Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va
sotishga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab
chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot-biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena
normativlariga rioya etishlari shart.
Yangi ozuqa qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish
hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan keyingina
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yo‘l qo‘yiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
15-modda. Xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotiga qo‘yiladigan sanitariya talablari
Davlat idoralari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan
suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.
Markazlashtirilgan tartibda xo‘jalik-ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning
manbalari uchun maxsus tartiblar o‘rnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qo‘yiladi.
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari,
ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
birlashmalar va alohida shaxslar ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalardagi
suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda ta’minlanadigan suvning sifati amaldagi
sanitariya normalari va qoidalariga mos bo‘lishini ta’minlashlari shart.

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling