Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qo‘llanishga,
zararsizlantirishga, qayta ishlashga, ko‘mib tashlashga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va
alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qo‘llanish,
zararsizlantirish, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida sanitariya-epidemiya masalalarida
aholining xotirjamligini ta’minlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena
normativlariga rioya qilishlari shart.
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni,
atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qo‘llanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan


baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina O‘zbekiston Respublikasi Bosh
davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
12-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion
hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya
qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini
qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash
chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya
qilishlari shart.
13-modda. Turar joy binolariga odam qo‘yish va ularda yashash tartibi
Yashash uchun turar joy binolarini beradigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy
hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar ana shu binolarga odam qo‘yish chog‘ida
amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joy binolariga odam yashashiga
yo‘l qo‘yilmaydi, uylarda yashovchilar turar joy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning
mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlagan qoidalarini bajarishlari shart.

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling