30-modda. Javobgarlik choralari
Ushbu Qonun talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy jarima pullari O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining epidemiyaga qarshi jamg‘armalariga tushadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis
Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
31-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish natijasida
keltirilgan zararning o‘rnini qoplash
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, sanitariya qonunlarini buzishda aybdor bo‘lgan
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar shikastlanganlarni davolash
va ularning salomatligini tiklash, davolash-profilaktika tadbirlariga, sanitariya holatini yaxshilash va
epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga sarflangan xarajatlarni O‘zbekiston
Respublikasining qonunlariga muvofiq to‘lashlari shart.
VI BO‘LIM. XALQARO ShARTNOMALAR
32-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan
boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
657-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1999-y., 5-son, 124-modda; 2000-y., 7-
8-son, 217-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2010-y.,
35-36-son, 299-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |