Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat sanitariya nazoratini amalga


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

22-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat sanitariya nazoratini amalga
oshiruvchi mansabdor shaxslar
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari, viloyatlar, shaharlar, nohiyalar bosh davlat
sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
23-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
faoliyatining asosiy kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining davlat sanitariya
nazoratini amalga oshiruvchi bosh davlat sanitariya vrachlari, boshqa mansabdor shaxslari va
mutaxassislari hokimiyat vakili hisoblanadilar va davlat himoyasida bo‘ladilar.
24-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish sohasidagi faoliyatga
aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi
Boshqa tashkilotlarning davlat sanitariya nazorati idoralarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik
qilish maqsadida ularning ishiga aralashishi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan
mansabdor shaxslarga biron-bir yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishi taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi
qonunlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi:
davlat sanitariya epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladi, davlat
sanitariya nazoratini amalga oshirishning asosiy vazifalarini va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;
atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini aniqlashga doir respublika normativ-
texnika hujjatlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi;
avariya vaziyatlarini yo‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan muvaqqat sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqadi
va tasdiqlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahri, bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasasi rahbarlarining xatti-harakatlari ustidan tushgan
shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
odamlarning hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan yashash va xo‘jalik faoliyatini yuritish
taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
hududlarni karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini
ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun
ajratiladigan respublika va mahalliy epidemiyaga qarshi jamg‘armalardan va moddiy-texnikaviy
resurslardan maqsadga muvofiq foydalaniyotganini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tayinlanadi.


(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrdagi O‘RQ-253-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 299-modda)

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling