Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va o‘rinbosarlarining qarorlari ustidan


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

28-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va o‘rinbosarlarining qarorlari ustidan
shikoyat qilish
Ma’muriy jarima belgilash haqidagi qarorlar ustidan O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat beriladi
V BO‘LIM. SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
29-modda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar,
mansabdor va boshqa shaxslar quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga
muvofiq intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladilar:
1) tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, suv
bilan ta’minlashning ochiq va yerosti manbalarini, aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadlarda
foydalaniladigan suv havzalari hamda suv omborlarining qirg‘oqlarini kimyoviy, fizikaviy biologik va
boshqacha tarzda ifloslantirganlik uchun;
2) sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlarini hisobga olmagan holda
aholining salomatligini muhofaza qilishni, sanitariya-epidemiya masalalarida aholining
xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab
chiqqanlik uchun;
3) yangi xomashyo turlarini, texnologiya uskunalarini, jarayonlari va asboblarini, oziq-ovqat
mahsulotlari hamda oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, binokorlik materiallarini, ion
hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar va mahsulotlarni, biologiya vositalarini,
oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar,
boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir-upa va pardoz
mahsulotlarini hamda boshqa xalq iste’moli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-
darmonlarini ishlab chiqarish va qo‘llanishga doir normativ-texnika hujjatlarini O‘zbekiston
Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishmagan holda ishlab chiqqanlik uchun;
4) binolar va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini,
gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalariga, qoidalari va gigiyena
normativlariga rioya etmagan holda va davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib
loyihalaganlik, qurganlik, qayta qurganlik uchun;
(29-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
5) yer uchastkasidan davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib yangi
qurilish, obyektlarni qayta qurish, kengaytirish uchun foydalanganlik uchun;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(29-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
7) oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etmaganlik,
tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy
va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena normativlaridan yuqori bo‘lgan
mahsulotlarni ovqatga ishlatganlik uchun;
8) oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va
sotish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
9) oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga va dori-darmonlarga tegib turadigan
idishlar, boshqa materiallarni, yem-xashakka qo‘shib beriladigan oziqa moddalarni davlat sanitariya
nazorati idoralarining ruxsatisiz qo‘llanganlik uchun;
(29-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)


10) chet eldan olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib
berishda, sotishda va ulardan foydalanishda sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena
normativlarini buzganlik uchun;
11) xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti markazlashtirilgan tizimlari orqali berilayotgan suvning sifati
gigiyena talablariga mos kelmasligi uchun;
12) suv havzalaridan ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda foydalanganda, suvning sifati
sanitariya normalari va talablariga mos kelishini ta’minlamaganlik uchun;
13) aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq xo‘jalik va xo‘jalik ro‘zg‘or-
chiqitlarini, shu jumladan radioaktiv va zaharli moddalarni to‘plash, saqlash, tashish va qayta
ishlashning sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;
14) atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena
normativlarini buzganlik uchun;
15) barcha tipdagi ta’lim muassasalarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalarida
va boshqa muassasalar hamda korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va normativlariga rioya
etmaganlik uchun;
16) radioaktiv moddalar, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda, shuningdek
radioaktiv chiqitlarni ko‘mib tashlash chog‘ida radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya
qoidalarini buzganlik uchun;
17) yuqumli, parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatish chora-tadbirlarini
bajarmaganlik uchun;
18) davlat sanitariya-epidemiologiya idoralari va muassasalarining yo‘llanmalari bilan
sanitariya-gigiyena, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa maxsus ekspertizalar
o‘tkazishdan asossiz bosh tortganlik uchun;
19) tibbiy ko‘riklardan o‘tmagan yoki salomatligi tufayli mehnatga yaroqsiz deb topilgan
shaxslarga ishlashga ruxsat berganlik uchun;
20) ayrim toifadagi fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi yoki ko‘rikdan o‘tish
muddatlarini buzganligi uchun;
21) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalarning ko‘rsatmalarini,
xulosalarini hamda qarorlarini bajarmaganlik uchun;
22) obyektdagi sanitariya gigiyena holatini, epidemiya vaziyatini va radiatsiya holatini aniqlash
uchun zarur bo‘lgan materiallarni berishdan bosh tortganlik uchun;
23) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar tomonidan yopib
qo‘yilgan obyektlarda muhrlarni uzib tashlaganlik va ishni qayta boshlaganlik uchun;
24) ishchi va xizmatchilarning ayrim toifalari, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning majburiy gigiyena ta’limidan o‘tish to‘g‘risidagi qonun talablarini
buzganligi uchun.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling