Бошқарув қобилиятини шакллантириш


Бошқарув усуллари тўғрисида тушунча


Download 0.49 Mb.
bet25/30
Sana30.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1410253
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
BKSH javoblar hammasi

50. Бошқарув усуллари тўғрисида тушунча.
Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:

  • boshqaruv uslubi;

  • ish uslubi;

  • rahbarning ish uslubi.

Boshqaruv uslublari deganda, boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, yo’llari majmuasi tushuniladi.
Korxonada moddiy, moliyaviy yoki mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib, yuqori natijalarga erishish uchun boshqaruv uslublari vositasida ta’sir etiladi. Boshqaruv samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv uslublari nisbatini to’g’ri tanlashga bog’liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruvning ob’yektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv uslublari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimiga bog’liq ravishda, tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgarib boradi.
Boshqaruv uslublari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanishi va jamiyatning potensiali o’sishi bilan ham o’zgarib boradi. Iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usulublarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega.
Boshqaruv nazariyasi va amaliyotida turli boshqaruv uslublari mavjud. Boshqaruv uslublarining har bir guruhi o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan.
Odatda, boshqaruvning quyidagi uslublari farqlanadi:
Boshqaruvning iqtisodiy uslubi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Bularga rejalashtirish, moliyalash, rag’batlantirish, ijtimoiy himoyalash kabilar kiradi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va mehnat jamoasiga ularning manfaatini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv uslublari tizimida iqtisodiy usullar etakchi o’rinni egalaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (ish haqi, direktor jamg’armasi, iqtisodiy rag’batlantirish va boshqalar) iboratdir.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling