B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55

100

*  “



Po'stloq epiderm asi  Endoderm a  M arkaziy silindr

IV.7-rasm.  Suvning yaqinga tashiluvining tiplari  va yoMlari 

(V.V.Kuznetsov, G. A.Dmitrieva, 2005). a-apoplast orqali tashiluv 

(apoplastdagi strelkalarning pastki qatori);  b-semplast orqali tashiluv 

(semplastdagi ikkinchi qator strelkalari); d-transvakuolalar orqali 

tashiluv (semplast tashiluviga o'xshash,  ammo suv vakuolalar orqali

tashiladi).

Vegetatsion  uslubda  tuvakchalarda  o ‘stirilgan  o ‘simliklar  havoda 

nam  ko‘p  boMgan  atmosferali  sharoitga  joylaganda  ma’lum  vaqtdan 

keyin  (2-3  soat  o‘tgash)  ularning  barg  uchlarida  suv  tomchilarini 

kuzr'.'.ish  mumkin.  Bu  ham  ildiz  bosimi  borligidan  dalolat  beradi  Bunda 

suv  tomchilari  tomchilab  oqib  ularning  o ‘rnida  yangilari  hosil  boMib 

turadi.  Bunday holatni guttatsiya deb ataladi.

IV.7.  ILDIZLARNING SUV SO ‘RISH I

Tuproqda  asosiy  faktor  boMib  kapilar  suv  potensiali  Ч^г  hisoblanadi. 

Bu  suvning  tuproqga  kapilar  adsorbsion  bogManishdagi  kuchidir.  Uni 

quyidagi  formula yordamida hisoblash mumkin:

V r = 4 « = - 2 9 0 (  

,)



D

bu yerda:

со -  suvning sirt tarangligi 

D -  topzoq kapillyarlari diametri



101

0

‘simliklaming  tuproqdan  suv  olishi  uning  ildiz  tukchalarining 

so‘rish  kuchi  tuproq  so‘rish  kuchi  bilan  raqobat  qilaolgunicha  davom 

etadi.


^   tu p ro q   “   ^   ildiz 

2 r


bu  yerda:  Wa-   bir  birlik  vaqt  davomida  ildizlar  orqali  so‘rilgan 

suvning miqdori;

A -bir birlik tuproq hajmidagi  ildizlarning faol so‘rish yuzasi;

Z r-suvning 

tuproqdan 

ildizga 


o ‘tishi 

vaqtidagi 

tashiluv 

qarshiliklarining yigMndisi.

Ko‘pchilik  hollarda  qishloq  xo'jalik  o‘tsimon  o‘simliklarning 

ildizlarining  faol  so‘rish  yuzasi 



1

  sm


2

/sm


3

  bo‘lsa  daraxtlar  uchun  ushbu 

ko‘rsatkich 

0,1

  sm


2

/sm


3

 atrofidadir.



0

‘simlik  ildizlarida  ular  hujayralari  shirasining  konsentratsiyasi 

tufayli  bir necha kPa  so‘rish  kuchi  hosil  boMishi  mumkin  xolos.  Ammo 

shu  so'rish  kuchining  o ‘zi  ham  tuproqdan  suv  ajratib  olish  uchun 

yetarlidir.  Masalan,  o‘simliklar  ildizlari  so‘rish  kuchi  S  =  2  kPa 

boMganda qumloq  tuproqlar tarkibidagi  suvning 2/3  qismini  tortib  oladi. 

Bo‘z  tuproqlar  esa  o‘simlik  ildizlarining  so‘rish  kuchi 

6

  kPa  boMganda 

tarkibidagi suvning yarmini yo‘qotadi.

0

‘simliklar  ildizlarining  so‘rish  kuchlari  anchagina  yuqori  boMadi. 

Masalan,  qulupnay  ildizlarining  so‘rish  kuchi  20  kPa  boMsa,  sutpechak 

o ‘simliginiki  37 kPa.

IV.

8

-rasm.  Suvning ildiz tukchalaridan (1),  ildiz o ‘tkazuvchi 

to‘qimalarigacha (

12

) po‘stloq parenxemasi  hujayralari (



2

-

6

), 

endoderma (7), perisikl  (



8

) va markaziy silindr parenxemalarigacha 

(9 -1

1

), boMgan yoMi.



102

0

‘simliklar  suv  yetishmagan  sharoitda  o‘z  so‘rish  kuchlarini 

oshirishi  mumkin.  Masalan,  o‘tsimon  o ‘simliklar  ildizlari  so‘rish 

kuchlari  mo‘tadil  iqlim  sharoitida  40  kPa  atrofida  bo‘lsa,  quruq  iqlim 

sharoitida  60  kPa  va  undan  ham  yuqori  bo‘ lishi  mumkin.  0 ‘rmon 

daraxtlari  ildizlarining  so‘rish  kuchlari  nisbatan  pastroq  30  kPa  atrofida 

boMishi mumkin.

Ildizlaming  suv  so‘rishi  yon  atrofdagi  suv  tugagandan  so‘ng, 

tuproqga  ildizdan  bo‘sh  boMgan  joylardan  suvning  kelishiga  bogMiq. 

Ammo  qum  tuproqlar kapillarlaridagi  suv  ipchalari juda  ham  kam kuch 

ta’sirida  uzilishi  mumkin.  Tuproqlarda  esa  kapillarlar  nisbatan  tor 

boMganligi  uchun  kuchli  so‘rish  kuchi  ta’sirida  anchagina  masofaga 

harakatlanishi  mumkin.  Ammo  bu  harakatlanish  ham  bir  necha 

santimetrga boMadi  xolos.

Shuning  uchun  ildizning  bevosita  yonidagi  suv  tugaganidan  so‘ng 

o‘simlik  o‘z  ildizlarini  o‘stirish  va  uning  suv  so‘rish  yuzasini 

kengaytirish  orqali  suv  so‘rishga  harakat  qiladi.  Shu  sababli  ildiz tizimi 

doimo  harakatda  boMib,  uzunligi  bimecha  metrgacha  etishi  hamda 

birnecha  ildizlar  tarmoqlarini  hosil  qilishi  mumkin.  Bu  holat  ayniqsa 

qurg‘oqchilik rayonlarida ko‘proq ro‘y beradi.



IV.9-rasm. Turli o ‘simlik turlari  ildizlarining tuproq bo‘ylab tarqalishi. 

(V.V.  Kuznetsov, G.A.Dmitriyeva, 2005).



103

:  kesimi suv 

potensialini 

gradienti

Umuman 


tuproqdagi 

suvning 


o‘simlik 

ildizlari 

tomonidan 

o‘zlashtirilishi,  suvning qanchalik  kuch  bilan  tuproqda  ushlab turilishiga 

bog‘liq.  Agarda  tuproqdagi  suv  0,5  MPa  kuch  bilan  ushlab  turilgan 

bo‘lsa,  bunday  suv  o ‘simliklar  tomonidan  yengil  o‘zlashtiriladi, 

Tuproqdagi  suv  1,0-1,2  MPa  kuch  bilan  ushlab  turilgan  bo‘lsa,  bunday 

suv  o ‘simliklar  tomonidan  engil  o ‘zlashtiriladi.  Tuproqdagi  suvning 

ushlab  turilish  kuchi  2,5-3,0  MPa  bo‘lsa,  bunday  suvning  o‘simliklar 

tomonidan  o‘zlashtirilishi anchagina mushkul.

Umuman,  tuproqdan  o ‘simlik  ildizlari  orqali  olingan  suvning 

havoga  uzatilishida  qatnashuvchi  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchlami 

quyidagicha ifodalashimizmumkin  (IV.lO-rasm).

/ f t  

Ai  i / l



Barg va havo o'rtasidagi 

suv bug'Iari konsentratsiyasi 

gradienti

Ksilema bo" у lab bosim 

gradienti

i

 ni"»



VIM

Ildiz ko'ndalang

Tuproq eritmasi 

bosimi gradienti

IV .lO-rasm .  0 ‘simlik ildizlari orqali  tuproqdan olingan suvning  havoga 

uzatilishida qatnashuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuchlar (Taiz,

Zeiger,  1998).



104

IV.

8

.  TASHQI M U H IT O M ILLA RINING SUVNING 

SO ‘R ILISH IG A  TA’SIRI

0

‘simliklarga  suvning  so‘rilishi  bir qancha  ichki  va tashqi  omillarga 

bog‘liqdir. Biz bulardan ayrimlarini  sanab o‘tishimiz mumkin.

H aroratning  ta ’siri.  U  kuchli  ta’sir  etuvchi  omillardan  biri. 

Masalan,  tuproq  harorati  pasaysa  ildizdagi  fiziologik-biokimyoviy 

jarayonlaming  buzilishi  sababli  ildiz  suvni  sekin  so‘ra  boshlaydi. 

Haroratning  keskin  pasayishi  o‘simlikning  so‘lib  qolishiga  olib  keladi. 

Past  haroratda  protoplazmaning  qovushqoqligi  oshadi.  So‘Uganda,  barg 

og‘izchasi  yopiladi,  transpiratsiya  va  fotosintez  pasayadi.  Haroratning 

muqobillashishi, o‘simlikning avvalgi  holatiga qaytishiga olib keladi.

Kislorodning  ta ’siri.  Protoplazmada  suvni  harakatlanishi  uchun 

energiya zarur.  Ushbu energiya nafas olish jarayonida hosil  bo‘ladi. Zich 

va  qatqaloqli  tuproqlarda  o ‘simlik  yaxshi  o ‘smasligi  ma’lum.  Chunki 

bunday  sharoitda  kislorod  etishmaydi,  ildizlaming  nafas  olishi 

sekinlashadi,  ayrim  hollarda  esa  batamom  to‘xtaydi.  Shuning  bilan 

birgalikda  ildiz  hujayralarida  ayrini  spirtlar,  organik  kislotalar  va 

uglevodlar  to‘plana  boshlaydi.  Buning  natijasida  protoplazmaning 

osmotik xususiyati o‘zgaradi.

Tuproq  eritm asining  pH  d arajasi  va  tu zlar  m iqdorining  ta ’siri. 

Ushbu  hollarning  o‘simliklar  ildizlariga  suvni  so‘rilishi  va  uning 

harakatga  kelishiga  ta’siri  juda  kattadir.  Chunki  ildiz  shirasining 

konsetratsiyasi 

tuproq 

eritmasi 



konsentratsiyasidan 

yuqori 


boMgandagina  suv  ildizlarga  so‘rilishi  mumkin.  Agarda  tuproq 

eritmasining  konsentratsiyasi  o‘simlik  ildizlari  hujayralari  shirasidan 

katta  bo‘lsa  yuqoridagi  holatning  teskarisi  boMishi  mumkin.  Shuning 

uchun ham sho‘r tuproqlarda faqat galofit o‘simliklargina o‘sa oladi.

Shuningdek,  tuproq  eritmasining  pH  muhiti  juda  past,  kislotali 

boMsa,  Masalan, 

pH  2-3  boMsa  ildizlar  suvni  shima  olmaydi. 

Ildizlaming  suv  so‘rishi  neytral  darajada  birmuncha  oshib  ishqoriy 

muhitda esa suv o ‘zlashtirilishi  kuchayadi.

IV.9.  TRANSPIRATSIYANING  BOSHQARILUVI

Transpiratsiyaning  o‘simlik  hayotidagi  o‘rni,  xillari  va  uning 

natijasida  sodir  boMuvchi  fiziologik jarayonlar,  shuningdek,  ontogenez 

davrida  suv  muvozanatining  ahamiyati,  uni  bevosita  o‘simliklaming

105


hosildorligiga  bog‘liqligi,  transpiratsiyani  kamaytiruvchi  fiziologik  faol 

moddalar va polimerlar haqida  ma’lumotlar keltiriladi.

0 ‘simlikning 

yer 


ustki 

organlari 

orqali 

suvni 


bugManishi 

transpiratsiya  deb  ataladi.  Transpiratsiya  muhim  fiziologik  jarayon 

bo‘lib  barglar  asosiy  transpiratsiyalovshi  organdir.  Suv  bargdan  barg 

ogMzchalari  orqali  bug‘lanadi.  Buning  natijasida  esa  barg  hujayralarida 

suvning  miqdori  kamayadi  va  uning  so‘rish  kuchi  oshadi.  Bargning 

plastinkasimon  tuzilishi,  fotosintez  va  transpiratsiya  uchun  qulaylik 

yaratadi.  Qoplovchi  to‘qima  epidermis  hujayralarining  oraligMda  barg 

ogMzchalari  mavjud.

OgMzchalar  ko‘pchilik  hollarda  pastki  epidermisda joylashadi  ammo 

faqat  yuqori  tomonida  yoki  bargning  ikkala  tomonida  ham  joylashishi 

mumkin.  Epidermis-kutikula  qavati  va  tukchalar  bilan  qoplangan. 

Transpiratsiya jarayoni  ikkita bosqichdan  iborat:

1.Suvni  barg tomirchalaridan mezofil qavatiga oMishi.

2.Mezofil  hujayralarining  devoridan  bugMangan  suvning  avvalo 

hujayralararo  bo‘shliqlarga,  undan  esa  OgMzchalar  yoki  kutikula  qavati 

orqali  atmosferaga chiqishi.

Transpiratsiya  natijasida  umumiy  bugMangan  suvning  95-97%   barg 

ogMzchalari  orqali.  qolgan  3-5%   kutikulalar  orqali  atmosferaga 

tarqaladi.  Bargdagi  OgMzchalar  soni  va  ulaming  holati  transpiratsiya 

jarayonining  jadalligini  belgilaydi.  Barg  ogMzchalarining  miqdori  10 

m n r  barg yuzasida 500-5000 dona va undan  ham ko‘p boMishi mumkin. 

Ko‘pchilik hollarda suv yetarli  sharoitda  barg  ogMzchalari  ochiq  holatda 

boMadi, suv kamligida esa yopiladi (IV. 11-rasm).

IV .ll-rasm .  OgMzchalar tuzilishi sxemasi: A-epidermanmgyuqori 

tomonidan ко 'rinishi: B -og ‘izchalarning ко ‘ndalang kesimi: 

1-tutashtiruvchi hujayralar,  2—og ‘izcha yorig 7,  3—og *izcha hujayralari 

yon hujayralari,  4-yarimog'izcha tekisligi,  5-epidermal hujayralar, 

6-kutikula,  7-xloroplastlar bilan to ‘la mezofill hujayralari.

106


Ayrim  o‘simliklarning  barg  og‘izchalari  yorugMikda  ochilib 

qorong‘ulikda  yopiladi.  Kunning  ertangi  qismida  og‘izchalar  ko‘proq 

ochiq  holatda  boMadi.  Peshin  vaqtidagi  ogMzchalarning  holati  uni  suv 

bilan  ta’minlanishiga  bogMiq.  Kechki  payt  yopiladi.  Transpiratsiya 

jadalligi  sekinlashganda,  hujayra  oraligMdagi  to‘plangan  namlik 

kutikular  transpiratsiya  orqali  chiqariladi.  Bu  kutikulaning  qalin- 

yupqaligiga  bogMiq.  Kutikula  yupqa  boMsa,  kuchliroq  o‘tadi,  qalin 

boMsa sekin kuzatiladi.

T ranspiratsiya  boshqariluvi.  Barg  ogMzchalari  odatda  barg 

umumiy  yuzasining  0,5—2%ini  tashkil  qiladi.  Ammo  ushbu  barg 

ogMzchalari  orqali  bugMangan  suvning  miqdori,  ochiq  suv  yuzasidan 

bugMangan  suv  miqdoriga  tengdir.  Bu  holat  Stefan  qonuni  bilan 

ifodalanishi  mumkin,  ya’ni  gazlaming kichik teshikchalardan diffuziyasi 

tezligi  shu  teshikchalar  diametri  va  aylanasiga  to‘g‘ri  proporsional 

boMib,  ularning umumiy  maydoniga bogMiq emas.

Barg  ogMzchalari  oMchamiga  uni  hosil  qilgan  tutashtiruvchi 

hujayralar va unga yaqin  boMgan  hujayralar holatlarining ta’siri  kattadir. 

Masalan, 

ushbu 

hujayralaming 



turgor 

holatiga 

o‘tishi 

barg 


ogMzchalarining ochilishiga olib keladi.

Barglar  ogMzchalarining  harakatiga  ko‘proq  havoning  namligi, 

yorugMik,  harorat,  hujayra  oraliqlaridagi  C 0

2

  bosimi,  ionlar  nisbati, 

fitogormonlar  va  nihoyat  o ‘simlikning  suv  bilan  ta’minlanishi  katta 

ta’sir qiladi.  Barg  ogMzchalari  oMchamlari  va  holatlarini  boshqariluvida 

asosan  ikkita, ya’ni gidropassiv va gidrofaol holatlarni ko‘rish mumkin.

Barg 


ogMzchalarining 

gidropassiv 

ochilishi 

kuchsiz 


suv 

etishmaganda  ro‘y 

beradi. 

Bunda 


barg  ogMzchalari  atrofidagi 

tutashtiruvchi  hujayralarga  ular  atrofida  joylashgan  hujayralaming 

turgor  bosimining  pasayishi  natijasida  ularning  siquvshi  kuchining  barg 

ogMzchalarga nisbatan kamayishi  natijasida ular ochiladi.

Barg  ogMzchalarining  gidropassiv  yopilishi  esa  uni  o‘rab  turgan 

hujayralaming  toMa  turgorga  o‘tishi  sababli  ro‘y  beradi,  ya’ni  ularning 

qattiq siqishi  natijasida barg ogMzchalari yopilishi  mumkin.

Barg  ogMzchalari  holatining  boshqariluvida  xloroplastlar  ham 

qatnashadi.  Chunki  barg ogMzchalari  atrofidagi  hujayralar o ‘zlarida ko‘p 

xloroplastlar  tutganligi  sababli  va  ushbu  xloroplastlarda  uglevodlar 

biosintezining  jadalligi  tufayli  bu  hujayralaming  so‘rish  kuchi  ortib 

ularga  suv  yutilishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida  barg 

ogMzchalarining ochilishiga olib keladi.

107


Barg  ogMzchalarining  ochilishi  va  yopilishiga  hujayra  oraliqlaridagi 

C 0


2

  miqdori  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  agarda  barg 

og‘izchalari 

ostida 


C 0

2

 

miqdori 



0,03% 

dan 


kamayib 

ketsa, 


tutashtiruvchi  hujayralaming  turgori  oshib  ketadi  va  ular  ochiladi.  Agar 

atmosfera  havosida  C 0



2

  miqdori  ko‘payib  ketsa  ham  barg  og‘izchalari 

yopiladi.  Masalan,  tungi  vaqtlarda  fotosintez jarayonining bormasligi  va 

nafas olish natijasida barg to‘qimalari  oraliqlarida C 0



2

 miqdori ko‘payib 

ketadi  va  barg ogMzchalari yopiladi.

Binobarin,  barg  ogMzchalari  holatining  boshqariluvida  bir  biriga 

bogMiq  ikkita  fiziologik  jarayon,  ya’ni  fotosintez  va  suv  almashinuvi 

jarayonlari qatnashadi.

Barg  ogMzchalarining  gidrofaol  yopilishi  esa  o ‘simliklardagi 

transpiratsiya  jadalligi,  ildizlarga  yutilayotgan  suv  miqdoridan  oshib 

ketganda,  ya’ni  suv  muvozanati  (Suv  muvozanati  =Yutilgan  suv  -  

transpiratsiyalangan suv) buzilganda ro‘y beradi.

IV.10.  0 ‘ SIM LIK LARDA SUVNING  M UVOZANATI

Suvning  o ‘tkazuvchi  tom irlardagi  h ara k a ti.  0 ‘simlik  tanasi 

bo‘ylab  ko‘tariluvchi  suv  asosan  ksilema  to‘qimalari  bo‘ylab  harakat 

qiladi.  Ksilema  elementlari  esa  ildiz  va  poyadagi  kambiyga  xos 

hujayralardan hosil boMadi.  Yetuk oMkazuvchi  tomirlar va traxeidlardagi 

hujayra  devorlari  yog‘ochlangan  boMib,  asosan,  suv  o‘tkazish vazifasini 

bajaradi.  Lekin  yuqoriga  ko‘tariluvchi  suvning  1-10%  tirik  hujayra 

devorlari  bo‘ylab ham ko‘tariladi.

Y uqoriga  ko£tariluvchi  suv  oqim ining  aham iyati.  0 ‘simlik  tanasi 

bo‘ylab ko‘tariluvchi  suv asosan  uchta vazifani  bajaradi.

Birinchidan,  suv  ildiz  orqali  o‘simlikga  kirgan  moddalar  va 

kimyoviy  birikmalarni  yuqoriga  ko‘tarilishiga  va  ulaming  yer  ustki 

qismlarida to'planishiga olib keladi.

Ikkinchidan, yuqoriga ko‘tariluvchi  suv barcha hujayralarni  suv bilan 

ta’minlaydi  va  ularning  turgor  holatini  saqlaydi.  Suv  yetishmaganda 

o‘simlik  hujayralarida  boMinish  jarayonlari  to‘xtaydi.  Shuningdek, 

sintezlovshi  fermentlarning  faolligi  pasayib,  gidrolitik(parchalovchi) 

fermentlarning  faolligi  ortadi.  Bu  esa  o ‘z  navbatida  hujayrada  kichik 

molekulali  qandlar va oqsillarningg  miqdorining  ko‘payishiga  va  ularga 

ma’lum  miqdorda  suv  bogManishiga  olib  keladi.  Ushbu  suv  aw al  aytib 

o ‘tganimizdek,  hujayralaming  o ‘zlarining  avvalgi  holatlarini  tiklashi  va 

fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning muqobil  borishiga xizmat qiladi.



108

Uchinchidan,  yuqoriga  ko‘tariluvchi  suv  oqimi  natijasida  ro‘y 

beradigan  transpiratsiya  o‘simlikni  isib  ketishdan  saqlaydi.  Ammo  bu 

holat  hozircha  toMa  aniqlanmagan.  Chunki  issiqxonalarda  havo  namligi 

juda  yuqori  boMganligi  tufayli  transpiratsiya  jadalligi  unchalik  kuchli 

emas, shunga qaramasdan o‘simliklar isib ketmaydi.

Hashish  nazariyasi.  Bu  nazariya  XIX  asming  oxirlarida  taklif 

etilgandir.  Bu  nazariyaga  asosan  ksilema  kapillar  tomirlaridan  suvning 

transpiratsiyaning 

so‘rish 

kuchiga 


javoban 

ko‘tarilishi, 

suv 

molekulalarining  bir  biri  bilan  ilashish  kuchlari  natijasida,  ya’ni 



kogeziya  hamda  suvning  o‘tkazuvchi  tomirlar  gidrofil  devorlariga 

yopishqoqlik  kuchi  ta’sirida,  ya’ni  adgeziya  natijasida  boMadi.  Ammo 

ksilema  bo‘ylab  suvning  ko‘tarilishi  tezligi  juda  kichik.  Masalan, 

o‘rmon  daraxtlarida  suvning  o‘simlik  bo‘ylab  ko‘tarilish  tezligi 



20 

sm

3

*s*7sm

2

 bo‘lsa nina bargli  daraxtlarda bu ko‘rsatkich  5  sm



3

-soaf7sm


2 

atrofida.  (solishtirish  uchun aytish mumkinki,  qonning arteriyalar buylab 

harakatlanishi tezligi 40-50 sm^soniya’Vsm2).

Ksilema  tomirlaridagi  suvning  bunday  kam  tezligi  ushbu  tomirlar 

devorlarining  unga  boMgan  qarshiligining  ham  kam  boMishiga  olib 

keladi. 


Suvning 

o ‘simlik 

tanasi 

bo‘ylab 


ko‘tarilishiga 

uning 


molekulalarining  bir biriga tortishish  potensiallari  kuchi  ham  katta ta’sir 

qiladi.  Masalan,  20°C  haroratda  suv  molekulalarining  bir  biridan 

ajralishga  nisbatan  qarshilik  potensial  bosimi  30  MPa.  Mana  shu  bosim 

potensialining  o ‘zi  ham  ishqalanishga  ketgan  kuchni  hisobga  olgan 

holda  ham  suvni  daraxt  tanasi  bo‘ylab  120-130  metr  balandlikka 

ko‘t irishga yetadi.

Suvning  o‘simlik  tanasiga  kirishi  va  sarflanishi  suv  muvozanati 

deyiladi.  Ulaming  miqdori  bir-biriga  mos  keladi.  Ammo  yozning  issiq 

jazirama 

kunlarida  transpiratsiyaning 

miqdori 

ortadi 


va  qabul 

qilinayotgan  suv  bugManayotgan  suvning o‘rnini  bosa olmaydi  va  nisbiy 

tengsizlik  paydo  boMadi.  Buni  suv  taqchilligi deyiladi.  Yuqoridan  suvni 

harakatga  keltiruvchi  kuch  transpiratsiya  natijasida  hosil  boMadi. 

Transpiratsiya  haroratga,  o‘simlik  turiga  va  yashash  sharoitlariga 

bogMiqdir. Avval  aytib  oMganimizdek,  transpiratsiya  ikkita  jarayondan, 

y a’ni  suvning  barg  tomirchalari  orqali  mezofil  yuqori  qatlami 

hujayralarga  harakati  va  suvning  hujayra  devorlaridan  hujayra 

oraliqlariga, 

so‘ngra 


esa 

barg  ogM'zchalari 

orqali 

atmosferaga 



diffuziyalanishidan  iboratdir.  Bu  holat  labchali  transpiratsiya  deyiladi. 

Agar  suv  epidermis  hujayralari  devorlari  orqali  atmosferaga  bugMansa 



kutikular  transpiratsiya  deyiladi.  Bundan  tashqari  ko‘proq  qish  faslida

109

boMadigan  va  daraxtlar  tanasidagi  yasmiqchalar  orqali  boMadigan 

transpiratsiya  ham  mavjud.  Bu  transpiratsiya peridermal  transpiratsiya 

deyiladi.

Labchali  transpiratsiy a.  Barg  ogMzchalari  (labchalari)  suv  bugM, 

C 0

2

 va  0


2

  uchun  asosiy  o‘tkazuvchi  yoM  hisoblanadi.  Barg  ogMzchalari 

lining  ikki  tomonida yoki  faqat  bir tomonida  boMishi  mumkin.  Masalan, 

karam  barglarining  ustki  epidermisida  barg  ogMzchalarining  soni  14100 

dona/sirf  boMsa,  pastki  tomonida  22600  dona/sm' 

atrofida  boMadi. 

Boshqa  o'simliklar  uchun  ushbu  ko‘rsatkichlar  qo‘yidagicha  boMishi 

mumkin:


O^simliklar bargi

Ustki  epidermisda

Pastki epidermisda

Kartoshka bargida

5100/sm2

16100/sm


Beda bargida

12700/sm2

24900/sm2

Makkajo‘xori  bargida

5200/sm2

6 800/s m



2

Suli  bargida

2500/sm2

6800/s m


2

Bug‘doy bargida

3300/s m

2

4100/sm2


Ammo  shuning  bilan  birgalikda  labchalar  faqat  bargning  bir 

tomonida joylashgan  o ‘simliklar  ham  mavjud.  Masalan,  barbaris  (2200 

dona/sm2),  olcha  (24000  dona/sm2),  dub  (14000  dona/sm2),  qora 

yong‘oq  (46000  dona/sm2),  siren  (33000  dona/sm2),  tut  (48000 

dona/sm2),  olma  (40800  dona/sm2)  kabi  o ‘simliklarda  barg  ogMzchalari 

faqat bargning pastki  qisimida joylashgan.

Umuman 

labchalarning 



barg  yuzasidagi 

ulushi 


0,52-5,28%  

atrofidadir.  Masalan,  bug‘doy  bargida  labchalar  uning  umumiy 

maydonidan  0,52%  ni  tashkil  qilsa,  loviyada  ushbu  ko‘rsatkich  3,13%, 

kungaboqar va olma barglarida 5,28% atrofidadir.

Agar  labchalar  bargning  ikki  tomonida  ham  joylashgan  boMsa, 

bunday  barglar  amfistomatik  barglar  deyiladi.  Pastki  epidermisda 

joylashgan  boMsa  gipostomatik  va  ustki  tomonda  joylashgan  boMsa 

zpistomatik barglar deyiladi.

Barglardagi  transpiratsiya  jarayonining  jadalligi  har  xil,  ammo 

labchali  transpiratsiyaning  eng  ko‘p  miqdori  suvda  suzuvchi  va 

botqoqlik  o‘simliklarida  kuzatiladi.  Yer  o ‘simliklari  orasida  eng  ko‘p 

miqdordagi  labchali  transpiratsiya  quyoshli  joylarda  o ‘suvchi  o ‘t 

o ‘simliklarda  kuzatiladi.  SoyaparVar  o‘simliklar  ularga  nisbatan  ikki 

baravar  kam  suv  bugMantiradi.  Butalar  va  daraxtlar  esa  bulardan  ham 

kam suv yo‘qotadi.

110


Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling