p = (bp)m = e, demak gp = e bo‘ladi. Ma’lumki, g /= e, aks holda (bH)m = H bo‘lib, p | m bo‘lar edi, bu esa ziddiyat. Demak, ord(g) = p, ya’ni G gruppada tartibi p ga teng bo‘lgan element mavjud.
Yuqoridagi lemmada tartibi p tub soniga bo‘linuvchi kommutativ gruppa a G, ord(a) = p elementga ega ekanligini ko‘rsatdik. p tub son bo‘lganligi uchun ushbu a element orqali hosil bo‘lgan ⟨a⟩ siklik gruppaning ham tartibi p ga teng, ya’ni G gruppa tartibi p ga teng bo‘lgan qism gruppaga ega. Bundan esa, kommutativ gruppalar tartibi gruppa tartibining tub bo‘luvchisiga teng bo‘lgan qism gruppalarga ega ekanligi kelib chiqadi.
Quyidagi teoremada esa, kommutativ gruppalar tartibi gruppa tartibining ix- tiyoriy bo‘luvchisiga teng bo‘lgan qism gruppaga ega ekanligini, ya’ni Lagranj teoremasining teskarisi kommutativ gruppalar uchun o‘rinli bo‘lishini ko‘rsatamiz.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling