Dessert sharoblari


Download 82.86 Kb.
bet1/20
Sana17.06.2023
Hajmi82.86 Kb.
#1521366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5 Ma\'ruza DESERTLI VA QUVVATLI SHAROBLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI (1)


5-Mavzu: DESERTLI VA QUVVATLI SHAROBLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
reja:
1. Desert va quvvatli sharoblarning o‘ziga xos xususiyatlari
2. Desert sharoblar turlari
3. Quvvatli sharoblar turlari


1. Desert va quvvatli sharoblarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Dessert sharoblari – tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lib, sharoblar tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgan, uzib olmasdan, boshog‘ining o‘zida quritilgan uzum navlaridan tayyorlanadi.
Kuchli sharoblar – uzum sharbatini tula ravishda bijg‘itmasdan hosil qilinadi, sharob tarkibidagi qandning ma’lum miqdorda saqlanib qolish uchun, bijg‘itish davrida spirt qo‘shiladi. Bu sharoblarning shirinligi o‘rtacha darajada, ta’mi o‘ziga xos karamel mazasi kelib turadi, mevasimon xushbuy bo‘ladi.
Desertli va quvvatli sharoblardan qand va spirt nisbati jihatidan bir-biridan farqlanadi. Ularda desertli sharoblarga qaraganda spirt ko‘proq, qand miqdori kamroq bo‘ladi. Agar desertli sharoblarda qand miqdori 30% gacha etadigan bo‘lsa, quvvatli sharoblarda bu ko‘rsatkich 13% ni tashkil qilib, ba’zida 1% gacha tushib ketadi. Disert sharoblarda spirt miqdori 16% dan oshmaydi, quvvatli sharoblarda esa 17 dan 20% gacha etadi.
Sharobda qandni saqlab qolish maqsadida bijg‘ishni to‘xtatish uchun turli usullar qo‘llaniladi.
Uzum kech uzilganda yoki uzum so‘liganda qand miqdori yuqori bo‘lib (30%dan ham oshiq) bijg‘ishni oxirigacha etkazishda xalaqit beradi. Bu esa sharobda ma’lum miqdorda qand bo‘lishiga olib keladi.
Dessert sharoblarni tayyorlashda uzumda qand maksimal miqdorda, ya’ni uzum pishgan yoki pishib o‘tib ketgan holatda teradi. Keyingi holatda uzum so‘ligan yoki biroz qurigan bo‘lishi kerak.
Qand miqdori oshiq bo‘lgan sharbat olish uchun ba’zida uzumni tokning o‘zida so‘lish holiga keltiradi, yoki uni uzib olib so‘litadi. Desertli shirin sharoblar tayyorlash uchun maxsus o‘stirilayotgan uzumlarning faqat ba’zi bir navlaridan yuqori miqdorda qandi bor uzumlar olish mumkin. Ular tarkibiga Muskatlar, Malvaziya, Myuskadeli (Krim Pedrosi), Alikant, Kul rangli Pino, Furmint, Gars Levalyu va boshqa uzum navlari kiradi.




  1. Download 82.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling