Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

8-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari
Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqayotgan davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan
qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar aholining
salomatligini saqlashni va sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamligini ta’minlashga qaratilgan
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar
yangi kimyoviy va biologik moddalarni, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini hamda mana shu
manbalarga ega bo‘lgan asboblarini, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, materiallar, texnologiya
jarayonlari, uskunalar va boshqa xalq iste’moli mollarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-
epidemiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni, ularga
rioya etilishi ustidan nazorat qilish usullarini, zararli mahsulot va chiqitlarni zararsizlantirish yo‘llarini
ishlab chiqishlari hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya
vrachiga taqdim etishlari shart.
9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya
talablariga rioya etishning shartligi
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning,
birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish,
yangilash chog‘ida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish
chog‘ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport
vositalaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va
alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanilishini, maydon, inshootlar, ishlab
chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turar joy binolari, bolalar va davolash-
profilaktika muassasalari, o‘quv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari,
shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq
saqlab turilishini ta’minlashlari shart.

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling