Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- “MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Sh.H. Quliyeva
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Vedenyapina V.A. O’qituvchining kasbiy madaniyati : darslik . universitet talabalari uchun qo ’ llanma . - M ., 2003 . - 163 b . 2. Muslimov N.A. va b. Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. -T.: “Fan va texnologiyalar” 2013. 26-28 b. 3. Muslimov N.A., Abdullaeva Q.M., Qo‘ysinov O.A., Gaipova N.S. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik kompetentligini shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi. Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi, -T.: 2014. 7 b.t. “MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Sh.H. Quliyeva BuxDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti, p.f.n. R. Mamatova BuxDU 1-bosqich magistranti Ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda, ta’lim oluvchilarga sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, malakali kadrlar tayyorlashda “Ta’lim to’g’risida”gi qonun belgilangan. Ta’lim va fan sohasini yanada rivojlantirish, ta’lim tizimini, takomillashtirish, ta’lim sifatini tubdan oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bilan birgalikda electron ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishda fanning metodik va didaktik ta’minoti bugungi kunning 87 zamonaviy talablariga to’la javob bermasligi, fanning maqsad va vazifalarini bajarishda elektron metodik majmualardan foydalanishni rivojlantirishga asos bo’lmoqda. Ta’lim to’g’risidagi qonunning 36-moddasida “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga ularni sinovdan o’tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari innovatsion o’quv dasturlari va loyihalarini amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish uchun o’z vakolatlari doirasida shart-sharoitlar yaratadi. Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat tomonidan oily ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar oily ta’lim jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o’tish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsadi talabalarga o’z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga buyum va mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi, buyum va mahsulotlar tayyorlashda xomashyo va buyumlarga ishlov berish texnologiyasi yog’och va metallarning xususiyatlari to’g’risida bilimlarni berishdan iborat. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol usullar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologilarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri, an’anviy ta’limda o’quvchi va o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga qaratilgan bo’lsa zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini o’zlari chiqarishlariga o’rgatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosiy interfaol usullarda to’liq foydalaniladi. Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi: texnologik jarayon - ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi; texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o’zing ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi; texnologik xarita - ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish 88 texnologik operatsiyalarni ketma- ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat; texnologik rejim – texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. Ana shu ta’rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin: pedagogik texnologiya – bu o’qituvchining talabalarga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Interfaol ta’lim sharoitida CASE STUDY yoki CASE–METHOD deb nomlangan texnologiya ishlab chiqilgan. Texnologiyaning nomi lotin tilidan keladi “kasus” – noan’anaviy ishni chalkashtirib yuborish; shuningdek ingliz tilida quti portfel, portfel. Atamalarning kelib chiqishi texnologiyaning mohiyatini aks ettiradi. Talabalar o’qituvchidan hujjatlar to’plamini olishadi, ular yordamida muammoni va uni hal qilish usullarini aniqlaydilar yoki muammo aniqlanganda qiyin vaziyatni yengib o’tish variantlarini ishlab chiqadilar. CASE texnologiyalarining ustunligi ularning moslashuvchanligi , o’zgaruvchanligi bo’lib, bu o’qituvchi va talabalar o’rtasida ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Albatta o’qitish jarayonida amaliy texnologiyalardan foydalanish barcha muammolarni hal etmaydi va o’z – o’zidan yakunlanmasligi kerak. Har bir darsning maqsadi va vazifalarini, materialning xususiyatini, o’quvchilarning imkoniytlarini hisobga olish kerak. Eng yuqori samaraga an’anaviy va interfaol ta’lim texnologiyalarining o’zaro uyg’unligi va bir-birini to’ldirishi bilan oqilona uyg’unlashuviga erishish mumkin. Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish , ta’lim oluvchilarning mustahkam amaliy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida amaliy mashg’ulotlarda innovatsion ta’lim texnologiyadan foydalanish mehnat bozori talablariga mos, mustaqil izlanuvchan va ijodkor mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratadi. Ta’limning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish kasbiy ta’lim ustasi va o’qituvchining kasbiy faoliyatini baholash mezonlaridan biridir. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling