Davlat sanitariya nazorati to‘G‘risida


-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari


Download 131.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana27.01.2023
Hajmi131.76 Kb.
#1131802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
657-XII-сон 03.07.1992. Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida

26-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Viloyat va Toshkent shahrining bosh davlat sanitariya vrachlari:
o‘z bo‘ysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik
qiladilar;
xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va qayta qurish loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar;
sanitariya-epidemiya jihatidan bexatarlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining
qarorlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar;
(26-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
odamlarning hayoti va salomatligiga xavfli bo‘lgan, aholining yashashi va xo‘jalik faoliyatini
yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydilar;
viloyat va shahar hududlariga karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya
muhofazasi tadbirlarini amalga oshiradilar;
avariya vaziyatlarini yo‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni o‘tkazadilar;
O‘zbekiston Respublikasining Bosh sanitariya vrachi bilan kelishgan holda shaharlar va
nohiyalarning bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydilar.
27-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning
huquqlari
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga ularning vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek alohida shaxslardan yo‘l qo‘yilgan sanitariya
normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berishni talab qilish;
b) xalq xo‘jaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga,
qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish;
v) mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga va alohida shaxslarga belgilangan tartibda:
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xo‘jaligi obyektlarini joylashtirishning
istiqbol rejalari bo‘yicha, shuningdek korxonalar, binolar va inshootlarni qurish, qayta qurish
loyihalari bo‘yicha xulosalar berish;
qurilish uchun yer uchastkalari berish, ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda suvdan
foydalanadigan joylarni va oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini
aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va ko‘mib tashlash
masalalari bo‘yicha xulosalar berish;
g) turar joy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa
korxonalar, shuningdek inshootlarning amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena
normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish;
d) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan
bolalarning o‘quv-mehnat soatlari va taxminiy mashg‘ulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar
yuzasidan xulosalar berish;
e) qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarini,
boshqa muassasalar va tashkilotlarni maxsus ekspertizalar o‘tkazishga jalb etish va bunga
buyurtmachilar hisobidan haq to‘lash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
j) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida
qaysi idoraga qarashli bo‘lishdan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar,


tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish;
(27-moddaning “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
z) qaysi idoraga qarashli bo‘lishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlaridan va alohida shaxslardan:
sanitariya normalarini, qoidalarini, epidemiyaga qarshi tartibotni muntazam suratda
bajarmayotgan va ishlab chiqarishning hamda bajarilayotgan ishlarning xususiyatlarini hisobga
olib, yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tug‘diradigan shaxslarni ishdan
chetlashtirishni;
atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan yuqumli va parazitar kasallik bilan og‘rigan bemorlarni
kasalxonaga yotqizishni;
profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni;
obyektlarning sanitariya holatini aniqlash hamda aholi salomatligining holatini
epidemiologiya jihatdan tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni berishni
talab qilish huquqiga egadirlar;
i) gigiyena ekspertizalari, laboratoriya tadqiqotlari o‘tkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini,
buyumlarni, predmetlar va materiallarni olish, shuningdek bevosita obyektlarning o‘zida,
laboratoriyada va asboblar yordamida zarur tekshirishlar o‘tkazish;
k) sanitariya nazoratini amalga oshirishga boshqa idoralarning mutaxassislarini shartnoma
asosida, shuningdek jamoatchilik vakillarini jalb etish.
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning o‘rinbosarlari sanitariya qonunlari buzilgan
taqdirda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladilar:
yer uchastkasi, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish va boshqa xalq xo‘jaligi obyektlari qurilishiga,
ularni qayta qurish, kengaytirishga, yer ajratishga doir, sanitariya normalariga va qoidalariga javob
bermaydigan loyihalash haqidagi hujjatlarni va loyihalarni qaytarish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berilgunga qadar
amaldagi ishlab chiqarish obyektlarida, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy
ovqatlanish va savdo korxonalarining, ta’lim, davolash-profilaktika hamda sanatoriy-kurort
muassasalarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish, uskunalar, asboblar va gidrotexnika inshootlarini
ishlatishni taqiqlab qo‘yish;
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilgan taqdirda aholi punktlari,
binolar va inshootlar qurilishini, ularni qayta qurishni hamda mazkur obyektlarda ayrim ish turlarini
amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki odamlar
hayoti va salomatligi uchun xavfli deb topilgan yangi xomashyo turlarini, kimyoviy moddalarni,
texnologiya uskunalarini, jarayonlarini va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat
xomashyosini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini,
biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga
ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer va boshqa materiallarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni va
boshqa xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni, qo‘llashni va sotishni ta’qiqlab qo‘yish;
xo‘jalik va ichimlik suvi bilan ta’minlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga
ishlov berish chog‘ida kimyoviy moddalarni qo‘llashni, odamlar salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatish
xavfi tug‘ilgan taqdirda qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlarning o‘sishini tezlashtiradigan va
tartibga soladigan dorilarni, pestitsidlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini qo‘llashni bu moddalar
va materiallarni ishlab chiquvchi ularning xavfli emasligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni
taqdim etgunigacha taqiqlab qo‘yish;
suv iste’mol uchun yaroqsiz deb topilganda undan ichish va xo‘jalik maqsadlarida ishlatishni
taqiqlab qo‘yish;
sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzayotgan shaxslarni vaqtincha
ishdan chetlashtirish.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi,
favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf
yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga
to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son
Qonuni 
bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Download 131.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling