Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar,
shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ta’lim muassasalarida
va korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini
ta’minlashlari shart.
18-modda. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishning majburiyligi
Yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasb kasalliklari,
zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning
oldini olish maqsadida, mulkchilikning shakllaridan qat’i
nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlari dastlabki hamda davriy tibbiy
ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbkiston
Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
19-modda. Kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish sohasidagi majburiyatlar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning
rahbarlari va alohida shaxslar yuqumli, parazitar va boshqa ommaviy kasalliklar,
shu jumladan
radiatsiya omili bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning,
shuningdek ular kelib chiqqan taqdirda bu kasalliklarni yo‘qotish choralarini o‘z vaqtida amalga
oshirilishini ta’minlashlari shart.
Yuqumli,
parazitar, boshqa ommaviy kasalliklar kelib chiqish va tarqalish xavfi tug‘ilgan
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari
bosh davlat sanitariya vrachlarining taqdimiga muvofiq belgilangan
tartibda tegishli hududlarda
ishlash, o‘qish, harakatlanish va odam va yuk tashishning alohida shartlari va tartibini joriy qilishlari
mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Yuqumli va parazitar kasalliklar o‘chog‘larida karantin-tashkiliy va profilaktika tadbirlarni
o‘tkazish, kasallikka chalingan bemorlarni kasalxonalarga yotqizish tartibi va muddatlarini tegishli
hududlardagi hokimiyat va boshqaruvning mahalliy idoralari
hamda bosh davlat sanitariya
vrachlari belgilaydilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: