He, nimasini aytasan. Mamasham etganini qimovdim, paxan
nakalene qo ‘ydi.
Shunisi achinarliki, bugungi kunda chet so‘zlar, ta'bir joiz
b o is a , “bojxona”ni chetlab kirib kelmoqda.
Vaholanki. mamlakatimizga kirib kelayotgan dori-darmon,
oziq-ovqat mahsulotlari orasida aholi sog‘ligi uchun zararlilari
bo‘lganidek, terminlarning ham hammasi maqbul b o ‘lavermaydi.
Chet so lzlami o ‘zlashtirish masalasi bilan shug‘ullanuvchi
terminologiya qo‘mitasi, mustaqilligimizning dastlabki yillarida
mavjud edi. Lekin negadir keyingi yillarda u o ‘z-o‘zidan tugab
ketdi. Afitidan, uni qayta tiklash, faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab-quw atlab turish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
T o‘g ‘ri, ensiklopedik asarlar nashri bilan shug‘ulanuvchi
davlat ilmiy nashriyoti ham terminologiya masalasi bilan
shug‘ullanadi.
Ammo
bu
nashriyotning
asosiy
faoliyati
hisoblanmaydi. Nashriyot terminologik muammoiami faqat o ‘z
nashrlari miqyosida hal etishga harakat qiladi, ammo u ham to ‘liq
emas. Chunki nashriyotda terminlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus
mutaxassis lavozimi k o ‘zda tutilmagan. Bo‘lim muharrirlari bu
masalani hanuzga qadar imkon doirasida hal etmoqda.
Hamon XXI asr axborot asri deb e ’tirof etilgan ekan, axborot
ayirboshlash sur’ati jadallashgani bois chet tillardan tilimiz uchun
yot unsurlar kirib kelishi va g ‘ayriilmiy tarzda o‘zlashishining
oldini olish uchun maxsus, leksikologiya va semasiologiyadan
yuqori
bilimga
ega
mutaxssislardan
iborat
terminologiya
qo‘mitasini tiklash maqsadga muvofiq b o ‘lur edi.
75
II QISM. M U H A R R IR L IK M AH OR ATI
NAZAR1YASI VA AMAL1YOTI
1-BO B. TIL, SH E V A , L A H JA , S O ‘Z L A SH L V, T A L A F F U Z
Do'stlaringiz bilan baham: |