Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya
Ayirmali taqqoslashga doir masalalar
Download 194.5 Kb.
|
Yaxshiboyev Hayitmurod kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi.
3.Ayirmali taqqoslashga doir masalalar.
Bu xil masalalar bilan tanishtirish ishini avval sanoq materiallaridan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiq. O'quvchilar ishni mustaqil bajarsalar ishning natijasini tekshirish qulay bo'ladi. Mustaqil ishlarni samarali tashkil q'ilishga amaliy ishlar o'tkazishga yordam beradi. Masalan, o'qituvchi o'quvchilar 6 ta katakli bir satr (yoki ustun) chizishni va uning yoniga boshqa 4 katakli satr (yoki ustun) chizishni taklif qiladi. Masalani yechishda (shuningdek, didaktik materiallar va rasmlar bilan ishlashda) o'quvchilar ayirmani (qoldiqni) to'g'ridan-to'g'ri predmetlarni sanash yo'li bilan topadilar, chunki rasm predmetlar sonini akslantirish bilan amalda yechimni chiqarib qo'yadi. Quyidagi masala berilgan bo'lsin. "Bir qutida 10 ta, ikkinchi qutida 6 ta qalam bor. Birinchi qutida ikkinchi qutiga qaraganda qancha ortiq qalam bor?". I-10ta q. II-6taq. Birinchi qutida ikkinchi qutidagidan qancha ortiq qalam bor? Yechish: 10-6 = 4 Amal tanlashda yo'l qo'yiladigan xatolarning oldini olish uchun, shuningdek, har xil masalalarni bir-biridan farq qildirish maqsadida ayirmali taqqoslashga doir masalalar sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga doir masalalar bilan taqqoslangan bo'lishi kerak. XULOSA Maktab matematika kursida xulosalar uchta turi, yani induktiv, deduktiv va analogik xulosalar o‘rganilgan. Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi. Induksiya uch xil bo‘ladi: chala induksiya, to‘la induksiya va matematik induksiya. Umumiy ma’lumotlarga tayanib ayrim yoki xususiy xulosa chiqarish deduksiya deyiladi. Xulosa chiqarish metodlaridan yana biri bu analogiyadir. O‘xshashlikka asoslanib xulosa chiqarish analogiya deyiladi. Bolalarning masalalarni yecha bilishi boshlang‘ich ta’lim matematikasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shartdir. Masalalar yechishni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har tomonlama kamol topadilar, bilim oladilar va tarbiyalanadilar. Matematik induksiya usulini o‘rganib , men oldin yechishga qiynalayotgan matematikaning sonlarni qoldiqsiz bo‘linishiga oid misollarni yechishni , murakkab tengliklar yoki tengsizliklarni isbotlashni o‘rgandim. Matematik induksiya usuli bu qadam – baqadam mantiqiy fikrlarni yoki tasdiqlarni isbotlash usuli bo‘lgani uchun menda bu fan bo‘lgan qiziqishimni yanada orttirdi. Oldin murakkab va hal qilib bo‘lmaydigandek ko‘ringan bunday misol va masalalar yechish asta – sekin bir zaylda shug‘ullanadigan va qiziqtirivchi mashg‘ulotlarga aylanib boradi. Menimcha bu hohlagan fanning o‘zlashtirilishini asosini tashkil etadi. Download 194.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling